|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 27-MARTDAGI 151-SON QARORIGA QO‘SHIMCHA KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasining samarali faoliyat ko‘rsatishi maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Zarafshon-Nyumont” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlari va unga hukumat kafolatlari berish to‘g‘risida” 1992-yil 27-martdagi 151-son qarorining 3-bandiga quyidagi qo‘shimcha kiritilsin:
“Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasi o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilishda korxona ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n yil davomida boj poshlinalari to‘lashdan ozod qilinsin”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-avgust,
330-son