|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.09.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-sonli “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1999-yil 6-yanvardagi 3 (2041)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar oʻzlarining mazkur Qonunga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-dekabr,
724-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 15-modda)