Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.05.2001
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
LIKER-AROQ VA TAMAKI MAHSULOTLARIGA AKSIZ SOLIG‘I STAVKALARINI O‘ZGARTiRISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 217-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish va ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi 1995-yilgi Davlat budjetining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida” 1994-yil 13-dekabrdagi 600-son qarori 9-ilovasiga qisman o‘zgartirish kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-maydagi 161-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yangi tasdiqlangan stavkalarni hisobga olgan holda aksiz solig‘i to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 25-mart,
97-son