|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
K.D. Ushinskiy nomidagi o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markaziy institutini xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish markaziy institutiga aylantirish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘qituvchilarni qayta tayyorlash sifatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining K.D. Ushinskiy nomidagi o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markaziy institutini Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish markaziy institutiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish markaziy institutiga o‘zbek shoiri, olim va ma’rifatparvar A. Avloniy nomi berilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-aprel,
169-son