Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.01.2013
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“KREDIT UYuShMALARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2002-yil 4-maydagi 100(2923)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (O‘.Sultonov) o‘z qarorlarini “Kredit uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-aprel,
356-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 66-modda)