Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Elektron texnologiyalardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5671-son Farmoni va 2019-yil 29-maydagi PQ-4344-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyun,
370-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 370-son qaroriga
ILOVAOʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi boj chegarasidan olib oʻtiladigan harbiy yuklarni boj poshlinalari va yigʻimlaridan ozod qilish toʻgʻrisida” 1994-yil 18-yanvardagi 12-son qarorida:
a) 1-band “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlaridan keyin “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 2-band “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlaridan keyin “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 4-bandning birinchi xatboshisi “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlaridan keyin “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida” 1994-yil 26-yanvardagi 38-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 1-son, 6-modda):
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshi “Davlat xavfsizlik xizmatiga” soʻzlaridan keyin “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markaziga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlaridan keyin “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 4.2-bandning ikkinchi xatboshisi “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlaridan keyin “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-martdagi 119-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 21-modda) ilovaning 5-bandida:
a) ikkinchi xatboshi “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” soʻzlaridan keyin “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) toʻrtinchi xatboshi “Favqulodda vaziyatlar vazirligi” va “Favqulodda vaziyatlar vazirining” soʻzlaridan keyin tegishincha “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi” va “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi boshligʻining” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil benzini sotib olish boʻyicha ilgari berilgan imtiyozlar oʻrniga shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyalari toʻlovlari joriy etish toʻgʻrisida” 2006-yil 30-oktabrdagi 223-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 79-modda) 1-ilovaning 7 va 9-bandlari “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlaridan keyin “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining xizmat guvohnomasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 5-yanvardagi 2-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 1-son, 7-modda) ilovada:
a) 3-band “Tashqi ishlar vazirligi” soʻzlaridan keyin “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 22-bandning ikkinchi xatboshisi “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlaridan keyin “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 70-modda) 1-ilovaning 28-bandi “Davlat xavfsizlik xizmati” soʻzlaridan keyin “, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 299-modda) 1-ilovaning 1-boʻlimi quyidagi mazmundagi 24-band bilan toʻldirilsin:
“24. Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi,14.10.2022-y., 09/22/592/0919-son)