Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.10.2014
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OʻSIMLIK DUNYoSIGA ETKAZILGAN ZARAR UChUN UNDIRILADIGAN JARIMA MIQDORLARINI HISOBLASh TAKSALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan oʻsimliklar dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalari 1—6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zararni undirishdan olingan mablagʻlar:
agar huquqbuzarlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi inspektorlari tomonidan aniqlangan hollarda – tabiatni muhofaza qilishning mahalliy fondlariga oʻtkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish fondlari toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq foydalaniladi;
agar huquqbuzarlik davlat oʻrmon fondi yerlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat oʻrmon qoʻmitasining oʻrmonlarni qoʻriqlash inspektorlari tomonidan aniqlangan hollarda – respublika budjetiga oʻtkaziladi;
agar huquqbuzarlik davlat qoʻriqxonasi yoki milliy tabiat bogʻi hududida sodir etilgan boʻlsa, u kim tomonidan aniqlangan boʻlishidan qatʼi nazar, davlat qoʻriqxonasi va milliy tabiat bogʻining hisob-kitob schyotiga oʻtkaziladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari 7-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Dehqonchilik sanoati majmui boʻlimiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 27-iyul,
293-son
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
1-ILOVA
Fuqarolar tomonidan daraxtlar va butalarni kesish va oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikastlashdan oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash
taksasi
Oldingi tahrirga qarang.










‎‎
‎Buzilishlar turlari‎

Belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima‎

suvni muhofaza qilish va eroziyaga qarshi funksiyalarni bajaruvchi oʻrmonlar, alohida qimmatli oʻrmon massivlari, shahar oʻrmonlari, shaharlar va aholi yashash joylari atrofidagi yashil zonalar oʻrmonlari, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar, oʻrmon-bogʻlar, oʻrmon-mevali daraxtzorlar, atrof muhitni himoya qilishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan boshqa oʻrmonlar, shuningdek, aholi yashash joylari va transport magistrallarining oʻrmon fondi tarkibiga kirmaydigan daraxt-buta yashil daraxtzorlari‎ muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi oʻrmonlar va daraxt-buta oʻsimliklar‎

1‎

2‎

3‎

Kesilgan yoki oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikastlangan har bir daraxt uchun, toʻnkasi oldidagi diametri (sm):‎
4 santimetrgacha boʻlganni ham qoʻshib‎

0,2‎

0,3‎

4,1—8
‎8,1—‎12
‎12,1—16
‎16,1—20
‎20,1—24
‎24,1—28
‎28,1—32
‎32,1—36
‎36,1—40
‎40,1—44
‎44,1—48
‎48,1—52

0,3
‎0,4
‎0,8
‎1,1
‎1,5
‎1,9
‎2,4
‎3,1
‎4,0
‎5,3
‎6,6
‎8,4‎

0,4
‎0,7
‎1,2
‎1,8
‎2,3
‎3,0
‎3,4
‎4,8
‎6,0
‎8,0
‎10,0
‎12,6‎‎

52 santimetrdan oshgan diametrning har bir santimetri uchun‎



‎0,4‎



‎0,7‎

barcha turdagi manzarali va texnik ekin ‎tupi uchun ‎


‎‎0,4‎ ‎


‎0,6‎

quyidagilarning taxlangan har bir kub metri‎ uchun:
‎saksavul‎

1,4‎

2,0‎

‎cherkez, kandim, yulgʻun va boshqa butasimon turlar‎


‎‎0,3‎‎


‎‎0,4‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Izoh:
yongʻoq, pista, nok, olma, shunigdek, qaragʻay, barcha turdagi archa, tuyya, eman, chinor, shumtol, zarang, qayinni qonunsiz kesganlik yoki oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikast yetkazilganlik uchun undiriladigan pul miqdori suvni muhofaza qilish va eroziyaga qarshi funksiyalarni va boshqalarni bajaruvchi oʻrmonlarga belgilangan va besh baravar koʻpaytirilgan taksa boʻyicha hisoblanadi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar daraxtlarni va butalarni kesganlik yoki oʻsishdan toʻxtash darajasigacha shikast yetkazilganlik uchun yetkazilgan zararni suvni muhofaza qilish hamda eroziyaga qarshi va boshqa funksiyalarni bajaruvchi oʻrmonlarga belgilangan taksaning besh baravar oshirilgan miqdorida qoplaydilar.
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
2-ILOVA
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan oʻrmon ekinlari, oʻrmon koʻchatzorlaridagi urugʻdan koʻkartirilgan koʻchatlar va koʻchatlarni, shuningdek, oʻrmonzorni tiklashga moʻljallangan maydonlardagi tabiiy holda oʻsgan va toʻkilgan urugʻidan unib chiqqan yosh oʻrmon daraxtlarini yoʻq qilish yoki shikastlash oqibatida oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorini hisoblash
taksasi

Koʻchatlar turlari‎

Oʻlchov birligi‎

Belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima miqdori‎

Oʻrmon ekinlari:
‎sugʻoriladigan yerlarda
‎lalmi yerlarda
‎yoʻl chetidagi daraxtlar
‎qumga ekiladigan turlar
‎togʻ yonbagʻri terrasalarida‎


‎ga
‎ga
‎pog. km
‎ga
‎ga‎


‎30,0
‎16,0
‎30,0
‎4,0
‎30,0‎

Tabiiy holda oʻsgan yosh daraxtlar va toʻqilgan urugʻlardan oʻsgan daraxtlar:
‎‎toʻqay oʻrmonlari
‎‎choʻl-qumli yerlardagi oʻrmonlar
togʻ oʻrmonlari‎‎



‎ga
‎ga
‎ga‎



‎10,0
‎5,0
‎15,0‎‎

Bogʻlar‎

ga‎

15,0‎

Koʻchatzorlar:
‎barcha turdagi ekma koʻchatlar
‎koʻchatlar‎


‎100 kv. m
‎100 kv. m‎


‎15,0
‎20,0‎

Barcha turdagi daraxt koʻchatlari plantatsiyalari‎

har donasi uchun‎

0,4

Izohlar:
tabiiy holda oʻsib chiqqan yoki urugʻidan unib chiqqan yosh oʻrmon ekinlari, yongʻoq, pista, nok, olma, qaragʻay, barcha turdagi archa, tuyya, eman, chinor, shumtol, zarang, qayin va qimmatli daraxt turlarining 10 yoshgacha boʻlganlari nobud qilinganda yoki shikastlantirilganda jarima uch baravar koʻpaytirilgan mazkur taksa boʻyicha hisoblanadi;
oʻrmon ekinlari, tabiiy holda oʻsgan yoki urugʻidan unib chiqqan yosh oʻrmon daraxtlarining 10 yoshdan ortiq boʻlganlariga yetkazilgan zarar uchun jarima 1-ilovada nazarda tutilgan taksa boʻyicha hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qoʻriqlanadigan tabiiy hududlardagi oʻrmon ekinlari, tabiiy holda oʻsgan va urugʻidan unib chiqqan yosh oʻrmon daraxtlari yoʻq qilinganda yoki ularga shikast yetkazilganda jarima uch baravar koʻpaytirilgan mazkur taksa boʻyicha hisoblanadi.
(izoh uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
3-ILOVA
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan oʻrmonlarda hamda oʻrmon bilan qoplanmagan davlat oʻrmon fondi yerlarida, shuningdek, oʻrmon fondiga kirmaydigan aholi yashash joylaridagi va transport magistrallaridagi daraxtzorlarda oʻtlarni oʻzboshimchalik bilan oʻrib olish va chorva mollarini oʻtlatish natijasida oʻsimliklar dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorini hisoblash
taksasi

Buzilishlar turlari‎

Belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima miqdori‎

Oʻzboshimchalik bilan oʻt oʻrib olganda har gektar uchun:
‎pichanzor va yaylovlarda:
‎ekilgan oʻtlar
‎yaxshilangan tabiiy
‎yaxshilanmagan tabiiy
‎pichanzorlardan tashqari uchastkalarda‎




‎10,0
‎5,0
‎3,0
‎4,5
‎‎

Yaylovda oʻzboshimchalik bilan mol boqqanda:
‎yaylovlarda:
‎har bosh qora mol, ot, tuya va echki uchun
‎2 yoshgacha boʻlgan bir bosh yosh qoramol, ot, tuya, qoʻy uchun

‎yaylovlardan tashqari uchastkalarda:
‎bir bosh qora mol, ot, tuya va echki uchun
‎2 yoshgacha boʻlgan bir bosh yosh qoramol, ot, tuya, qoʻy uchun‎‎




‎0,5

‎0,2



‎0,7

‎0,3

Izohlar:
oʻrmon biletisiz oʻt oʻrish va mol boqish, shuningdek, oʻrmon bileti bor bulsa-da, unda koʻrsatilmagan joyda oʻt oʻrilsa yoki mol boqilsa oʻzboshimchalik bilan oʻt oʻrish yoki mol boqish hisoblanadi;
agar mol belgilangan muddatlarni buzgan holda yoki choʻponsiz boqilsa, bu ham oʻzboshimchalik hisoblanadi, choʻponsiz mol boqishga ruxsat etilgan hollar bundan mustasno;
agar oʻzboshimchalik bilan oʻt oʻrish yoki mol boqish natijasida daraxtlar, tabiiy holda oʻsgan va toʻkilgan daraxt urugʻlaridan unib chiqqan nihollarga shikast yetkazilgan yoki yoʻq qilingan boʻlsa, undirib olinadigan jarima miqdori bir vaqtning oʻzida ushbu taksa boʻyicha va 2-ilovada koʻrsatilgan taksa boʻyicha hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qoʻriqlanadigan tabiiy hududlarda oʻzboshimchalik bilan oʻt oʻrilganda va mol boqilganda undirib olinadigan jarima miqdori uch baravar oshirilgan ushbu taksa boʻyicha hisoblanadi.
(izoh toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
4-ILOVA
Korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan taqiqlangan yoki faqat oʻrmon biletlari bilan kirish mumkin boʻlgan uchastkalarda yovvoyi holda oʻsuvchi mevalar, yongʻoqlar, rezavorlar, dorivor oʻsimliklar va texnik xomashyoni oʻzboshimchalik bilan yigʻib olish natijasida oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorini hisoblash
taksasi

Yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar mahsulotlari‎

Har bir kilogramm uchun belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima miqdori‎

Yongʻoq
Pista, bodom (shirin va achchiq)
‎Zirk, oblepixa
‎Doʻlana
‎Naʼmatak
‎Olma (yovvoyi), oʻrik (yovvoyi), togʻolcha
‎Zira
‎Dorivor oʻsimliklar xomashyosi
‎Texnika oʻsimliklari xomashyosi‎‎

0,7
‎1,0
‎0,3
‎0,2
‎0,4

‎0,1
‎4,0
‎0,5
‎0,4‎‎

Qamish: taxlab qoʻyilgan massaning
‎ 1 kub metri uchun
‎ oʻrilgan 1 kv. metri uchun‎


‎1,0
‎0,2‎

Izohlar:
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni, oziq-ovqat va texnika oʻsimliklarini yigʻishda oʻrmonlarni yangilash uchun belgilangan maydonlarda tabiiy holda oʻsib chiqqan va toʻkilgan daraxt urugʻlaridan unib chiqqan nihollar yoʻq qilinganda yoki shikastlanganda undiriladigan jarima miqdori bir vaqtning oʻzida ushbu taksa va 2-ilovada nazarda tutilgan taksa boʻyicha hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yovvoyi holda oʻsuvchi mevalar, yongʻoqlar, rezavorlar, dorivor oʻsimliklar va texnik xomashyolar qoʻriqlanayotgan tabiiy hududlarda oʻzboshimchalik bilan terilganda undiriladigan jarima miqdori uch baravar koʻpaytirilgan ushbu taksa boʻyicha hisoblanadi.
(izoh ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
5-ILOVA
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan daraxtlar va butazorlarni oʻsishdan toʻxtashga sabab boʻlmaydigan darajada zararlantirish natijasida oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorini hisoblash
taksasi
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻsishdan toʻxtab qolish darajasigacha yetmagan har bir shikastlangan daraxt va buta uchun‎

Belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima miqdori‎

suvlarni muhofaza qilish va eroziyaga qarshi funksiyalarni bajaruvchi oʻrmonlar, alohida qimmatli oʻrmon massivlari, shahar daraxtzorlari, shaharlar va aholi yashash joylari atrofida yashil zonalar daraxtzorlari, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan daraxtzorlar, mevali daraxt koʻchatzorlari‎, atrof muhitni muhofaza qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan boshqa daraxtzorlar, shuningdek, aholi yashash joylaridagi va transport magistrallarining oʻrmon fondiga kirmaydigan yashil daraxt-butazorlari muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi oʻrmonlar va daraxt-buta oʻsimliklar‎
10 yoshdan
‎katta daraxt
Buta‎


‎0,3
‎0,1‎


‎0,4
‎0,2‎

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Izohlar:
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan 10 yoshgacha boʻlgan daraxtlarni oʻsishdan toʻxtab qolish darajasigacha yetmagan shikastlantirish natijasida oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undirib olinadigan jarima miqdori 2-ilovada nazarda tutilgan taksa boʻyicha belgilanadi;
yongʻoq, pista, nok, olma, shunigdek, qaragʻay, barcha turdagi archa, tuyyaga dekabrdan yanvar oyigacha boʻlgan davrda, eman, chinor, shumtol, zarang va qayinga oʻsishdan toʻxtamaydigan darajada shikast yetkazilganda jarima uch baravar koʻpaytirilgan mazkur taksa boʻyicha hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
6-ILOVA
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan davlat oʻrmon fondi yerlarida pichanzor va yaylovlarga ziyon yetkazish natijasida oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorini hisoblash
taksasi

Ziyon yetkazilgan pichanzor yoki yaylovning har gektari uchun‎

Belgilangan eng kam ish haqidan koeffitsiyentlarda undiriladigan jarima miqdori‎

Ekinlar oʻtlar‎

17,0‎

Yaxshilangan tabiiy yerlar‎

10,0‎

Yaxshilanmagan tabiy yerlar‎

7,0‎

Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 27-iyuldagi 293-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻrmon xoʻjaligiga ziyon yetkazilganligi uchun moddiy javobgarlik tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida” 1969-yil 2-yanvardagi 4-son qarori (OʻzSSR QT, 1969-y., 1-son, 2-modda);
2. Aholi tomonidan daraxtlarni noqonuniy kesish va oʻrmonga zarar yetkazish bilan (oʻsishdan toʻxtatish darajasigacha) yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalari, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR oʻrmonlariga beriladigan daraxtlar uchun taksalarning 07-01-04-son preyskurantlarini va 07-02-son preyskuranti bilan nazarda tutilmagan dumaloq va yogʻoch turidagi yogʻoch materiallariga 07-28-04-son ulgurji narxlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1980-yil 15-dekabrdagi 835-son qaroriga 1-ilova.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yigʻishga tayyorlash tartibi, oʻrmonlarda va davlat oʻrmon fondining oʻrmon bilan qoplanmagan yerlarida yovvoyi holda oʻsuvchi mevalar, yongʻoqlar, rezavorlar, dorivor oʻsimliklar va texnik xomashyolarni yigʻishga tayyorlash uchun taksalar toʻgʻrisida” 1987-yil 9-martdagi 104-son qaroriga 2-ilova.
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yigʻishga tayyorlash tartibi, oʻrmonlarda va davlat oʻrmon fondining oʻrmon bilan qoplanmagan yerlarida yovvoyi holda oʻsuvchi mevalar, yongʻoqlar, rezavorlar, dorivor oʻsimliklar va texnik xomashyolarni yigʻishga tayyorlash uchun taksalar toʻgʻrisida” 1987-yil 9-martdagi 104-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 7-son, 26-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 103-modda)