O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining
buyrug‘i
Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 2-bandiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 24-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2050-2]
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2009-yil 13-oktabrdagi 107-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2050, 2009-yil 30-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 50-51-son, 545-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni (qayd etishni) tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlariga” degan so‘zlar “Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-iyul,
184-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2019-y., 10/19/2050-2/3473-son)