Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2019/2020 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti magistraturasiga qabul toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi uchun yuqori malakali magistrlar tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi institutining 5A640103 — “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi boʻyicha magistratura bosqichiga 2019/2020 oʻquv yili uchun qabul kvotasi jami 15 ta oʻrin, shundan 3 ta oʻrin davlat granti va 12 ta oʻrin toʻlov-kontrakt asosida belgilansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-iyul,
557-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 09/19/557/3381-son)