|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.06.2020
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
“O‘ZBEKENERGO” DAVLAT AKSIONERLIK KOMPANIYASINING
“O‘ZBEKENERGO” DAVLAT AKSIONERLIK KOMPANIYASINING
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDI ELEKTR UZATISh TARMOQLARI ORQALI OLIB O‘TILADIGAN ELEKTR ENERGIYASINING BOJXONA NAZORATI VA RASMIYLAShTIRUVINI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda 1433-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Energetika vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 01-02/12-25, 01-05-4-3201-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1433-3, 30.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6 moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 73-f-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekenergo” Davlat aksionerlik kompaniyasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektroenergiyani bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-noyabr,
01-02/12-21-son
“O‘zbekenergo” Davlat aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi raisi E. ShOISMATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-noyabr,
ESh-01-21/247-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 50-son, 509-modda)