|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.10.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 645-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati aʼzolarining soni 7 (yetti) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati kuyidagi tarkibda tasdiqlansin:
|
1. |
Kudbisv Sherzod Davlyatovich |
— |
Vazir |
|
2. |
Muxitdinov Erkip Madorbekovich |
— |
Vazirning birinchi oʻrinbosari |
|
3. |
Umurzakov Baxodir Xamidovich |
— |
Vazir oʻrinbosari |
|
4. |
Yaqubov Nodirbek Gulmuradovich |
— |
Vazir oʻrinbosari v.b. |
|
5. |
Maxmudov Temur Asomidinovich |
— |
Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish boʻyicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi |
|
6. |
Imamnazarov Ulugʻbek Adilovich |
— |
Bandlikka koʻmaklashish Davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi boshligʻi |
|
7. |
Odinayev Kudratullo Asatulloyevich |
— |
Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi. |
Z.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hayʼati tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 25-avgustdagi 673-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri JA. Quchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-fevral,
90-son