|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.12.2018
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QIZIL KITOBI” TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, nashr etish va yuritishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar va oʻsimliklarning Qizil kitobi — “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga yuklatilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Qizil kitob Oʻzbekistonning yovvoyi hayvonlari va oʻsimliklarini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bunday hayvonlar va oʻsimliklarning noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlari (kenja turlari, populatsiyalari)ning ahvoli va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majmuidan iborat boʻlishi kerak.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-sonli qarori tahririda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan birgalikda Qizil kitobni yuritish bilan bogʻliq ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini ishlab chiqsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi” toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Hayvonlar va oʻsimliklar turlari holatini tahlil qilish va ularni Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish haqidagi tavsiyalarni ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi huzurida “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ni yuritish boʻyicha idoralararo komissiya tuzilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibini va u haqdagi Nizomni tasdiqlasin. Idoralararo komissiyaning taqdimi boʻyicha hayvonlar va oʻsimliklarni Qizil kitobga kiritish yoki undan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Davlatlararo va Xalqaro Qizil kitoblarga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklarning turlari, agar hayvonlar va oʻsimliklarning bu turlari respublika hududida vaqtincha yoki doimiy yashasa yoki oʻssa, “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekistonning butun hududida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlash va oʻsimliklarni yigʻishtirib olish man etilsin, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-sonli qarori tahririda)
Koʻrsatib oʻtilgan hayvonlar va oʻsimliklarni, ularning inlari, tuxumlari, mevalari, urugʻlarini, shu hayvonlar va oʻsimliklarning boʻlaklari hamda hayot faoliyati mahsulotlarini ovlash (yigʻishtirib olish), tashqariga olib ketish hamda Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklarga zarar yetkazadigan hayvonlar va oʻsimliklarni olib kelish favqulodda hollarda va faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining buyurtmasiga koʻra Qizil kitobning 10 yilda kamida bir marta qayta nashr etilishini taʼminlasin.
7. Davlat, kooperativ, boshqa jamoat tashkilotlari hamda fuqarolar Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklarning nobud boʻlishi haqidagi aniqlangan barcha hollar haqida davlat tabiatni muhofaza qilish organlariga xabar qilishlari shart, bundan tashqari hayvonlarning ommaviy nobud boʻlishi yoki ommaviy kasallanishi hollari haqida esa zudlik bilan veterinariya va sanitariya nazorati organlariga xabar berishlari kerak.
8. “Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilgan hayvonlar va oʻsimliklarni gʻayriqonuniy ovlash yoki yoʻq qilish natijasida yetkazilgan zarar miqdorini undirib olish uchun qatʼiy baholar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
9. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRning kamdan-kam uchraydigan va yoʻqolib ketishi xavfi boʻlgan hayvon va oʻsimliklari turlari daftari — “Oʻzbekiston SSRning Qizil daftari”ni taʼsis etish toʻgʻrisida” 1978-yil 27-sentabrdagi 564-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (OʻzSSR QT, 1978-y., 9-son, 33-modda).
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-mart,
109-son