1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.77.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (aspirantura, adʼyunktura, doktorantura, tadqiqotchilik)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 6-avgustdagi PQ-3901-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarining hududiy tuzilmalari hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va masʼul xodimlari uchun zamonaviy sharoitlarda boshqaruv kadrlarining kasbiy bilim va saviyasiga qoʻyilayotgan talablarni hisobga olgan holda ularning malakasini oshirishni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2018/2019 oʻquv yilida mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar boshqaruv kadrlarining malaka oshirish jadvali 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.10.00.00 Kadrlar zaxirasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2018/2019 oʻquv yilida jadvalga muvofiq malaka oshirish kurslariga yuboriladigan boshqaruv kadrlar tarkibi 2 va 2a — ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya deb ataladi) kelgusi oʻquv yillari uchun boshqaruv kadrlarining malaka oshirish jadvali va tarkibini har yili 1-avgustga qadar Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.10.00.00 Kadrlar zaxirasi]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Akademiya va uning hududiy filiallarida boshqaruv kadrlarining malaka oshirish jadvaliga muvofiq malaka oshirish kurslarida tinglovchilarning ishtirokini taʼminlasinlar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
3. Akademiya Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
har yili sentabr oyidan boshlab, tasdiqlangan malaka oshirish jadvali va oʻquv rejasi asosida hududiy filiallarda zamonaviy taʼlim texnologiyalarini tatbiq etgan holda yuqori saviyada mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari hamda boshqa davlat tashkilotlari boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan yuboriladigan malaka oshiruvchi boshqaruv kadrlarining malaka oshirish jadvali, hududiy filiallarning oʻquv rejasi va dasturlari asosida Akademiyada oʻqitilishiga zarur shart-sharoitlar yaratish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
Akademiya va uning hududiy filiallaridagi malaka oshirish kurslarida taʼlim jarayonining sifatli tashkil etilishi va samaradorligi yuzasidan doimiy monitoring olib borilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
4. Belgilab qoʻyilsinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
malaka oshirish kurslarining oʻquv yuklamasi hajmi Akademiya tomonidan buyurtmachilar bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv rejalari asosida belgilanadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.11.00 Adabiyot. Kutubxona ishi]
malaka oshirish kurslari tinglovchilari Akademiyaning Axborot-resurs markazi elektron adabiyotlar fondidan bepul asosda foydalanadilar;
ish joyidan ajralgan holda malaka oshirish kurslari va oʻquv-amaliy seminarlarga yuboriladigan tinglovchilarga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sutkalik va transport xarajatlar qoplanadi;
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.02.00 Hokimni tayinlash va tasdiqlash. Vakolatlari]
viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tuman (shahar) hokimlari va tuman (shahar) hokimi oʻrinbosarlari uchun tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari va oʻquv-amaliy seminarlar davrida oʻquv mashgʻulotlaridan keyin tegishli tibbiyot birlashmalarida ularni statsionar tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va davolash ishlari amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va taʼlim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi]
hududiy filiallar faoliyatini amalga oshirish uchun filial xodimlari, professor-oʻqituvchilar va mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek, Akademiya va uning hududiy filiallariga qoʻshimcha professor-oʻqituvchi hamda mutaxassislarni tayyorlash maqsadida oʻquv seminarlari va treninglar oʻtkazib boriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining buyurtmalariga koʻra, toʻlov-kontrakt asosidagi malaka oshirish oʻquv kurslari buyurtmalar portfellari asosida tasdiqlangan malaka oshirish rejalaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
5. Akademiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.10.00.00 Kadrlar zaxirasi]
Akademiya va uning hududiy filiallarida mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va masʼul xodimlari uchun vazirlik, idora hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini jalb etgan holda doimiy asosda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ehtiyojidan kelib chiqib, oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targʻibot]
oʻquv-amaliy seminarlarning Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ustuvor yoʻnalishlari, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat hamda hududiy dasturlarning joylardagi ijrosi samaradorligini oshirishning dolzarb masalalariga bagʻishlanishiga eʼtibor qaratsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
oʻquv-amaliy seminarlar tegishli mavzular boʻyicha vazirlik, idora hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini oʻquv mashgʻulotlariga jalb etgan holda doimiy asosda tashkil etsin;
Akademiya va uning hududiy filiallarida tashkil etiladigan oʻquv-amaliy seminarlar rejasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Akademiya bilan kelishgan holda har yili 1-sentabr kuniga qadar ishlab chiqsin;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.08 Masofaviy taʼlim]
vazirlik, idora hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini jalb qilgan holda, shuningdek, Akademiya professor-oʻqituvchilari ishtirokidagi oʻquv-amaliy seminarlar hududiy filiallarning Akademiya bilan “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻi yordamida oʻzaro ulanish orqali masofaviy vebinar shaklda tashkil etilishiga eʼtibor qaratsin;
oʻquv-amaliy seminarlar doirasida tinglovchilarda oʻz faoliyatini samarali rejalashtirish va ish rejalari (“yoʻl xaritalari”)ni sifatli bajarish koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Akademiyaning talabnomasi boʻyicha oʻn kunlik muddatda hududiy filiallarni oliy taʼlim muassasalarining binolarida “nol” stavkadagi ijara toʻlovi asosida hamda tegishli kommunal va foydalanish xarajatlarini qoplamagan holda, shuningdek, malaka oshirish kurslarini tashkil etish va joylashtirish uchun kerakli xonalarni taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirgan holda joylashtirilishini yakunlasin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy filiallar faoliyatini tashkil etish va ularni saqlash, shuningdek, mebel, zamonaviy oʻquv va masofaviy taʼlim uchun zarur jihozlar, kompyuter texnikasi, xonalarda kuzatuv kameralar, oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash yuzasidan Akademiyaning asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha zarur budjet mablagʻlarini ajratsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot]
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Akademiya va uning hududiy filiallari faoliyatini muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-sentabr,
772-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-sentabrdagi 772-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2018/2019 oʻquv yilida mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar boshqaruv kadrlarining malaka oshirish
Tuman (shahar) hokimligi va tashkilotlari rahbar kadrlari
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
336
120
15
15
30
15
30
15
60
15
49
47
30
15
30
15
30
15
15
15
Urganch hududiy filiali
587
240
2.
Xorazm viloyati
251
120
15
15
30
15
30
15
15
49
22
30
15
30
15
30
15
15
15
3.
Qashqadaryo viloyati
316
120
15
15
30
15
30
15
30
15
49
42
30
15
30
15
30
15
30
15
Qarshi hududiy filiali
612
240
4.
Surxondaryo viloyati
296
120
15
15
30
15
30
15
30
15
43
43
30
15
30
15
30
15
15
15
5.
Jizzax viloyati
273
120
15
15
30
15
30
15
30
15
36
42
30
15
30
15
30
15
15
Guliston hududiy filiali
503
240
6.
Sirdaryo viloyati
230
120
15
15
30
15
30
15
30
15
43
22
30
15
30
15
15
15
7.
Samarqand viloyati
336
120
30
15
30
15
30
15
30
15
48
48
30
15
30
15
30
15
30
15
Samarqand hududiy filiali
816
360
8.
Buxoro viloyati
272
120
15
15
30
15
30
15
30
15
36
41
30
15
15
15
30
15
15
15
9.
Navoiy viloyati
208
120
15
15
30
15
30
15
30
15
36
22
30
15
15
15
15
15
10.
Fargʻona viloyati
396
120
30
15
30
15
30
15
30
15
60
51
30
15
30
15
30
15
75
15
Fargʻona hududiy filiali
983
360
11.
Andijon viloyati
336
120
15
15
30
15
30
15
30
15
49
47
30
15
30
15
45
15
30
15
12.
Namangan viloyati
251
120
15
15
30
15
30
15
30
15
36
35
30
15
30
15
15
15
15
13.
Toshkent viloyati
455
120
30
15
30
15
30
15
60
15
60
65
30
15
30
15
60
15
60
15
Akademiya
675
240
14.
Toshkent shahri
220
120
30
15
30
15
30
15
15
20
35
30
15
30
15
15
15
15
Jami
4176
1680
270
210
420
210
420
210
420
210
614
562
420
210
390
210
375
210
285
210
4176
1680
* Izoh: Yanvar va fevral oylarida respublikaning barcha tuman (shahar) hokimlarining oʻrinbosarlari malaka oshiradi.
** Xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining buyurtmalariga koʻra toʻlov-kontrakt asosida malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-sentabrdagi 772-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2018/2019 oʻquv yilida malaka oshirish kurslariga davlat granti asosida yuboriladigan boshqaruv kadrlar
TARKIBI
T/r
Tinglovchilar lavozimi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari
1.
Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
2.
Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari
3.
Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari
4.
Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari
5.
Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Hokimning Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
2.
Hokimning Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari
3.
Hokimning Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari
4.
Hokimning Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari
5.
Hokimning Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Tuman Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish boʻlimi
3.
Tuman Moliya boʻlimi
4.
Tuman Statistika boʻlimi
5.
Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi
6.
Tuman Davlat arxivi boʻlimi
7.
Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi
8.
Tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi
9.
Tuman Madaniyat boʻlimi
10.
Tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi
11.
Tuman Tibbiyot birlashmasi
12.
Tuman Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi
13.
Tuman “Oila” boʻlimi
14.
Tuman Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi
15.
Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi
16.
Tuman uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi
17.
Tuman Uy-joy boʻlimi
18.
Tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi
19.
Tuman Yer resurslari va kadastri boʻlimi
20.
Tuman Veterinariya boʻlimi
21.
Tuman Irrigatsiya boʻlimi
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi mazkur qaror 1-ilovasidagi jadval asosida 2018/2019 oʻquv yili oylari va tuman (shahar)lar kesimida tinglovchilar roʻyxatini Akademiyaga taqdim etadi.
* Tuman (shahar) hokim oʻrinbosarlari 2019-yil yanvar va fevral oylarida malaka oshiradilar. Ularning soni tuman yoki shaharning tarkibiy tuzilmasidan kelib chiqib belgilanadi.
** Har bir tuman (shahar) hokimligidan 15 nafar tinglovchi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari hamda boshqa davlat tashkilotlaridan grant asosida malaka oshirish kurslariga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-sentabrdagi 772-son qaroriga 2a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2018/2019 oʻquv yilida malaka oshirish kurslariga toʻlov-kontrakt asosida yuboriladigan boshqaruv kadrlari
TARKIBI
T/r
Tinglovchilar lavozimi
Tuman (shahar) tashkilotlari rahbarlari
1.
Tuman Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi
2.
Tuman Agrosugʻurta boʻlimi
3.
Agrobank tuman filiali
4.
Xalq banki tuman filiali
5.
Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyati tuman boʻlimi
6.
Tuman Davlat xizmatlari markazi
7.
“Nuroniy” jamgʻarmasi tuman Kengashi
8.
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tuman Kengashi
9.
Oʻzbekiston “Yoshlar Ittifoqi” tuman Kengashi
10.
Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi
11.
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi
12.
Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi tuman Kengashi
13.
“Milliy tiklanish”demokratik partiyasi tuman Kengashi
14.
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tuman Kengashi
15.
Tumani fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi
16.
“Suvoqova”DUK tuman filiali
17.
Tuman telekommunikatsiya bogʻlanmasi
18.
Tuman elektr tarmoqlari korxonasi
19.
“Tumangaz” filiali
20.
Tuman “Yermulkkadastr” xizmati
21.
Tuman “Toza hudud” DUK
22.
Tumanagrohimoya HAJ
23.
Tuman “Agroservis” MCHJ
24.
Tuman “Agropilla” MCHJ
Izoh: Ushbu roʻyxatdagi nomzodlar malaka oshirish kurslariga mazkur qaror 1-ilovasidagi jadvalda belgilangan davlat granti asosida yuboriladigan boshqaruv kadrlar tarkibidan tashqari yuboriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2018-y., 09/18/772/1990-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)