

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3797772" id="onLBC-3797772">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3797772" id="onLS-3797772">[<b>TSZ:</b><div id="LS9114"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3798278" id="-3798278">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3798280" id="-3798280">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3798283" id="-3798283">“Obod mahalla” dasturi toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3798288" id="-3798288"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801580" id="-3801580">Mamlakatimizni rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasini izchil amalga oshirish va muhim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yoʻnalishlarini samarali harakatga keltirishda shaharlar salmoqli hissa qoʻshmoqda. Yurtimizning qadim tarixga ega boʻlgan yoki yaqin oʻtmishda tashkil etilgan 30 dan ortiq yirik shaharlarida yashayotgan mehnatsevar aholining samarali faoliyati tufayli har yili oʻrta hisobda jami sanoat mahsulotlarining 53,4 foizi ishlab chiqarilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801583" id="-3801583">Mazkur salohiyatdan oqilona foydalanish, xususan tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mahalliy budjetning daromad bazasini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va pirovard natijada aholi turmush sifatini yaxshilash kabi yoʻnalishlar mahalliy hokimliklarning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801587" id="-3801587">Biroq, barcha darajadagi mahalliy hokimliklar va kommunal tarmoq korxonalari tomonidan bevosita zimmasidagi muvofiqlashtirish vazifasining toʻliq bajarilmasligi oqibatida mahalladagi ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalari nochor ahvolga tushib qolgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801589" id="-3801589">Shuningdek, mahalla aholisining oʻzi yashaydigan hududini asrab-avaylash va saqlashga masʼuliyat bilan yondashish hissi susaygan. Tabiiyki, bunday holatda jonajon Vatanimizning har bir goʻshasida, uylarimizda farovonlik, fayz-baraka boʻlmaydi, qolaversa mahallalarimizning obodligi taʼminlanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801590" id="-3801590">Oʻz navbatida, mahallalar hududlarida aholiga xizmat koʻrsatadigan tuzilmalarning faoliyati doimiy ravishda yoʻlga qoʻyilmaganligi oqibatida aholi kundalik ijtimoiy-maishiy masalalar bilan ham mahalliy hokimlik va davlat organlariga murojaat qilishga majbur boʻlmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801593" id="-3801593">Hududlarga tashriflar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahallalar va xonadongacha kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari shuni koʻrsatdiki, shahar mahallalarida quyidagi tizimli muammolar mavjud:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801612" id="-3801612">birinchidan, mahallalarning bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalarining mavjud emasligi hamda mahalliy hokimliklar, hududiy arxitektura idoralari va mahalla fuqarolar yigʻinlari shaharsozlik norma va qoidalariga amal qilmaganligi oqibatida joylarda oʻzboshimchalik bilan betartib qurilishga barham berilmayapti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801615" id="-3801615">ikkinchidan, shahar infratuzilmasini rivojlantirish ishlari ishonchli moliyaviy manbalar bilan taʼminlanmaganligi oqibatida, ularni oʻz vaqtida va toʻliq modernizatsiya qilish imkoniyati cheklanib, kommunal xizmatlar taʼminotidagi yetishmovchilik va uzilishlar yuzaga kelmoqda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801616" id="-3801616">uchinchidan, ichki yoʻllar holati talab darajasida emas va ularning oʻtkazish quvvatlari foydalanish uchun moslashmagan, drenaj-irrigatsiya tizimining eskirganligi hamda yaroqsiz holga kelib qolganligi sizot suvlar sathini pasaytirish imkonini bermaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801618" id="-3801618">Mahallalar hududini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantirish, shuningdek, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush sharoitini yuksaltirish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801621" id="-3801621">1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlarda aholining farovon yashashi va samarali mehnat faoliyatini taʼminlashga qaratilgan “Obod mahalla” dasturini amalga oshirish, xususan joriy yilda 2 tadan va 2019 — 2022-yillarda kamida 3 tadan mahallalarda qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3801624" id="onLBC-3801624">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6077"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC6157"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC6474"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.02.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani boshqarish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801624" id="-3801624">2. Quyidagilar “Obod mahalla” dasturining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801627" id="-3801627">har bir mahallada oʻz ichiga mahalla guzarini, tibbiyot maskanlari negizida qulay va arzon dorixonalarni, zarur maishiy xizmat va servis shoxobchalarini, bolalar maydonchasi hamda kichik istirohat bogʻini qamrab oladigan “mahalla markazi”ni barpo etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801629" id="-3801629">har bir mahallaning tarixan shakllangan tadbirkorlik va hunarmandchilik salohiyatini hamda maʼnaviy-madaniy anʼanalarini qayta tiklash va rivojlantirish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7500706" id="edi-7500706"><a href="/uz/acts/-3797772?ONDATE=29.06.2018 00#-3801632">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7500706" id="-7500706"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7500710" id="-7500710">mahalla hududida boʻsh turgan yer maydonlarini yoki foydalanilmasdan turgan bino va inshootlarni tadbirkor va hunarmandlarga belgilangan tartibda realizatsiya qilish asosida mikro sanoat zonalarini va hunarmandchilik markazlarini tashkil etish hisobiga mahalla ahlini ish bilan taʼminlash;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7500716" id="-7500716">(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli <a href="/uz/acts/-7488166?ONDATE=22.04.2025 00#-7491991">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801633" id="-3801633">mahalla ahlini elektr energiyasi, ichimlik suvi, koʻmir va tabiiy gaz bilan ishonchli taʼminlash, maishiy chiqindilarni toʻplash va chiqarishning zarur infratuzilmasini yaratish va har bir oila energiya va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirishi va xonadonlardagi oʻlchov-hisoblash uskunalarining bir maromda ishlashi uchun mahallaning masʼuliyatini keskin oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801635" id="-3801635">sugʻorish uchun mavjud suv resurslaridan kelib chiqib ariq-irrigatsiya tizimini moslashtirish, kollektor va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish, sizot suvlar sathini pasaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801637" id="-3801637">mahalla ahlining ehtiyojiga mos keladigan, keng ichki yoʻllarni va piyodalar yoʻlaklarini qurish hamda taʼmirlash, yoʻl boʻyini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5049080" id="edi-5049080"><a href="/uz/acts/-3797772?ONDATE=29.06.2018 00#-3801638">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5049080" id="-5049080"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5049081" id="-5049081">mahalla hududidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini, umumtaʼlim maktablarini, tibbiyot, madaniyat va jismoniy tarbiya hamda sport tashkilotlari bino va inshootlarini ustuvor ravishda rekonstruksiya qilish va taʼmirlash;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5049088" id="-5049088">(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli <a href="/uz/acts/-5036447?ONDATE=09.10.2020 00#-5038920">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801639" id="-3801639">ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalarga ularning uy-joylarini taʼmirlashda moddiy va moliyaviy yordam koʻrsatish hamda aholini qurilish materiallari bilan imtiyozli tarzda taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801642" id="-3801642">har qanday qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini, shuningdek, mahallaning zamonaviy shaharsozlik qiyofasini yaratishga qaratilgan barcha loyihalarni faqat bosh rejaga muvofiq holda amalga oshirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801646" id="-3801646">3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mahalliy hokimliklar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholiga xizmat koʻrsatadigan tuzilma va tashkilotlar boʻlinmalari (vakillari)ning faoliyatini tashkil etish hamda ularning muntazam ravishda ishlashini taʼminlashga qaratilgan vazifa va yoʻnalishlardan kelib chiqib, “Obod mahalla” dasturi parametrlarini shakllantirish hamda amalga oshirishning uzoq muddatli mexanizmi va aniq manbalarini aniqlab, ijrosini taʼminlashga qaratilgan qaror loyihasini kiritsin. Bunda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801651" id="-3801651">koʻp xonadonli va yakka tartibdagi uy-joylarni taʼmirlash va ularga tutashgan hududlarni obodonlashtirish, piyodalar yoʻlaklari, irrigatsiya va sugʻorish tizimlari hamda chiqindi yigʻish maydonchalarini barpo etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801653" id="-3801653">mahalla ichki avtomobil yoʻllarini va transport kommunikatsiya tizimini taʼmirlash, ichimlik suvi va oqova suv taʼminotini yaxshilash, elektr energiyasi va gaz taʼminoti hamda koʻchalarni yoritish tizimini tiklash, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801656" id="-3801656">ijtimoiy soha obyektlari, zamonaviy sport inshootlari va mahalla guzarlarini tashkil etish, bozor infratuzilmasi obyektlari, jumladan hammom, savdo va maishiy xizmat majmualarini qurish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801657" id="-3801657">mahalla hududidagi loyihalarni joylashtirish va boʻsh yerlarni ajratishda mahallaning ravnaqiga xizmat qiladigan yoʻnalishlarga ustuvorlik berish va bu borada barcha darajadagi arxitektura organlari mutasaddilarining shaharsozlik talablariga soʻzsiz rioya qilish yuzasidan shaxsiy masʼuliyatini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801659" id="-3801659">mahalla aholisining farovon turmush kechirishi uchun munosib sharoit yaratish, mavjud ijtimoiy va muhandislik infratuzilmalarini saqlash, asrab-avaylash vazifalarini barcha darajadagi mahalliy hokimliklar zimmasiga shaxsan yuklatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801682" id="-3801682">dasturda har bir mahalla fuqarosining obodlik uchun koʻngildan chiqayotgan orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish va shaxsiy hissasini qoʻshishda barcha imkoniyatlarni safarbar etish, bunyodkorlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlash, “mahalla obodligi xonadon obodligidan boshlanadi” degan tashabbus asosida oʻz mahallasini obod qilish uchun aholida masʼuliyat hissini kuchaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801685" id="-3801685">aholiga kundalik ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatadigan xizmatlar va tuzilmalar faoliyatini bevosita yirik (oʻrtacha doimiy aholi soni 4 ming kishidan ortiq) mahallalarning oʻzida yoʻlga qoʻyish nazarda tutilsin.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6960160" id="-6960160"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-sonli ““Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida”gi </em><a href="/uz/acts/-3799077">qarori</a><em>.</em></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3801688" id="onLBC-3801688">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6481"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;</span></div><div id="LBC6558"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti.  Mahalliy budjet;</span></div><div id="LBC9330"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801688" id="-3801688">4. “Obod mahalla” dasturi doirasida bajariladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida shaharlar va tumanlar uchun “Obod mahalla” jamgʻarmalari tashkil etilsin hamda kuyidagilar ularning manbalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801694" id="-3801694">Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan transfertlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801698" id="-3801698">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va ularning qoʻshimcha mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801701" id="-3801701">“Mahalla” xayriya jamoat fondi, hasharlar va xayriya tadbirlarini oʻtkazish hisobidan tushadigan mablagʻlar, tashkilotlarning homiylik xayriyalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801705" id="-3801705">Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801708" id="-3801708">xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlar grant mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801709" id="-3801709">tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3801712" id="onLBC-3801712">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6157"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;</span></div><div id="LBC6478"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;</span></div><div id="LBC6481"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;</span></div><div id="LBC6558"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti.  Mahalliy budjet;</span></div><div id="LBC6746"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801712" id="-3801712">5. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801717" id="-3801717">2018-yilda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalardagi ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari, ichki yoʻllarni qurish va taʼmirlash, ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xamda kollektor va drenaj tizimlarini modernizatsiya qilish va sizot suvlar sathini pasaytirish ishlarini moliyalashtirish uchun qoʻshimcha ravishda talab etiladigan mablagʻlar teng ulushlarda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalar hamda mahalliy budjetlar hisobidan, kelgusi yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy davlatlarning grant mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801719" id="-3801719">“Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshiriladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti, aloqa tizimi va umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash ishlari “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, Respublika yoʻl jamgʻarmasi hamda boshqa tashkilot va tarmoq korxonalarining oʻz mablagʻlari hisobidan tegishli maqsadlar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801721" id="-3801721">“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida bajariladigan taʼmirlash ishlari (kapital qurilishdan tashqari) va obodonlashtirish tadbirlari ularni loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadigan manzilli roʻyxat asosida moliyalashtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801723" id="-3801723">“Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlari doirasida bajariladigan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish hamda obyektlarning ish hajmi va smeta qiymatlarini asossiz ravishda oshirib yubormaslik uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shaxsan masʼuldir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801726" id="-3801726">6. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelgusi yillarda rivojlanish dasturlari parametrlarini belgilashda “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan obyektlar uchun zarur miqdordagi mablagʻlarning nazarda tutilishini taʼminlasin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3801728" id="onLBC-3801728">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6790"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801728" id="-3801728">7. “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini yetkazib beradigan ishlab chiqarish korxonalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5386-son Farmonining <a href="/uz/acts/-3604659#-3606128">7-bandi </a>bilan taqdim etilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801731" id="-3801731">8. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, xoʻjalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801738" id="-3801738">“Obod mahalla” dasturiga kiritilgan mahallalarda qurilish va obodonlashtirish ishlariga ishsiz aholini 6 oylik muddatgacha jalb qilish va birinchi oylik ish haqini ish boshlagan kunida oldindan 50 foizini boʻnak sifatida toʻlash shartlarida haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801746" id="-3801746">mahallalarda boʻsh turgan bino va inshootlarda mikro sanoat zonalarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish, shuningdek, aholiga xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalarini barpo etish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish va aholining ish bilan bandligini oshirish choralarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801748" id="-3801748">9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mahallalarda aholini, jumladan yoshlarni ish bilan taʼminlash uchun mikro sanoat zonalarini tashkil etib, zamonaviy ixcham ishlab chiqarish korxonalari va maishiy texnikalarga xizmat koʻrsatish shoxobchalarini joylashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801753" id="-3801753">Bunda hududlarda foydalanilmasdan boʻsh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish taʼminlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801757" id="-3801757">10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Obod mahalla” jamgʻarmalarini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlasin hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801761" id="-3801761">11. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, Matbuot va axborot agentligiga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ulkan qurilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini batafsil yoritib borish va keng xalq ommasi orasida targʻib qilish tavsiya etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3801762" id="-3801762">12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3801773" id="-3801773">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3801774" id="-3801774">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3801775" id="-3801775">2018-yil 27-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3801776" id="-3801776">PF-5467-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3798287" id="-3798287">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2018-y., 06/18/5467/1412-son; 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
