Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKTELEKOM” AKSIYADORLIK KOMPANIYASINI XUSUSIYLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Telekommunikatsiya sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, telekommunikatsiya milliy tarmoqlarini rivojlantirish va uning barqaror ishlashi boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishni taʼminlash, axborot xavfsizligiga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
2. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishda, unda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlariga, shu jumladan “IP-telefoniya” texnologiyasini qoʻllagan holda chiqishni tashkil etishga alohida huquqlar saqlanib qolinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Tegishli litsenziyalar asosida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi operatorlar va provayderlar, faqat “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi texnik vositalari orqali telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlariga chiqish huquqiga egadir.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N. Aripov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 29-sentabr,
453-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 428-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)