Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 19-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2017-yil 20-dekabrda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-641-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 16-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi OʻRQ-907-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 21-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi OʻRQ-1123-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2026-y., 03/26/1123/0271-son)
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 839-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-410-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 275-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
birinchi qismidagi “Mehnat” degan soʻz “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi birinchi xatboshisidagi va uchinchi qismidagi “Mehnat” degan soʻz “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 28-moddaning birinchi qismidagi “Mehnat” degan soʻz “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 29-moddaning birinchi qismidagi “Mehnat” degan soʻz “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 384-modda) 37-moddasi birinchi qismining “e” bandidagi “doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida” degan soʻzlar “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) 531-moddasining sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud qarorining jarima solishga va boshqa mulkiy undirishlarga taalluqli qismini ijro etish uchun ijro varaqalari yoki ularning dublikatlari sud qarorining nusxasi bilan birga birinchi instansiya sudi tomonidan sudning qarori qonuniy kuchga kirgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay mahkumning yashash joyidagi yoxud jazoni oʻtash joyidagi, shuningdek mahkumning mol-mulki turgan joydagi davlat ijrochilariga yuboriladi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “194, 218” raqamlari “194, 2091, 218” raqamlari bilan almashtirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 612-modda bilan toʻldirilsin:
“612-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, oz miqdorni tashkil etsa, —
eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish koʻp boʻlmagan miqdorni tashkil etsa, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Oz miqdor deganda eng kam ish haqining oʻttiz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp boʻlmagan miqdor deganda esa, eng kam ish haqining oʻttiz baravaridan yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.
Ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mol-mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish faqat mazkur korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi”;
3) 97-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“97-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari nazorati ostidagi obyektlarda sanoat xavfsizligi talablarini buzish, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
4) 193-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“193-modda. Deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan deputatlar hamda senatorlar oldidagi oʻz vazifalarini bajarmaslik, ularning ishiga toʻsqinlik qilish, ularga ataylab soxta maʼlumot berish, deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan parlament soʻrovini, deputat, senator soʻrovini koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni qasddan taqdim etish”;
5) quyidagi mazmundagi 2091-modda bilan toʻldirilsin:
“2091-modda. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish
Formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega boʻlmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish, —
formali kiyim-boshni musodara qilib, eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
“611” raqamidan keyin “612” raqami bilan, “209” raqamidan keyin “2091” raqami bilan toʻldirilsin;
“164-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 1711, 173, 1741-moddalarida, 175-moddasining beshinchi qismida, 1751, 1753, 1756-moddalarida, 176-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 1763, 1764, 177, 179” degan soʻzlar “164, 165, 1651, 166, 167, 169, 170, 171, 1711, 172, 173-moddalarida, 174-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida, 1741, 175, 1751, 1753, 1754, 1755, 1756, 176, 1762, 1763, 1764, 177, 178, 1781, 179, 1791” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar koʻrib chiqadi, ushbu Kodeksning 283-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
7) 257-moddaning birinchi qismidagi “178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) 261-moddaning birinchi qismidagi “178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9) 264-moddaning birinchi qismidagi “164-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida, 168, 171, 172, 174-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 1754, 1755, 1762, 1791, 2153-moddalarida” degan soʻzlar “168-moddasida, 174-moddasining uchinchi qismida va 2153-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 265-moddaning birinchi qismidagi “178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11) 2681-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2681-modda. Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish organlari
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish organlariga ushbu Kodeksning 2151-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqlidir:
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi hamda uning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda;
xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlarining rahbarlari hamda ularning oʻrinbosarlari — eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
12) 2682-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Kodeksning 99 va 178-moddalarida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga oid qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, arxitektura va qurilish organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi”;
13) 287-moddaning 1-bandi “209” raqamidan keyin “2091” raqami bilan toʻldirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1–2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda) 30-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Banklarda likvidlilik tanqisligi yuzaga kelgan va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan garov aktivlari mavjud boʻlmagan hollarda, Markaziy bank banklarga Markaziy bank tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda qisqa muddatli taʼminotsiz kreditlar berishga haqli”;
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin;
uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank banklarni kreditlash shartlarini ommaviy axborot vositalarida va oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 23-moddaning uchinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 25-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 44-moddaning uchinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 109-moddaning uchinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi 265-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) 17-moddasining uchinchi qismidagi “Mehnat” degan soʻz “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-637-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son)
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda, № 12, 657-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda) 13-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organlarining mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadilar. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining farqlovchi belgilari va kiyim-kechak bilan taʼminlanish normalari qonun hujjatlarida belgilanadi. Formali kiyim-boshni kiyib yurish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda) 15-moddasining ikkinchi qismi “normalar boʻyicha” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 1-moddasining ikkinchi qismi “qonuniylikni mustahkamlashdan” degan soʻzlardan keyin “shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 40-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning koʻrilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini er-xotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak”;
2) 218-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari er-xotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining yarashtirish komissiyasini ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qilishi kerak”.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 260-modda; 2007-yil, № 1, 3-modda, № 4, 156-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2011-yil, № 12/2, 365-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) 52-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “katta ilmiy xodim-izlanuvchilar” degan soʻzlar “doktorantlar” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi OʻRQ-776-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 9-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 03/22/776/0498-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son)
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda) 54-moddasining oʻninchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi 308-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda) 26-moddasining uchinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuniga asosan 26-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-fevraldagi OʻRQ-676-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 23-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son)
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrda qabul qilingan “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-57-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 499-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va ularning davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-60-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 537-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) 23-moddasining birinchi qismi “ekologiya” degan soʻzdan keyin “korrupsiyaga qarshi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning beshinchi qismidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish” degan soʻzlar “Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi OʻRQ-850-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 4-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son)
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-353-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 9, 239-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda) 15-moddasining ikkinchi qismidagi “Mehnat” degan soʻz “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 77-moddaning uchinchi va yettinchi xatboshilaridagi “bandlikka koʻmaklashish markazlari” degan soʻzlar “aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 106-moddaning beshinchi qismidagi “Mehnat” degan soʻz “Bandlik va mehnat munosabatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 170-moddaning birinchi qismi “va unga yoʻl qoʻymaslik” degan soʻzlardan keyin “shuningdek budjet sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 179-moddaning ikkinchi qismi “mansabdor shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlari” degan soʻzlardan keyin “shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning alomatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
35-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-371-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 129-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) 4-moddasining uchinchi xatboshisi “shuningdek korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
36-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 25-sentabrda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-376-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 247-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin:
1) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish”;
2) 23-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etish”;
beshinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
38-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-yanvar,
OʻRQ-456-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son, 20.10.2020-y., 03/20/642/1396-son; 22.02.2021-y., 03/21/676/0142-son; 20.04.2021-y., 03/21/682/0354-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 03/21/701/0674-son; 08.06.2022-y., 03/22/776/0498-son; 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son; 25.03.2026-y., 03/26/1123/0271-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)