|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF–3706-sonli Farmoniga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Kasanachilikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, sanoat korxonalari bilan kasanachilikni o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-sonli Farmoni 3-bandidagi “2019-yilning 1-yanvarigacha” degan so‘zlar “2021-yilning 1-yanvarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ushbu Farmon “Xalq so‘zi” gazetasining 2017-yil 26-maydagi 104 (6798)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-may,
PF-5054-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 21-son, 380-modda)