2-ILOVA
|
1. |
M.M. Ikramov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, Kengash raisi |
|
2. |
A.X. Saidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Kengash raisining oʻrinbosari |
|
3. |
T.A. Madumarov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
|
4. |
K. Togʻayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari |
|
5. |
B.A. Dehqonov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining oʻrinbosari |
|
6. |
I.J. Ergashxodjayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokurorining oʻrinbosari |
|
7. |
lavozim boʻyicha |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
|
8. |
R.S. Qosimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari |
|
9. |
U.I. Inoyatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri |
|
10. |
M.M. Muratov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri |
|
11. |
A.X. Yunusov |
— |
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori |
|
13. |
E.S. Kanyazov |
— |
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori |
|
14. |
B.A. Matlyubov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi boshligʻi |
|
15. |
M.X. Hazratqulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi direktori |
|
16. |
A.D. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi direktori |
|
17. |
F.F. Abduxolikov |
— |
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi |
|
18. |
A.A. Abdullayev |
— |
Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori |
|
19. |
N.U. Kosimov |
— |
Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari |
|
20. |
Sh.S. Javlonov |
— |
Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi |
|
21. |
K.K. Kuranbayev |
— |
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi |
Mustaqillik yillarida mamlakatda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish, nashr etishni tashkil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini “Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi”da lex.uz saytida joylashtirish boʻyicha ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan salmoqli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga huquqiy axborotni tarqatish va huquqiy targʻibot oʻtkazishning amaldagi tizimini tanqidiy tahlil qilish bu sohada muayyan kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi.
Xususan, qonun hujjatlarini, jumladan, rasmiy tarqatmalarni tarqatishning yagona mexanizmi va tartibi mavjud emas edi, normativ-huquqiy hujjatlar sharhlarsiz, konsepsiyasiz va boshqa axborot materiallarisiz nashr etilar, davlat organlarining huquqiy targʻibot boʻyicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirish boʻyicha choralar belgilanmagan edi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish, qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida ijrochilar va aholini huquqiy xabardor qilish sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning yagona tartibini oʻrnatish, bu sohada prinsipial yangi yondashuvlarni belgilash, yangi qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini tashkil qilish mexanizmlarini mustahkamlash va ularning mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish nazarda tutilmoqda.
Yangi qabul qilingan qonunlar, boshqa qonun hujjatlarini davlat organlari va boshqa tashkilotlarga toʻgʻridan-toʻgʻri ijro etish va amaliyotda qoʻllash uchun rasmiy tarqatma orqali yuborishning yagona tartibi va muddatlari belgilandi.
Taʼkidlash joizki, bundan buyon tegishli qonunlar qabul qilingandan keyin uning ijrosini, ijrochilarga yetkazish va aholi oʻrtasida mohiyati va ahamiyatini tushuntirishni tashkil etishga masʼul boʻlgan davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari matnlarida koʻrsatiladi. Ushbu mexanizm yangi qabul qilingan qonunlarning samarali va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Nazoratni amalga oshirish yuklatilgan masʼul davlat organi va tashkiloti hujjat imzolangandan keyin, uni ijro etish, ijrochilarga yetkazish hamda mohiyati va ahamiyatini aholi oʻrtasida tushuntirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi.
Yana bir yangilik, normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish jarayonida tayyorlangan axborot-tahliliy materiallari bilan tanishish imkoniyati yaratilishidir. Bundan buyon qabul qilingan qonun hujjatlarining huquqiy mazmuni va ahamiyatini targʻib qilish ushbu axborot-tahliliy materiallari asosida amalga oshiriladi. Bu esa, oʻz navbatida, ularning mazmun-mohiyatini toʻliq yetkazishga, aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirishga xizmat qiladi.
Masalan, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish asosini, uning ahamiyatini, shuningdek, qabul qilinishidan kutilayotgan natija boʻyicha qisqacha maʼlumotni oʻzida aks ettirgan tushuntirish xati, oʻzgartirish va qoʻshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida ham eʼlon qilinadi.
Yana muhim jihat shundan iboratki, Adliya vazirligi davlat organlari va tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish boʻyicha faoliyatini samarali muvofiqlashtiruvchi, uslubiy rahbarlik va nazorat qiluvchi vakolatli organ sifatida belgilanmoqda.
Qaror bilan, shuningdek, qonun hujjatlarini tarqatish tartibi va muddatlari aniq bayon etilgan qonun hujjatlarini tarqatish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va aholiga tushuntirish sxemasi tasdiqlanmoqda.
Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlarni barcha davlat organlari va tashkilotlariga tezkor yetkazish vazifasi yuklatilmoqda. Bundan buyon barcha normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga qogʻoz va elektron shaklda Adliya vazirligiga yuboriladi, Adliya vazirligi esa bir kunlik muddatda normativ-huquqiy hujjatlarni va tegishli axborot-tahliliy materiallarni elektron shaklda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladigan roʻyxat boʻyicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilishini taʼminlaydi.
Shu bilan birgalikda, Adliya vazirligi yangi qabul qilingan hujjatlarni Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga bir kunlik muddatda joylashtiradi va har hafta Oʻzbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari toʻplamida eʼlon qilib boradi.
Qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga sifatli va samarali tushuntirish maqsadida targʻibot tadbirlari va tushuntirish ishlari masʼul davlat organlari tomonidan media-rejalar ishlab chiqish, huquqiy targʻibot boʻyicha guruhlar tuzish, turkum tele, radiokoʻrsatuvlar tashkil qilish, OAVda maqolalar, axborot materiallari eʼlon qilish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, qaror bilan Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengashning yangi tarkibi hamda uning tarkibida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar davlat boshqaruvi organlari, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladigan hududiy komissiyalari tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga, mazkur sohada vakillik organlarining rolini kuchaytirish maqsadida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va xalq deputatlari Kengashlarida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish sohasidagi hisobotlarni eshitish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Qaror normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatishning amaliy mexanizmlarini, shu jumladan, huquqiy axborotni taʼlim, axborot-kutubxona muassasalarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida majburiy tarqatishni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokida normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish choralarini amalga oshirish tartibini, mazkur sohada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi va boshqa davlat organlarining vakolat va javobgarliklarini nazarda tutuvchi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Shuningdek, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini takomillashtirish, xususan, eng koʻp talab qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining ingliz tilidagi maʼlumotlar bankini yaratish boʻyicha choralar belgilanmoqda.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash huquqiy axborotni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida tarqatish tizimini tubdan takomillashtirishga, ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun va mohiyati toʻgʻrisida huquqiy xabardor qilishning sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.