Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2007-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 4-avgustdagi 69-son “Davlat budjetining gʻazna ijrosi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2007, 2009-yil 16-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 38-son, 422-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2017-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Vazir R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 22-noyabr,
87-son
Kelishilgan:
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2016-yil 22-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 594-modda)