Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini fanlar boʻyicha turli xalqaro va respublika olimpiadalarida, sport tanlovlari va musobaqalarida faol ishtirok etish yoʻli bilan oʻzlarining bilimlari va koʻnikmalari darajasini muntazam oshirishga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, respublikada sportning olimpiya turlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 55-modda) bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga “sport musobaqalari” soʻzlaridan keyin “(sportning olimpiya turlari, shaxmat, shashka boʻyicha)” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 20-oktabr,
356-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 500-modda)