|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.08.2019
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VINO-AROQ MAHSULOTLARINI ULGURJI VA ChAKANA SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-avgustdagi 707-sonli “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vino-aroq mahsulotlarining noqonuniy aylanishi va ular narxlarining sunʼiy ravishda oshirilishi hollarining oldini olish, alkogolli mahsulotlar savdosini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27-apreldagi 2007-yil 85-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 17-18-son, 182-modda)
2. Quyidagilar:
ishlab chiqaruvchi korxonalarga va hududiy ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalariga vino-aroq mahsulotlari bilan chakana savdo qilish;
vino-aroq mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqiga ega boʻlgan savdo tashkilotlariga bu mahsulotlar bilan ulgurji va mayda savdo qilish taqiqlansin.
3. “Oʻzsharobsanoat” AJ:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida vino-aroq mahsulotlarining hududiy ixtisoslashtirilgan savdo bazalarini belgilangan tartibda tashkil etsin va ularni roʻyxatdan oʻtkazsin hamda ularning faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin;
respublikaning barcha mintaqalarini zarur hajmda va turlardagi vino-aroq mahsulotlari bilan barqaror taʼminlash maqsadida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning muntazam marketingini taʼminlasin;
ikki hafta muddatda oʻziga qarashli barcha firma doʻkonlarini yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazsin;
xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda ulgurji savdo bazalari va firma doʻkonlarini zarur aylanma mablagʻlar bilan taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi Markaziy bank bilan birgalikda vino-aroq mahsulotlarini ulgurji va chakana sotishdan tushgan tushumni hisobga olish va nazorat qilishning maxsus tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
“Oʻzsharobsanoat” AJga hududiy ixtisoslashtirilgan savdo bazalarini tashkil etishda va ularning faoliyatini tashkil etishda koʻmaklashsinlar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi51-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
ikki hafta muddatda vino-aroq mahsulotlari bilan savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar, ulardan ulgurji va mayda ulgurji savdo qilish huquqini chiqarib tashlagan holda, qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27-apreldagi 2007-yil 85-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 17-18-son, 182-modda)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-noyabrdagi 452-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 22-24-son, 157-modda)
ishlab chiqaruvchi korxonalarning ular hududidan tashqaridagi omborlaridan va ularning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan firma doʻkonlari orqali vino-aroq mahsulotlarining sotilishini taqiqlasin;
spirt va vino-aroq ishlab chiqaruvchi korxonalarga tayinlangan moliya inspektorlarini ularning kasb layoqatiga talabchanlikni kuchaytirgan holda, joriy yilning mart-aprel oylarida qayta attestatsiyadan oʻtkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi va Davlat soliq qoʻmitasi vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishda, ularning aylanishida va sotilishida qonun buzishlar va suiisteʼmollarning oldini olish maqsadida taʼsirchan va muntazam nazoratni taʼminlovchi zarur kompleks chora-tadbirlar koʻrsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov, B.M. Olimjonov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 26-mart,
136-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 157-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda; 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 17-18-son, 182-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)