Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oliy ta’lim darajasi va sifatini yanada oshirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorining 4-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 40-modda):
a) uchinchi xatboshidagi “2014/2015” raqamlari “2017/2018” raqamlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Belgilansinki, viloyatlar bloklari va ta’lim shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar tashkiliy-metodik va tushuntirish ishlarini amalga oshirsinlar hamda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni cheklangan normativlarini 1:12,5 nisbatida belgilash uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-mart,
68-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 13-son, 143-modda)