|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.01.2007
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
1999-yilgi pilla hosili uchun pilla tayyorlovchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblarni oʻz vaqtida oʻtkazishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika pillachilik tarmogʻini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 15-noyabrdagi PQ-512-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1999-yilgi pilla hosilini etishtirishda pilla tayyorlovchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblarni oʻz vaqtida oʻtkazish, ipak mahsulotini respublikadan tashqariga chiqarishni tartibga solish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ipakchilik sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 30-martdagi PF-1982-son Farmoni bilan belgilangan asosiy vazifalarga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbek ipagi” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ipak mahsulotini respublikadan tashqariga chiqarish yuzasidan xulosalarni koʻrib chiqish va berish tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 4-martdagi 77-sonli qarori tahririda)
2. Pilla tayyorlash korxonalarida uzoq vaqt saqlash natijasida pillaning yaroqsizlanishini bartaraf etish va uning qoldiqlari ortiqcha toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik uchun, istisno tartibida, “Oʻzbek ipagi” uyushmasi korxonalarining joriy yilda tovar-xomashyo birjasi orqali 1600 tonna quruq pillani legitim soʻmlarga, 300 tonna shoyi ipakni fyuchers asosida hamda 800 tonna presslangan pillani sotishiga ruxsat etilsin.
“Oʻzbek ipagi” uyushmasi koʻrsatib oʻtilgan mahsulotlarni sotishni:
1999-yilgi mahsulot eksport qilish prognozi va valyuta tushumining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida nazarda tutilgan hajmlarda majburiy sotish boʻyicha topshiriqlarning bajarilishi taʼminlangan hamda ipak mahsulotini qayta ishlash va ishlab chiqarish korxonalari xomashyo bilan toʻliq taʼminlangan taqdirda;
ularning ishlab chiqarish samaradorligini taʼminlaydigan narxlar boʻyicha amalga oshirsin va tushgan mablagʻlarni birinchi navbatda pilla etishtiruvchi xoʻjaliklar bilan oʻzaro hisob-kitoblarga yoʻnaltirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 15-may,
246-son