O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimi to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga qo‘shilish HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimi to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga qo‘shilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 29-avgust,
687-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 187-modda)