Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Olimpiya zaxiralari kollejlari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-sonli “Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) boʻlib oʻtadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisida” 2013-yil 25-fevraldagi PQ–1923-son qarorini bajarish, sportning olimpiya turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, yosh istiqbolli sportchilarni yetishtirish va tanlab olish, shuningdek Toshkent shahridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejining mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Olimpiya zaxiralari kollejlari toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Toshkent shahridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 660 nafar oʻquvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boʻgʻinlari boʻyicha — 330 nafardan”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-avgust,
215-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 31-son, 410-modda)