Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.01.2013
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARINING QUVVATI 50 KVTGAChA BOʻLGAN ELEKTR QURILMALARINI ELEKTR TARMOQLARIGA ULAShNING SODDALAShTIRILGAN TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNING 8-BANDIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 16-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2220-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 30-dekabrdagi 12-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2411, 15.01.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 327-modda) va 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori)” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 470-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 7-apreldagi 3-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2220, 2011-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 17-son, 173-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi “32” raqami “491” raqamiga almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” DAK hamda “Qishloqenergoloyiha” OAJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 17-fevral,
2-son
Kelishildi:
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
2012-yil 14-fevral
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi v. b. U. TURDIYEV
2012-yil 14-fevral
“Oʻzbekenergo” DAK Boshqaruvi raisi B. TEShABOYEV
2012-yil 14-fevral
“Qishloqenergoloyiha” OAJ direktori Z. ABDUJABBOROV
2012-yil 14-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 128-modda)