Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.08.2023
Oʻzbekiston SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON SSR DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR KOMITETINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PF-116-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Geologiya tarmogʻining respublika hududida joylashgan korxonalari va tashkilotlarini boshqarishning samarali sistemasini vujudga keltirish, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida xalq xoʻjaligining mineral xomashyoning qidirib topilgan zaxiralariga ega boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekgeologiya” bosh muvofiqlashtirish — Geologiya boshqarmasi, “Krasnoxolmsgeologiya” geologiya ishlab chiqarish birlashmasi, “Sredazkvarssamotsveti” ekspeditsiyasi va Butunittifoq noruda materiallar geologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti Oʻrta Osiyo tajriba-metodika turkumining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda ular negizida Oʻzbekiston SSR Davlat geologiya va mineral resurslar komiteti tashkil etilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 10-maydagi 125-son “Oʻzbekiston SSJ Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 12-fevral,
PF-142-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 5-son, 99-modda)