|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KOMMUNAL XIZMAT KOʻRSATIShNI BOShQARIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Uy-joylarni xususiylashtirish va bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida respublika kommunal xizmatlari ishini takomillashtirish, koʻrsatiladigan kommunal xizmatlar sifati uchun mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining roli va masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—3-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 19-dekabrdagi PF-2791-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 12-son, 181-modda)
4. 1994-yilning 1-yanvarigacha mulk egalari bilan uy-joylarni ijaraga oluvchilar va kommunal-foydalanish tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni hisob-kitoblarning shartnomaviy tizimiga oʻtkazish zarur deb hisoblansin.
Aholining kam taʼminlangan tabaqalarini va koʻp bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutgan holda, ularga davlat dotatsiyalarining asta-sekin, bosqichma-bosqich kamaytirilishini inobatga olib, uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va kommunal xizmatlarga davlat tomonidan beriladigan bunday mablagʻlar saqlab qolinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish hamda uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash uchun hisob-kitoblarning shartnomaviy tizimini joriy etish masalalariga doir qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-iyuldagi 363-sonli “Uy-joy fondiga xizmat koʻrsatish va uni saqlash uchun hisobot-kitoblarning kontrakt (shartnoma) tizimiga oʻtish toʻgʻrisida”gi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 22-iyuldagi 371-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida”gi qarorlariga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 15-iyul,
PF-617-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 7-son, 278-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 12-son, 181-modda)