Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“FAOLIYATNING AYRIM TURLARINI LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 27-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda maʼqullangan
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi 71-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 142-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “litsenziyani qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish” degan soʻzlar “litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-moddaning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari, basharti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, faoliyatning mazkur turlarini tegishli litsenziyani olmasdan amalga oshirishga haqlidir”;
3) 14-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “notarial tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 15-moddaning ikkinchi qismi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlardan keyin “litsenziyalovchi organning mazkur arizani koʻrib chiqish bilan bogʻliq xarajatlari doirasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
5) 16-moddaning oltinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak”;
6) 20-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “bir haftalik” degan soʻzlar “bir oy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 23-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi “litsenziyalovchi organ” degan soʻzlardan keyin “yoki sud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
8) 25-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan almashtirilsin:
“Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2011-yil 8-sentabrdagi 174 (5341)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-sentabr,
OʻRQ-292-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 363-modda)