|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ULGURJI VA BIRJA SAVDOSINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikada bozor infratuzilmasini shakllantirish, ulgurji va birja savdosini rivojlantirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot xarid qilishni monopoliyadan chiqarish, tovar-xomashyo birjalaridagi savdoda kontraktlar tuzish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasi, doimiy ishlovchi Respublika yarmarka savdosi markazi — “Oʻzkoʻrgazmasavdo”, ulgurji bozorlar tarmogʻi, bozor infratuzilmasining boshqa boʻgʻinlari tashkil qilindi.
Shu bilan birga, ulgurji va birja savdosining mavjud tizimi samarasiz ishlamoqda. Tayyor mahsulotlarni va moddiy-xomashyo resurslarini birja savdolarida sotish hajmi yetarli darajada emas. Kelishuvlarni tuzish chogʻida hamon eskicha nomaqbul maʼmuriy-buyruqbozlik tamoyillari ustun boʻlib, bunda moddiy resurslar sotuvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasida oldindan taqsimlab qoʻyilmoqda. Koʻplab birja kelishuvlari amalda birjalar savdo sessiyalarida emas, balki ulardan tashqarida tuzilmoqda. Raqobatchilik va tanlash erkinligi yoʻq darajada. Talab va taklifning mutanosibligiga asoslangan bozor mexanizmlari hali sust ishlamoqda.
“Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi faoliyati bozor iqtisodiyotining hozirgi zamon talablariga mos kelmaydi. Mavjud ishlab chiqarish va omborxona imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilmoqda. Ulgurji, birja savdosi korxonalarining sarf-xarajatlari va shunga koʻra, savdo ustama narxlari yuqori darajadadir. Moddiy resurslarning birja savdosi asosan markazda jamlangan. Kichik va oʻrta biznes subyektlari hamda qurilish tashkilotlarining bozor sharoitida moddiy-texnika resurslarini erkin xarid qilishlari taʼminlanmayapti.
Birja va yarmarka savdolari qoniqarsiz oʻtkazilayapti. Brokyerlar malakasi, ayniqsa, viloyat tovar-xomashyo birjalarida past darajadadir.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda:
1. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasining ulgurji va birja savdosi tizimini tashkil etish borasidagi ishi qoniqarsiz deb topilsin.
2. “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi va tovar-xomashyo birjalarining faoliyatini tahlil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 10-son farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiyaning, Davlat mulki qoʻmitasining va “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi muassislarining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi — “Oʻzulgurjibirjasavdo”ni tugatish toʻgʻrisida.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-martdagi PF-4290-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 85-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tugatilayotgan “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi tarkibida boʻlgan hududiy aksiyadorlik tijorat-vositachi kompaniyalarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari qaramogʻiga oʻtkazib, ular zimmasiga ulgurji va mayda ulgurji savdoni tashkil etish, kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlar moddiy-texnika resurslarini yanada erkinroq xarid qilishlari uchun shart-sharoit yaratish vazifalarini yuklash toʻgʻrisida.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami,2004-y., 1-2-son, 9-modda)
3. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasini tugatilayotgan “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi tarkibidan chiqarib, uning faoliyatini mustaqil bozor tuzilmasi sifatida tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Birja va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga birja faoliyatini tashkil etishni yaxshilashga, birja bitimlarining amalga oshirilishi hamda birja narxlari belgilanishi uchun birjalar va birja savdosi qatnashchilarining javobgarligini oshirishga qaratilgan zarur oʻzgartish va qoʻshimchalarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga koʻrib chiqish uchun taqdim etsin.
5. “Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi — “Oʻzshartnomasavdo”ni tugatish hamda Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi — “Ulgurjibirjasavdo”ni taʼsis etish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-son Farmonining 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻn kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgarishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 27-aprel,
PF-2836-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 70-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son , 9-modda; 2011-y., 9-son, 85-modda)