

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Latn-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/uz/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-1636320">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6220"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-1636320">[<b>TSZ:</b><div id="LS3721"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-1636325">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-1636326">Qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-1636327">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK KODEKSINING TALABDAN BOSHQA SHAXS FOYDASIGA VOZ KECHISH HUQUQI BILAN BOGʻLIQ NORMALARINI QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA</a></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><a id="-1640346">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 30-oktabrdagi 189-sonli <a href="/uz/acts/-1643262">qarori </a>asosida kiritilgan oʻzgartirishlar bilan)</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1636328"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636329">Sud amaliyotida kelib chiqayotgan masalalarning yechimini va Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/uz/acts/-111189">Fuqarolik kodeksining</a> (keyingi matnlarda — FK) talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bilan bogʻliq normalarining nizolarning hal etilishida bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning <a href="/uz/acts/-68532#-70985">47-moddasiga</a> asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636330">1. Sudlar shunga eʼtiborlarini qaratishlari lozimki, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitim hisoblanadi, ushbu majburiyatda shaxs (kreditor) soʻzsiz almashadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636331">Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasiga asosan dastlabki kreditor asosiy majburiyat boʻyicha talab qilish huquqini topshirish, yangi kreditor esa bu huquqlarni qabul qilish majburiyatini oladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636332">Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi, agarda qonun hujjatlaridan, shartnomaning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, haq evaziga tuzilgan shartnoma hisoblanadi (FKning 355-moddasi <a href="/uz/acts/-111189#-155477">uchinchi qismi</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636334">FKning 319-moddasi <a href="/uz/acts/-111189#-155231">birinchi qismiga</a> asosan kreditorning oʻz talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga, basharti u qonun hujjatlariga yoki shartnomaga zid boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636335">Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganda dastlabki kreditor asosiy majburiyat boʻyicha shaxs almashtirilishi munosabati bilan majburiyatdan chiqadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636336">2. Kreditorning majburiyat boʻyicha huquqlari belgilangan tartibda nafaqat talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish asosida, balki qonunda nazarda tutilgan hollarda ham boshqa shaxslarga oʻtishi mumkin (FKning <a href="/uz/acts/-111189#-155010">295</a>, <a href="/uz/acts/-111189#-155213">318</a>, <a href="/uz/acts/-180552#-196373">957-moddalari</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636494">3. Sudlar kreditorning huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda bunday ishlar boʻyicha yangi kreditorning huquqni oʻtkazilishi natijasida dastlabki kreditordan oladigan majburiyatlar hajmini aniqlash muhim masala ekanligini inobatga olishlari lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636501">Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, dastlabki kreditorning huquqi yangi kreditorga huquq oʻtish paytida mavjud boʻlgan hajmda va shartlar asosida oʻtadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636502">Yangi kreditorga, xususan, pul majburiyatining bajarilishini taʼminlaydigan huquqlar (masalan: boqimanda undirish va h.k), shuningdek talab bilan bogʻliq boshqa huquqlar, shu jumladan toʻlanmagan foizlarga boʻlgan huquq ham oʻtadi. Vaholanki, pul majburiyatida kreditor oʻzgargan har qanday holda ham dastlabki kreditordan yangi kreditorga barcha huquq va majburiyatlar oʻtadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636503">4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasida qanday talablar qaysi majburiyatlarga asosan oʻtayotganligi aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636504">Oʻtkazilayotgan talablar hajmini belgilashda u qanday majburiyatdan kelib chiqqanligi koʻrsatilib, har qanday shartnomaning muhim sharti hisoblangan shartnoma predmeti ham bitim ishtirokchilari tomonidan belgilanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636506">Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasining predmeti uning muhim shartlaridan biri hisoblanib, taraflar (dastlabki va yangi kreditor) shartnomada oʻtkaziladigan huquq predmetini aniq, ravshan tarzda asosiy majburiyatga bogʻlagan holda koʻrsatishlari shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636507">Agar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasida voz kechilayotgan huquqni keltirib chiqaruvchi majburiyat aniq koʻrsatilmagan boʻlsa, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi tuzilmagan deb hisoblanishi lozim (FKning <a href="/uz/acts/-111189#-155621">364-moddasi</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636508">5. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan dastlabki kreditor yangi kreditor oldida unga oʻtkazilgan talabning haqiqiy emasligi uchun javob beradi, biroq qarzdor tomonidan bu talabning bajarilmaganligi uchun javob bermaydi, dastlabki kreditor yangi kreditor oldida qarzdor uchun oʻz zimmasiga kafolatni olgan hollar bundan mustasno (FKning <a href="/uz/acts/-111189#-155260">321-moddasi</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636509">6. Agar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi oʻz mohiyatiga koʻra talab qilish huquqini oʻtkazish boʻlmay, balki bunda taraflarning xohish-irodasi aslida haq evaziga xizmat koʻrsatishga qaratilgan boʻlsa, bunday shartnoma FK 124-moddaning <a href="/uz/acts/-111189#-153519">ikkinchi qismiga</a> binoan boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan hisoblanadi (topshiriq shartnomasi yoki haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi) va sud taraflar aslida nazarda tutgan bitimga doir qoidalarni qoʻllaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636510">Agar asosiy bitim sud tomonidan tuzilmagan (yoki haqiqiy emas) deb topilsa, asosiy bitimga asoslangan talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ham haqiqiy hisoblanmaydi (FKning <a href="/uz/acts/-111189#-155199">313-moddasi</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636511">7. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasining xususiyati shundaki, bunda qonun yoki asosiy shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, majburiyatdagi boshqa tarafning (qarzdorning) roziligi talab qilinmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636512">8. Sudlarga tushuntirilsinki, talab qilish huquqi oʻtgan yangi kreditor qarzdorni bu haqda yozma ravishda xabardor qilishi shart. Aks holda u bunday xabar bermaslik tufayli kelib chiqqan oʻzi uchun noqulay oqibatlar xavfini oʻz zimmasiga oladi (FKning <a href="/uz/acts/-111189#-155199">313-moddasi</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636513">Oʻz talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditorga ham maʼlum majburiyatlar yuklatiladi. U yangi kreditorga talab qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni berishi va talabni amalga oshirish uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni bildirishi kerak. Qarzdor talablar yangi kreditorga oʻtganligini isbotlovchi hujjatlar oʻziga taqdim etilmagunicha unga nisbatan majburiyatni bajarmaslikka haqli (FKning <a href="/uz/acts/-111189#-155208">316-moddasi</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636514">Bunda, qarzdor majburiyat boʻyicha huquqlar yangi kreditorga oʻtganligi haqida ogohlantirish olgan paytida dastlabki kreditorga qarshi eʼtirozlarini yangi kreditorning talabiga qarshi qoʻyishga haqli ekanligi inobatga olinishi lozim (FKning <a href="/uz/acts/-111189#-155211">317-moddasi</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636515">Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga oʻtganligi haqida qarzdorning xabardor qilinmaganligi yoki oʻz talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditor talab qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni unga bermaganligi uning huquqlarini boshqa shaxsga haqiqatan oʻtkazilganligiga taʼsir qilmaydi va oʻz talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasini tuzilmaganligiga (haqiqiy emasligiga) olib kelmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636516">Dastlabki kreditordan yangi kreditorga huquqlarning oʻtkazilishi qarzdorni bitim tuzilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish payti bilan bogʻliq emas. Qarzdorni xabardor qilish huquqlar boshqa shaxsga oʻtkazilganligiga binoan amalga oshirilib, bu majburiyat boʻyicha talab qilish huquqini oʻtkazishning zarur sharti sifatida qaralmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636517">9. Sudlarning eʼtibori oddiy yozma yoki notarial shaklda tuzilgan bitimdan kelib chiqadigan talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish faqat oʻsha shaklda (oddiy yozma yoki notarial) amalga oshirilishi mumkinligiga qaratilsin (FKning 320-moddasi <a href="/uz/acts/-111189#-155257">birinchi qismi</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636518">Agar asosiy bitim davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab qilinadigan bitim boʻlsa, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitimi ham asosiy bitim boʻyicha belgilab qoʻyilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart (FKning 320-moddasi <a href="/uz/acts/-111189#-155258">ikkinchi qismi</a>).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636519">Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasini tuzish vaqtida asosiy bitimni davlat roʻyxatidan oʻtkazish shartligini nazarda tutuvchi qonun hujjatlarining talablari oʻzgargan va bunday toifadagi bitimlarni roʻyxatga olish shartligi bekor qilingan hollarda talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasini roʻyxatga olish talab qilinmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636520">10. Sudlar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga qonun hujjatlari bilan cheklanganlik mavjudligini nazarda tutishlari lozim:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636522">doimiy renta shartnomasi boʻyicha renta oluvchining huquqlari faqat fuqarolar va notijorat tashkilotlariga oʻtkazilishi mumkin (FKning <a href="/uz/acts/-180552#-184251">518-moddasi</a>);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636523">prokat shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchi oʻzining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi (FKning 563-moddasi <a href="/uz/acts/-180552#-185591">ikkinchi qismi</a>);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636525">korxonani ijaraga beruvchining tegishli faoliyat bilan shugʻullanishi uchun maxsus ruxsatnoma asosida olgan huquqlari ijaraga oluvchiga berilishi mumkin emas (FKning 579-moddasi <a href="/uz/acts/-180552#-186383">beshinchi qismi</a>);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636526">kafolat boʻyicha benefitsiarga tegishli boʻlgan kafilga talab qoʻyish huquqi, agar kafolatda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin emas (FKning <a href="/uz/acts/-111189#-155103">303-moddasi</a>) va boshqalar.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636528">11. Sudlarga tushuntirilsinki, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash va har qanday cheklashlar yoxud talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishning qoʻshimcha shartlari taraflarning kelishuvlariga binoan shartnomada nazarda tutilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636529">Shu bilan birga sudlar shartnomada bunday taqiq yoxud cheklashlar mavjud boʻlsada, lekin qonun talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyadigan baʼzi bir alohida holatlarga eʼtiborlarini qaratishlari lozim.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636531">Masalan, FKning <a href="/uz/acts/-180552#-190694">753-moddasiga</a> muvofiq, mijoz bilan uning qarzdori oʻrtasida talabnomadan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash yoki cheklash haqida kelishuv boʻlgan taqdirda ham, pul talabnomasidan moliya agenti foydasiga voz kechish haqiqiy hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636533">FKning 834-moddasi <a href="/uz/acts/-180552#-195376">oltinchi qismiga</a> binoan bitim boʻyicha huquqlarni komitentga topshirishga, vositachining uchinchi shaxs bilan huquqlarni bunday berishni taqiqlaydigan yoki cheklaydigan kelishuvidan qatʼi nazar, yoʻl qoʻyiladi. Bu har ikki holatda ham yangi kreditor (jumladan, mijoz yoki vositachi) huquqni topshirishni taqiqlash yoki cheklash haqidagi kelishuvni buzib huquqni topshirganligi munosabati bilan uni uchinchi shaxs oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636534">12. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq ishlarni sud muhokamasiga tayyorlashda sudlar ishda ishtirok etuvchi barcha manfaatdor shaxslarni jalb qilish toʻgʻrisidagi masalani hal etishlari zarur.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3107637"><a href="/uz/acts/-1636320?ONDATE=28.02.2003 00#-1636536">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3107637"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3107638">Agar qabul qilinadigan sud hujjati dastlabki kreditorning manfaatlariga taʼsir koʻrsatishi ishni koʻrib chiqish vaqtida aniqlansa, sud uni nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb qilish masalasini hal etishi lozim.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-3107639">(12-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabragi 307-sonli <a href="/uz/acts/-3107386?ONDATE=23.12.2016 00#-3107405">qarori </a>tahririda) </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1636537">Dastlabki kreditorni qoʻshimcha dalillar (hujjatlarning asli, dastlabki kreditorning koʻrsatmalari)ni olish uchun ham sud majlisiga jalb qilish maqsadga muvofiq boʻladi.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-1653046"></a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1653047">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-1653048">2003-yil 28-fevral,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-1653049">110-son</a></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
