Hujjat 05.02.2027 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
YONGʻIN XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi yongʻin xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yongʻin — odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib boʻlmaydigan yonish;
yongʻin nazorati — yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyat;
yongʻinlar profilaktikasi — yongʻinlar kelib chiqishi ehtimolini istisno etishga va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlari majmui;
yongʻindan saqlash xizmati — odamlarning hayoti va sogʻligʻini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan himoya qilish, shuningdek obyektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda yongʻin xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui;
yongʻin xavfsizligi — odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yongʻinlardan himoyalanganligi holati;
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin xavfsizligi talablari — yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida qonunchilikda belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga ega maxsus shartlar;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi — yongʻin xavfsizligi talablarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik;
yongʻin-texnik mahsuloti — yongʻin xavfsizligini taʼminlashga moʻljallangan maxsus texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlar, shu jumladan yongʻinni oʻchirish texnikasi va asbob-uskunalari, yongʻinni oʻchirish aslaha-anjomlari, olovni oʻchirish va olovdan himoya qilish moddalari hamda materiallari, maxsus aloqa va boshqarish vositalari, elektron hujjatlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalari, shuningdek yongʻinlarning oldini olish hamda ularni oʻchirishning boshqa vositalari;
yongʻinga qarshi rejim — yongʻin xavfsizligi talablari buzilishining oldi olinishini va yongʻinlar oʻchirilishini taʼminlash yuzasidan odamlarning xatti-harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va (yoki) binolarni (hududlarni) saqlash tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻinga qarshi alohida rejim — yongʻin xavfi yuqori boʻlgan davrda muayyan hududlarda qonunchilikka muvofiq yongʻin xavfsizligining qoʻshimcha talablarini belgilash.
(3-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarni profilaktika qilish hamda bartaraf etish, shuningdek qutqaruv ishlarini bajarish maqsadida tashkil etilgan boʻlinmasi;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
4-modda. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimi
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimi yongʻinlarning oldini olish hamda ularni oʻchirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek kuchlar va vositalar majmuidan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimi subyektlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) va fuqarolardir.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
41-modda. Yongʻin xavfsizligining asosiy prinsiplari
Yongʻin xavfsizligining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
yongʻin xavfsizligi sohasida odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻini himoya qilish ustuvorligi;
yongʻinlar profilaktikasi ustuvorligi;
yongʻin xavfsizligi sohasidagi axborotning ochiqligi;
yongʻin xavfsizligi talablarini buzganlik uchun mutanosib javobgarlik va javobgarlikning muqarrarligi.
(41-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
2-bob. Davlat organlari va boshqa organlarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki. Tashkilotlar hamda fuqarolarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yongʻin xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi;
yongʻin xavfsizligi sohasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(5-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
yongʻin xavfsizligi sohasida moliyaviy, moddiy-texnika taʼminotini va resurslar bilan taʼminlashni amalga oshiradi;
davlat ehtiyojlari uchun yongʻin-texnik mahsulotining nomenklaturasini, uni yetkazib berish hajmlarini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin auditini oʻtkazish tartibini belgilaydi;
koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibini belgilaydi;
yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash, oʻzaro almashish va oshkor qilish tartibini tasdiqlaydi;
bozorlar, savdo komplekslari va savdo-koʻngilochar markazlari mulkdorlarining uchinchi shaxslar hayoti va (yoki) sogʻligʻiga yongʻin yuzaga kelishi natijasida zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini, shuningdek ushbu obyektlarni yongʻindan majburiy sugʻurta qilish tartibini belgilaydi;
yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari shaxsiy tarkibining oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xizmatchilariga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xizmatchilarining (xodimlarining) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa toʻlash tartibini tasdiqlaydi.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
6-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organning vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir (bundan buyon matnda Favqulodda vaziyatlar vazirligi deb yuritiladi).
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
(6-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlaydi;
(6-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini yongʻinni oʻchirish texnikasi va boshqa texnika vositalari bilan jihozlash sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻinlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning hamda aholining hayotiga va sogʻligʻiga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo boʻlishining oldi olinishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻxtatib turadi;
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 20-apreldagi OʻRQ-1136-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1136/0393-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 22-iyul)
yongʻinlarni oʻchirishni, yongʻin zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarishni amalga oshiradi;
barcha turdagi yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining yongʻinlarni oʻchirishga shayligi holati va yongʻinlar profilaktikasiga doir ishlarning bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi;
(6-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalarni va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
(6-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
davlat yongʻin nazoratini amalga oshiradi;
yongʻin xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud boʻlmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa obyektlarni qurish, kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga taalluqli qismini koʻrib chiqadi;
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining, shuningdek qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin xavfsizligi sohasida yongʻinga qarshi targʻibotni, axborot bilan taʼminlashni va oʻqitishni (shu jumladan shartnoma asosida oʻqitishni) amalga oshiradi;
(6-modda ikkinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
yongʻin xavfsizligining ilmiy-texnik jihatdan taʼminlanishini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin xavfsizligi sohasidagi litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(6-modda ikkinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatining pasporti”.
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin xavfsizligi sohasidagi muvofiqlikni baholashni tashkil etadi;
yongʻinga doir auditorlik tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazadi va ularning reyestrini yuritadi;
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
yongʻinlar va ularning oqibatlari hisobini yuritadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 13-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashish tartibi haqida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish hamda yongʻinlarning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi.
(6-modda ikkinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
(7-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari (bundan buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) oʻz vakolatlari doirasida:
(7-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlaydi;
(7-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ichki yongʻin xavfsizligi qoidalarini belgilaydi;
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
yongʻin xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
yongʻin nazoratini tashkil etadi;
yongʻin xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz ehtiyojlari uchun yongʻin-texnik mahsulotining nomenklaturasini ishlab chiqadi;
(7-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish tizimini yaratadi;
aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda, ijtimoiy-madaniy, sanoat obyektlarida hamda boshqa obyektlarda, hududlar va kommunikatsiyalarda yongʻinlar oʻchirilishini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vakolatli organlar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari mahalliy budjetlarning yongʻin xavfsizligiga, shu jumladan yongʻindan saqlash xizmatining taʼminoti xarajatlariga doir qismini tasdiqlaydi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(8-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etadi;
yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mahalliy budjet mablagʻlari va investitsiya dasturlari asosida barpo etilayotgan, joriy va mukammal taʼmirlanadigan obyektlarda qurilish tashkilotlari tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlaydi;
oʻz hududidagi yongʻinga qarshi suv taʼminotining mavjudligi va sozligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
mahalliy budjetlarning yongʻin xavfsizligiga, shu jumladan davlat ijtimoiy soha obyektlarining, yongʻindan saqlash xizmatining taʼminoti xarajatlariga doir qismining ishlab chiqilishini, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritilishini va ijro etilishini taʼminlaydi;
(8-moddaning ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
yongʻin oʻchiruvchilar depolari qurilishini amalga oshiradi, yongʻindan saqlash xizmatining mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan boʻlinmalarini belgilangan tartibda saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlaydi;
yongʻin xavfsizligini taʼminlashning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantirilishini amalga oshiradi;
tegishli hududda yongʻinga qarshi alohida rejim oʻrnatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
9-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi ishtiroki
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatining tashkil etilishiga va faoliyatiga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin nazorati amalga oshirilishiga va yongʻinga qarshi targʻibot ishlariga koʻmaklashadi;
(9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
(9-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
10-modda. Tashkilotlarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Tashkilotlar:
yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini belgilangan tartibda oʻz mablagʻlari hisobidan tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
tegishli organlarga yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish;
belgilangan tartibda yongʻin-texnik komissiyalarini tashkil etish;
oʻz hududida sodir boʻlgan yongʻinlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga doir ishlarni bajarish;
yongʻin xavfsizligini taʼminlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
belgilangan tartibda yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha axborot olish, shu jumladan yongʻindan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va boʻlinmalaridan axborot olish huquqiga ega.
Tashkilotlar:
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
yongʻindan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, shuningdek ularning bajarilishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlashi;
yongʻinga qarshi targʻibot oʻtkazishi va oʻz xodimlariga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatishi;
oʻziga qarashli yongʻinga qarshi himoya tizimi va vositalarini, yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalarini, shu jumladan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi;
yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalariga yongʻinlarni oʻchirishda, shuningdek yongʻin nazorati organlariga yongʻinlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda, yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishida va yongʻinlar kelib chiqishida aybdor shaxslarni topishda belgilangan tartibda koʻmaklashishi;
oʻz hududidagi yongʻinlarni oʻchirish chogʻida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda berishi;
yongʻindan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda ularning oʻz hududiga, binolar, inshootlarga va boshqa obyektlarga erkin kirishini taʼminlashi;
oʻziga qarashli obyektlarning yongʻin xavfsizligi holati toʻgʻrisidagi, shu jumladan oʻzi ishlab chiqarayotgan mahsulotning yongʻin xavfliligi haqidagi, shuningdek oʻz hududida sodir boʻlgan yongʻinlar va ularning oqibatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda hujjatlarni yongʻin nazorati organlari mansabdor shaxslarining talabiga koʻra taqdim etishi;
kelib chiqqan yongʻinlar, mavjud yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalaridagi nosozliklar toʻgʻrisida, yoʻllar va tor koʻchalarning holati oʻzgarganligi haqida yongʻindan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi;
koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatining faoliyatiga belgilangan tartibda koʻmaklashishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
101-modda. Loyiha tashkilotlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari:
loyihalashtirish ishlarini amalga oshirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq loyihaviy yechimlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish;
loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, kelishish va ushbu hujjatlar boʻyicha qarorlar qabul qilish hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etish;
oʻz faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligini talab qilish huquqiga ega.
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda:
normativ-huquqiy hujjatlarda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda hamda shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan yongʻinga qarshi talablarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashi;
obyektlarni loyihalashtirishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun talab etiladigan yongʻinga qarshi suv taʼminotiga, yongʻinga qarshi avtomatika tizimlariga, evakuatsiya yoʻllariga va chiqish joylariga, muhandislik tizimlariga, konstruksiyalarga hamda materiallarga nisbatan belgilangan yongʻinga qarshi qoidalar va talablar inobatga olinishini taʼminlashi shart.
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari qonunchilikka muvofiq yongʻin xavfsizligi sohasida boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Loyiha tashkilotlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq faoliyatiga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga xilof ravishda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
102-modda. Qurilish-pudrat tashkilotlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi majburiyatlari
Qurilish-pudrat tashkilotlari:
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda loyiha hujjatlariga va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashi;
qurilish maydonida yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va boshqa vositalar zaxirasi, shuningdek ularni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar mavjud boʻlishini taʼminlashi;
xodimlarning yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻqitilishini taʼminlashi;
qurilish uchun maydon tayyorlashda yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida uni suv yetkazib berish uskunalari, inventar, yoritish uskunalari va yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlashi hamda yongʻin-qutqaruv texnikalarining toʻsiqsiz harakatlanishini hisobga olishi;
qurilish jarayonida yonuvchan qurilish havozalaridan foydalanilishini qatʼiy cheklashi;
obyektlarni rekonstruksiya qilishda, joriy va mukammal taʼmirlashda vertikal transport vositalarini, aloqa va muhandislik tarmoqlarini, jihozlarni tekshirishi, demontaj va qurilish-montaj ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashi;
birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari va jihozlarini ishga yaroqli holatda saqlashi, ulardan boshqa maqsadda foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi;
qurilish-montaj va demontaj ishlarini bajarishda yongʻinning oldini olish choralarini taʼminlashi hamda konstruksiyalarning barqarorligini saqlash talablariga rioya etishi;
qurilish-montaj ishlarini bajarishda yongʻinga xavfli materiallar va buyumlardan ularning qoʻllanilish talablariga muvofiq foydalanishi shart.
Qurilish-pudrat tashkilotlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq yongʻin xavfsizligi sohasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Qurilish-pudrat tashkilotlarining faoliyatiga davlat organlari tomonidan qonunga xilof ravishda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
103-modda. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, umumiy mol-mulkdan hamda uyga tutash boʻlgan yer uchastkasidan foydalanishda, ularni tasarruf etishda va saqlashda yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishi shart.
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari:
yongʻin xavfsizligini taʼminlashga doir takliflarni tayyorlash va vakolatli organlarga taqdim etish;
yongʻin xavfsizligini taʼminlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
yongʻin xavfsizligi talablarining mulkdorlar yoki foydalanuvchilar tomonidan buzilishi hollarini aniqlab, qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan mulkdorlarni yoki foydalanuvchilarni ogʻzaki yoki yozma shaklda ogohlantirish;
qoidabuzarlik bartaraf etilmagan taqdirda, bu haqda maxsus vakolatli organni xabardor qilish;
yongʻindan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va boʻlinmalaridan yongʻin xavfsizligi masalalari yuzasidan belgilangan tartibda axborot olish;
tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda, davriy ravishda yongʻin auditini oʻtkazish huquqiga ega.
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari:
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
yongʻindan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
yongʻin xavfsizligini boshqarish rejasi amalga oshirilishini taʼminlashi;
umumiy mol-mulk tarkibiga kiruvchi yongʻinga qarshi himoya tizimlarini, shu jumladan yongʻinga qarshi suv taʼminotini, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarini va jihozlarini soz holatda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi;
yongʻinga qarshi mavjud himoya tizimlariga shikast yetkazmasligi, ularni oʻzboshimchalik bilan demontaj qilmasligi yoki oʻzgartirmasligi;
dudburon va shamollatish tizimlarini soz holatda saqlashi va ularga mavsumiy texnik xizmatlar koʻrsatishi;
yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalariga yongʻinlarni oʻchirishda, shuningdek yongʻin nazorati organlariga yongʻinlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari va shart-sharoitlarini, shuningdek aybdor shaxslarni aniqlashda belgilangan tartibda koʻmaklashishi;
oʻzining hududidagi yoki xizmat koʻrsatish obyektlaridagi yongʻinlarni oʻchirish chogʻida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda jalb etishi;
oʻzining hududiga yoki xizmat koʻrsatish obyektiga (bundan koʻp kvartirali uylardagi umumiy mulk tarkibiga kirmaydigan joylar mustasno) yongʻindan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda erkin kirishini taʼminlashi;
mavjud yongʻinga qarshi himoya tizimlarini soz holatda saqlash va ularning nosozliklarini bartaraf qilish choralarini koʻrishi;
kelib chiqqan yongʻinlar toʻgʻrisida, yoʻllar va tor koʻchalarning holati oʻzgarganligi haqida yongʻindan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi shart.
(101, 102 va 103-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
11-modda. Fuqarolarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Fuqarolar:
yongʻin kelib chiqqan taqdirda oʻz sogʻligʻi va mol-mulkining himoya qilinishi;
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin tufayli oʻziga yetkazilgan zararning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini va tovon puli toʻlanishini talab qilish;
(11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”).
oʻz sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazgan yongʻinning kelib chiqish sabablari hamda sharoitlarini aniqlashda ishtirok etish;
yongʻin xavfsizligi masalalari boʻyicha belgilangan tartibda axborot olish;
yongʻindan saqlash xizmati yetib kelguniga qadar odamlarni, mol-mulkni qutqarish va yongʻinlarni oʻchirish yuzasidan choralar koʻrish;
yongʻinlarni oʻchirishda yongʻindan saqlash xizmatiga koʻmaklashish;
yongʻin xavfsizligini taʼminlashda, shu jumladan koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega.
Fuqarolar:
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
yongʻinni sezib qolganda bu haqda yongʻindan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi;
yongʻindan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
Oldingi tahrirga qarang.
koʻp kvartirali uylardagi yongʻinga qarshi mavjud himoya tizimlariga shikast yetkazmasligi, ularni oʻzboshimchalik bilan demontaj qilmasligi yoki oʻzgartirmasligi;
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
oʻziga qarashli ishlab chiqarish, xoʻjalik binolarini, turarjoylarni va boshqa binolar hamda imoratlarni belgilangan tartibda yongʻin nazoratini amalga oshirish maqsadida koʻzdan kechirishi va tekshirishi uchun yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslariga imkoniyat berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-bob. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash
12-modda. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash tashkilotlarning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tarkibiy qismidir. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga doir talablar mansab yoʻriqnomalarida va boshqa yoʻriqnomalarda, zarur hollarda esa tegishli shartnomalarda aks ettirilishi kerak.
Tashkilotlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash, agar tegishli shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur tashkilotlarning rahbarlari va ular vakolat bergan shaxslar zimmasiga yuklatiladi. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga doir vazifalarning vakolatli shaxslar zimmasiga yuklatilishi rahbarlarning zimmasidan masʼuliyatni soqit qilmaydi.
Xususiy va davlat uy-joy fondlarining turarjoylari va boshqa binolarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash, agar bu mulkiy ijara (arenda) shartnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, mulkdorlar yoki ijaraga (arendaga) oluvchilar zimmasiga yuklatiladi.
Aholi punktlarini rivojlantirish va ularda imorat qurishni rejalashtirish, binolar va inshootlarni loyihalashtirish, qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish hamda texnik jihatdan qayta jihozlash chogʻida yongʻin xavfsizligini taʼminlash tegishincha shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, buyurtmachilar, imorat quruvchilar, loyiha va qurilish tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish
Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish normativ-huquqiy hujjatlarda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, shaharsozlik normalarida, qoidalarida hamda boshqa normativ hujjatlarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qoidalarni, normalarni, shu jumladan texnik talablarni belgilashdan iboratdir.
Yongʻin xavfsizligi boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qoidalar, normalar va talablarni oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari, qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlar loyihalari Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilishi kerak.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
131-modda. Binolar va inshootlarni funksional yongʻin xavfi boʻyicha tasniflash
Binolar va inshootlarni funksional yongʻin xavfi boʻyicha tasniflash yongʻin xavfsizligiga oid minimal talablarni belgilash, yongʻin xavfini oʻz vaqtida, toʻgʻri baholash, uning oldini olish hamda xavfsiz evakuatsiya tizimini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Binolar va inshootlar ulardan foydalanish maqsadidan, ularning yongʻindagi xavflilik darajasidan, ularda yashovchi odamlarning (boʻluvchilarning) kontingenti va sonidan kelib chiqqan holda, funksional yongʻin xavfi boʻyicha quyidagi sinflarga boʻlinadi:
“F1” — odamlarning doimiy va vaqtincha (shu jumladan sutka davomida) yashashi uchun moʻljallangan binolar va inshootlar;
“F2” — teatr, konsert-tomosha, sport tadbirlari va boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar (bir vaqtning oʻzida tashrif buyuruvchilarning ommaviy tarzda kelishi bilan tavsiflanadi);
“F3” — aholiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning binolari va inshootlari (ularda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soniga nisbatan tashrif buyuruvchilar sonining koʻpligi bilan tavsiflanadi);
“F4” — ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining, loyiha tashkilotlarining, davlat organlari hamda tashkilotlarning binolari (sutkaning maʼlum bir vaqti davomida maʼlum bir yoshdagi va jismoniy harakatdagi odamlar kontingenti tomonidan foydalanilishi bilan tavsiflanadi);
“F5” — ishlab chiqarish yoki omborxona maqsadlari uchun moʻljallangan binolar, xonalar va inshootlar (ularda ishlaydigan doimiy kontingentning mavjud boʻlishi, shu jumladan sutka davomida mavjud boʻlishi bilan tavsiflanadi).
Binolar va inshootlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashga oid qoidalar, normalar, shu jumladan texnik talablar normativ-huquqiy hujjatlarda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, shaharsozlik normalarida, qoidalarida hamda boshqa normativ hujjatlarda binolar va inshootlarning funksional yongʻin xavfi boʻyicha sinflari hisobga olingan holda belgilanishi kerak.
Binolar va inshootlarning funksional yongʻin xavfi boʻyicha sinflari roʻyxati shaharsozlik normalari hamda qoidalarida belgilanadi.
132-modda. Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligiga oid minimal texnik talablar
Binolar va inshootlar (bundan yakka tartibdagi uy-joylar mustasno) ularning funksional yongʻin xavfi boʻyicha sinflaridan va geometrik oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda quyidagi minimal texnik talablarga javob berishi shart:
binolar va inshootlar uchun belgilangan olovga bardoshlilik darajasi boʻyicha talablarga muvofiq boʻlishi;
yongʻin avtomatikasi tizimlari (yongʻin signalizatsiyasi, yongʻin toʻgʻrisida xabar berish, ogohlantirish va evakuatsiyani boshqarish, tutunga qarshi shamollatish tizimlari hamda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va boshqa avtomatik yongʻinga qarshi himoya texnik uskunalari) bilan jihozlanishi;
qurilish materiallari va konstruksiyalari uchun belgilangan olovga bardoshlilik chegarasi boʻyicha talablarga muvofiq boʻlishi;
tashqi yongʻinga qarshi yetarli bosimga ega boʻlgan suv taʼminotining (gidrant, rezervuar, suv hovuzi va boshqalarning) mavjud boʻlishi;
belgilangan suv sarfi va bosim miqdorlariga muvofiq ichki yongʻinga qarshi suv taʼminotiga ega boʻlishi;
belgilangan normativlarga muvofiq evakuatsiya yoʻllari va chiqish joylari bilan taʼminlanishi;
birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan belgilangan miqdorda taʼminlangan boʻlishi;
olovga bardoshlilik darajasi boʻyicha talablarga muvofiq boʻlgan ichki va tashqi pardozlash qoplamalari qoʻllanilishi;
ichki va tashqi hududlarda yongʻin-qutqaruv texnikasining toʻsiqsiz, erkin harakatlanish imkoniyati mavjud boʻlishi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan minimal texnik talablar boʻyicha qoidalar, normalar va meʼyorlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, shaharsozlik normalari va qoidalarida hamda boshqa normativ hujjatlarda belgilanadi.
133-modda. Binolar va inshootlarda funksional yongʻin xavfi boʻyicha yongʻin xavfsizligining texnik talablari
Binolar va inshootlar (bundan yakka tartibdagi uy-joylar mustasno) ularning funksional yongʻin xavfi boʻyicha sinflaridan va geometrik oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda, ushbu Qonunning 132-moddasida belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda quyidagi talablarga javob berishi shart:
1) balandligi yer sathidan 28 metrdan 50 metrgacha boʻlgan binolar va inshootlarda:
tutun qoplamaydigan zinalarning mavjud boʻlishi;
yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashish uchun moʻljallangan liftlar oʻrnatilgan boʻlishi;
tashqi (fasad) qismini pardozlash uchun faqat yonmaydigan guruhga mansub boʻlgan qurilish materiallaridan foydalanilgan boʻlishi;
yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi barcha tizimlar elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha 1-toifaga (avtomatik ravishda almashiladigan ikkita bir-biridan mustaqil elektr energiyasi manbalaridan elektr energiyasi bilan taʼminlanishi) mansub boʻlishi;
2) balandligi yer sathidan 50 metrdan yuqori boʻlgan binolar va inshootlarda ushbu modda birinchi qismining 1-bandida belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda:
yongʻindan xavfsiz hudud (xavfsizlik zonasi) tashkil etilgan boʻlishi;
vertikal balandligi yer sathidan 50 metrdan oshmaydigan yongʻinga qarshi boʻlmalarga boʻlingan boʻlishi;
yengil alangalanuvchan moddalar qoʻllaniladigan maishiy xizmat koʻrsatish tashkilotlari joylashtirilmagan boʻlishi;
yongʻin avtomatikasi tizimlari (yongʻin signalizatsiyasi, yongʻin toʻgʻrisida xabar berish, ogohlantirish va evakuatsiyani boshqarish, tutunga qarshi shamollatish tizimlari hamda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va boshqa avtomatik yongʻinga qarshi himoya texnik uskunalari) signallarini yongʻin-qutqaruv deposining navbatchi-dispetcherlik xizmatlariga parallel ravishda uzatish imkoniyati mavjud boʻlishi;
elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha qoʻshimcha ravishda uchinchi manba sifatida zaxira elektr stansiyasi nazarda tutilgan boʻlishi.
Bozorlar, savdo komplekslari va savdo-koʻngilochar markazlari hamda ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan yopiq turdagi obyektlar ushbu Qonunning 131-moddasida belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi shart:
yongʻin avtomatikasi tizimlari (avtomatik yongʻin signalizatsiyasi, yongʻin toʻgʻrisida xabar berish, ogohlantirish va evakuatsiyani boshqarish, tutunga qarshi shamollatish tizimlari hamda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va boshqa avtomatik yongʻinga qarshi himoya texnik uskunalari) signallarini yongʻin-qutqaruv deposining navbatchi-dispetcherlik xizmatlariga parallel ravishda uzatish imkoniyati mavjud boʻlishi;
yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi barcha tizimlar elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha 1-toifaga (avtomatik ravishda almashiladigan ikkita bir-biridan mustaqil elektr energiyasi manbalaridan elektr energiyasi bilan taʼminlanishi) mansub boʻlishi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan yongʻin xavfsizligiga oid texnik talablar boʻyicha qoidalar, normalar va meʼyorlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, shaharsozlik normalari va qoidalarida hamda boshqa normativ hujjatlarda belgilanadi.
134-modda. Hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirishda yongʻin xavfsizligiga oid talablar
Aholi punktlari va sanoat korxonalari hududlarini rejalashtirish hamda qurishda binolar va inshootlar oʻrtasidagi yongʻinga qarshi oraliq masofalar binolar hamda inshootlarning funksional yongʻin xavfi boʻyicha sinflari, belgilangan olovga bardoshlilik darajasi, yongʻin va portlash-yonish xavfi boʻyicha toifalari inobatga olingan holda belgilanadi.
Aholi punktlarining va sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalashtirish yongʻin-qutqaruv texnikasi uchun oʻtish yoʻllari, ularning toʻsiqsiz erkin harakatlanish imkoniyati va yongʻinni oʻchirish ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan hududlar hamda joylar shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq ravishda nazarda tutilishi shart.
Yongʻin-qutqaruv deposining sanoat korxonalari hududlariga, shaharlarning va boshqa aholi punktlarining koʻchalariga hamda xoʻjalik avtomobil yoʻllariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish hamda xizmat koʻrsatish oraliq masofasi eng uzoqda joylashgan binogacha yoki inshootgacha umumiy foydalanishdagi yoʻllar orqali yetib borishning tegishli normativ masofasiga koʻra belgilanadi.
135-modda. Yongʻin auditi
Yongʻin auditi obyektlarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini yoki muvofiq emasligini mustaqil baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Yongʻin auditi Favqulodda vaziyatlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
Binolari va inshootlari yongʻin xavfsizligi talablariga toʻliq javob beradigan jismoniy va yuridik shaxslarga yongʻin auditi xulosasi beriladi.
Yongʻin auditi boʻyicha ijobiy xulosa olingan obyektlarda davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan bir yil muddat davomida tekshiruvlar (bundan tezkor tekshiruvlar mustasno) oʻtkazilmaydi.
Yongʻin auditini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(131 — 135-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
14-modda. Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish
Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari yongʻin xavfsizligini taʼminlashga, shu jumladan yongʻin xavfsizligi talablarini bajarishga doir harakatlardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikka, yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, shuningdek yongʻinlarga qarshi kurashish tajribasi, moddalar, materiallar, texnologik jarayonlar, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar, binolar va inshootlarning yongʻin xavfliligiga baho berish asosida ishlab chiqiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) mazkur moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarning yongʻin xavfliligi koʻrsatkichlarini, shuningdek ulardan foydalanishda qoʻllaniladigan yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini tegishli texnik hujjatlarda koʻrsatishi kerak.
Tashkilotlar, binolar, inshootlar va boshqa obyektlar uchun yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shu jumladan ular loyihalashtirilayotganda yongʻinlar chogʻida odamlarning evakuatsiya qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki saqlab qolinishini taʼminlovchi yechimlar nazarda tutilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi punktlari va boshqa hududlar uchun yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
(14-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
15-modda. Yongʻinlarni oʻchirish
Yongʻinlarni oʻchirish odamlarning hayotini asrab qolish hamda sogʻligʻini saqlash, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni asrash hamda yongʻinlarni bartaraf etish harakatlaridan iboratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari tomonidan yongʻinlarning oʻchirilishini tashkil etish tartibini Favqulodda vaziyatlar vazirligi belgilaydi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining yongʻindan saqlash xizmatining boshqa turlari, vakolatli organlar, avariya-taʼmirlash xizmatlari va oʻzga xizmatlar bilan yongʻinlarning oʻchirilishini tashkil etishni taʼminlashga doir hamkorligi kelishuvlar bilan tartibga solinadi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qilish tartibi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻinlarni oʻchirish uchun yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari har yili Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan namunaviy shaklga asosan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(15-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻinlar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining telefon tarmoqlarida “101” va “112” raqamlari oʻrnatiladi.
(15-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻin kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi xabarni olgach, Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yongʻin joyiga darhol joʻnab ketishi shart.
(15-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Zarur hollarda, yongʻinlarni oʻchirish chogʻida yongʻin kuchayishining (tarqalishining) hamda yongʻin bilan bogʻliq boʻlgan, odamlarga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, atrof tabiiy muhitga tahdid soluvchi xavfli omillarning oldini olish uchun:
yongʻinlar tarqalgan (tarqalish ehtimoli boʻlgan) va xavf keltirib chiqaradigan joylarga kirib borishga doir;
yongʻinlarning kuchayishiga (tarqalishiga) toʻsqinlik qiladigan va ularni bartaraf etishni taʼminlaydigan sharoitlarni yaratishga doir;
tashkilotlar va fuqarolarda mavjud boʻlgan aloqa, transport vositalaridan, asbob-uskunalardan, yongʻinni oʻchirish vositalari va olovni oʻchirish moddalaridan keyinchalik oʻrni belgilangan tartibda qoplanishi sharti bilan foydalanishga doir;
tegishli xizmatlarni jalb etgan holda jamoat tartibini taʼminlash, yongʻinlar oʻchirilayotgan joylarni qoʻriqlash (shu jumladan yongʻinlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablarini, sharoitlarini tekshirish chogʻida), yoʻl harakatini tartibga solish, evakuatsiya qilish va (yoki) yongʻin kelib chiqqan joyda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga doir harakatlar bajariladi.
Yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari yongʻinlarni oʻchirish, yongʻinlar va avariyalarning kelib chiqishi hamda kuchayishining (tarqalishining) oldini olish bilan bogʻliq zarur ishlarni amalga oshirishda yongʻinni oʻchirish maqsadi uchun tabiiy va sunʼiy suv manbalaridan suv bilan bepul taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, barcha korxonalar va tashkilotlar rahbarlari yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining jangovar shayligini oshirib borish maqsadida rejalashtirilgan yongʻin oʻchirish amaliy taktik mashgʻulotlarining oʻtkazilishiga toʻsqinlik qilishga haqli emas.
Yongʻin oʻchirish amaliy taktik mashgʻulotlarini oʻtkazish tartibi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan oʻninchi va oʻn birinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
16-modda. Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish
Yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish yongʻin joyiga yetib kelgan yongʻindan saqlash xizmatining katta tezkor mansabdor shaxsi (bundan buyon matnda yongʻinni oʻchirish rahbari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi, u yongʻinni oʻchirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yongʻindan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibini, shuningdek yongʻinni oʻchirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarni yakkaboshchilik prinsipi asosida boshqaradi.
Yongʻinni oʻchirish rahbari vazifalarning bajarilishi, yongʻinni oʻchirish harakatlarini bajarishda ishtirok etayotgan yongʻindan saqlash xizmati shaxsiy tarkibining hamda yongʻinni oʻchirishga jalb etilgan kuchlar va vositalarning xavfsizligi uchun javob beradi.
Yongʻinni oʻchirish rahbari yongʻinni oʻchirish harakatlari amalga oshirilayotgan hudud chegaralarini, mazkur harakatlarni bajarishning tartibini va oʻziga xos jihatlarini belgilaydi, shuningdek yongʻin chogʻida odamlarni, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish boʻyicha qarorlar qabul qiladi. Zarur hollarda, yongʻinni oʻchirish rahbari boshqa qarorlar, shu jumladan yongʻinni oʻchirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini cheklaydigan qarorlar qabul qilishga haqli.
Yongʻinni oʻchirish rahbarining koʻrsatmalari yongʻinni oʻchirish harakatlari amalga oshirilayotgan hududdagi barcha tashkilotlar va fuqarolarning ijro etishi uchun majburiydir.
Yongʻin oʻchirilayotganda yongʻinni oʻchirish rahbarining harakatlariga aralashishga yoki uning farmoyishlarini bekor qilishga hech kim haqli emas.
17-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasida ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar yongʻin xavfsizligi talablarini amalga oshirish, shuningdek yongʻinlar profilaktikasini taʼminlash va yongʻinlarni oʻchirish maqsadida bajariladi hamda koʻrsatiladi. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
yongʻin xavfsizligi sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish;
aholiga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish;
yongʻinga qarshi targʻibot ishlarini amalga oshirish;
ilmiy-texnik maslahatlar berish va ekspertizalar oʻtkazish;
tashkilotlarni, aholi punktlari va boshqa hududlarni yongʻinlardan muhofaza qilish;
yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish, sinovdan oʻtkazish, xarid qilish va yetkazib berish;
moddalar, materiallar, buyumlar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni yongʻin xavfsizligi jihatidan sinovdan oʻtkazish;
loyiha, tadqiqot ishlarini bajarish;
olovdan himoya qilish va pech-moʻrikon ishlarini bajarish;
yongʻinga qarshi himoya tizimlari va vositalarini montaj qilish, ularga texnik xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash;
yongʻinga qarshi aslaha-anjomlarni, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish, olovni oʻchirish moddalarining sifatini tiklash.
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlar va xizmatlar jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa ishlar va xizmatlar ham kiritilishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
18-modda. Yongʻinga qarshi targʻibot va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻinga qarshi targʻibot aniq maqsadni koʻzlagan holda jamiyatni ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyotlar va reklama mahsulotlarini nashr etish hamda tarqatish, muayyan mavzuga bagʻishlangan koʻrgazmalar, koʻriklar, konferensiyalar oʻtkazish va aholini xabardor qilishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllaridan foydalanish orqali yongʻin xavfsizligi muammolari va yongʻin xavfsizligini taʼminlash yoʻllari haqida xabardor qilishdir.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yongʻinga qarshi targʻibotni yongʻindan saqlash xizmati, shuningdek yongʻindan saqlash xizmati koʻmagida vakolatli organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolar oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkilotlarning xodimlariga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish ish beruvchilar (maʼmuriyat, mulkdorlar) tomonidan yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan maxsus dasturlar boʻyicha olib boriladi.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga va boshqa taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan shaxslarga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni majburiy tarzda oʻrgatish mazkur muassasalar tomonidan tegishli vakolatli organlar tasdiqlagan va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan maxsus dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida bolalarga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish, ularni kasbga yoʻnaltirish, yongʻinga qarshi targʻibot tizimini takomillashtirish hamda yongʻinlarning oldini olishga va yongʻin chogʻida toʻgʻri harakat qila bilishga qaratilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida qonunchilikka muvofiq yosh yongʻin oʻchiruvchilar drujinalari tashkil etilishi mumkin.
19-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasida axborot bilan taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Vakolatli organlar yongʻin xavfsizligi uchun noqulay sharoitlar toʻgʻrisida oʻz vakolatlari doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligini darhol va bepul asosda xabardor qilishi shart.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Faoliyati toʻliq yoki qisman Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ommaviy axborot vositalari yongʻin xavfsizligi masalalariga doir tezkor axborotni bepul asosda eʼlon qilishi shart.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yongʻin xavfsizligini taʼminlash yuzasidan qabul qilgan qarorlari haqida aholini xabardor qilishi shart.
20-modda. Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish yongʻinlarning sabablarini hamda kelib chiqish shart-sharoitlarini tahlil qilish, aholi turar joylarining va obyektlarning yongʻin xavfsizligi holatini baholash, yongʻinlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shuningdek yongʻinlarni oʻchirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Yongʻinlarni davlat tomonidan statistik hisobga olish yongʻinlarga oid vaziyatni baholovchi asosiy koʻrsatkichlarni tuzish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, idoraviy statistik hisobga olish esa tegishli vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yongʻin tufayli yetkazilgan mulkiy zarar, uning oʻrni qoplanganligidan yoki qoplanmaganligidan qatʼi nazar, toʻliq hisobga olinadi.
Barcha yongʻinlar va ularning oqibatlari haqidagi maʼlumotlar davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan “Yongʻinlarni hisobga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritib boriladi.
Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
201-modda. Yongʻindan saqlash xizmatlarining axborot tizimi
Yongʻindan saqlash xizmatlarining oʻzaro axborot almashinuvi va ularning faoliyatini taʼminlash boʻyicha elektron axborot tizimi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan yuritiladi.
Axborot tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
davlat yongʻin nazorati inspektorlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar jarayonida rasmiylashtirilgan hujjatlarni;
tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish muddatlarini;
oʻtkazilgan profilaktika tadbirlarini va ularning natijalarini;
idoraviy yongʻindan saqlash xizmati tashkil etilgan obyektlardagi yongʻindan saqlash xizmati shtat birliklarini va ularning jamlanganlik darajasini;
idoraviy yongʻindan saqlash xizmati tomonidan oʻtkazilgan yongʻin oʻchirish amaliy taktik mashgʻulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
idoraviy yongʻindan saqlash xizmati tashkil etilgan obyektlardagi yongʻin oʻchirish texnikasi, yongʻin oʻchirish jihozlari va ularning ishlash holati haqidagi maʼlumotlarni;
tashqi va ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, uning holatini hamda uni tekshirish natijalarini;
yongʻinga qarshi himoya tizimlari, shu jumladan birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari va jihozlari, ularning holati va tekshirish natijalari haqidagi maʼlumotlarni.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan tegishli maʼlumotlar idoraviy yongʻindan saqlash xizmatlari tomonidan muntazam ravishda axborot tizimiga kiritib borilishi shart.
(201-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
21-modda. Yongʻinga qarshi alohida rejim
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻin xavfi yuqori boʻlganda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori bilan tegishli hududlarda yongʻinga qarshi alohida rejim oʻrnatilishi mumkin.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Yongʻinga qarshi alohida rejimning amal qilishi davrida tegishli hududlarda yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan yongʻin xavfsizligiga oid qoʻshimcha talablar belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
211-modda. Yongʻin-qutqaruv garnizonlari
Maʼlum hududda joylashgan hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash, yongʻinlarni oʻchirishda aholiga yordam koʻrsatish vazifalarini bajaruvchi barcha turdagi yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining yagona boshqaruv tizimi yongʻin-qutqaruv garnizoni deb yuritiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida hududiy, shaharlar hamda tumanlarda esa mahalliy yongʻin-qutqaruv garnizonlari tashkil etiladi.
Mazkur yongʻin-qutqaruv garnizonlarining boshliqlari tegishincha Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmalarining, boshqarmalarining va boʻlimlarining boshliqlari hisoblanadi.
Yongʻindan saqlash xizmatining turidan qatʼi nazar, barcha yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari tegishincha hududiy va mahalliy yongʻin-qutqaruv garnizoni boshligʻining sodir boʻlgan yongʻinlarni bartaraf etish bilan bogʻliq koʻrsatmalarini bajarishi shart.
Hududiy va mahalliy yongʻin-qutqaruv garnizonining faoliyat yuritish tartibi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(211-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
22-modda. Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlash
Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlashni ilmiy- tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, loyiha tashkilotlari va boshqa ilmiy-texnik tashkilotlar, shuningdek tegishli taʼlim muassasalari amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi ilmiy-texnik ishlanmalarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, tashkilotlarning mablagʻlari, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻin xavfsizligini ilmiy-texnik jihatdan taʼminlashni muvofiqlashtirish Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Tashkilotlar yangi texnologiyalar va mahsulotlar yaratilishida yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida zarur ilmiy-texnik ishlanmalar amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish va uning muvofiqligini baholash
Yongʻin-texnik mahsuloti davlat buyurtmasi asosida, shuningdek tadbirkorlik faoliyati tartibida ishlab chiqariladi.
Yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizom.
Oʻzbekiston Respublikasida muomalaga chiqarilayotgan yongʻin-texnik mahsuloti texnik reglament va standart talablariga majburiy muvofiqligi jihatidan baholanishi kerak.
Texnik reglament va standart talablariga muvofiq emas deb topilgan yongʻin-texnik mahsulotini muomalaga chiqarish hamda undan foydalanish taqiqlanadi.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1099-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-mart)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan “Yongʻinni avtomatik tarzda oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini montaj qilish, sozlash, taʼmirlash hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish faoliyatining pasporti”.
Oldingi tahrirga qarang.
25-modda. Yongʻin xavfsizligi talablari mavjud boʻlgan mahsulotlar va xizmatlarning muvofiqligini baholash
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarning muvofiqligini baholash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Texnik reglament va standartlarda yongʻin xavfsizligi talablari mavjud boʻlgan mahsulotlar muvofiqligi jihatidan majburiy tartibda baholashdan oʻtkaziladi.
Yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha muvofiqlikni baholash akkreditatsiya sohasiga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik reglament va standartlar talablariga muvofiq emas deb topilgan yongʻin xavfsizligi talablari mavjud boʻlgan mahsulotlar va xizmatlarni muomalaga kiritish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi muvofiqligi majburiy baholanadigan mahsulotlar va xizmatlarning roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(25-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 536-son qarori bilan tasdiqlangan Yongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻin oʻchirish vositalariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament.
Oldingi tahrirga qarang.
251-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasida sugʻurta qilish
Bozorlarning, savdo komplekslarining va savdo-koʻngilochar markazlarining mulkdorlari uchinchi shaxslar hayoti va (yoki) sogʻligʻiga yongʻin yuzaga kelishi natijasida zarar yetkazganlik uchun oʻzining fuqarolik javobgarligini, shuningdek ushbu obyektlarni yongʻindan majburiy sugʻurta qilishi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan obyektlar oʻz mulkdorlarining ixtiyoriga koʻra sugʻurta qilinishi mumkin.
Bozorlarning, savdo komplekslarining va savdo-koʻngilochar markazlarining mulkdorlari tomonidan uchinchi shaxslar hayoti va (yoki) sogʻligʻiga yongʻin yuzaga kelishi natijasida zarar yetkazganlik uchun oʻzining fuqarolik javobgarligini, shuningdek ushbu obyektlarni yongʻindan majburiy sugʻurta qilish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(251-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
4-bob. Yongʻindan saqlash xizmati
26-modda. Yongʻindan saqlash xizmatining asosiy vazifalari
Yongʻindan saqlash xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
yongʻinlar profilaktikasini oʻtkazish va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
yongʻinlarni oʻchirish, yongʻin zonasida qolgan odamlarni hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish.
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻindan saqlash xizmati kuchlari va vositalarining yongʻinlar profilaktikasi hamda yongʻinlarni oʻchirish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarishga jalb qilinishiga, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yoʻl qoʻyilmaydi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Yongʻindan saqlash xizmatining turlari
Yongʻindan saqlash xizmati davlat, idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatlariga boʻlinadi.
28-modda. Davlat yongʻindan saqlash xizmati
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yongʻindan saqlash xizmati yongʻindan saqlash xizmatining asosiy turidir va u Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqaruv organlari va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari tumanlar, shaharlar va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 700-son “Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yongʻin nazorati organlarining inspektorlari va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining shtat birliklari hamda maxsus texnikasining soni muayyan hududdagi aholi sonidan va hududning ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 26-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuniga asosan 2020-yil 26-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
31-modda. Idoraviy yongʻindan saqlash xizmati
Idoraviy yongʻindan saqlash xizmati vakolatli organlarda va tashkilotlarda ularga qarashli obyektlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy yongʻindan saqlash xizmati boshqaruv organlari va boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etish, shuningdek shaxsiy tarkibning xizmatni oʻtash tartibi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(31-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
32-modda. Koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati
Koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati fuqarolar va jamoat birlashmalarining tashkilotlarda, aholi punktlari va boshqa hududlarda yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini taʼminlashda, yongʻinlarni oʻchirishda ishtirok etishining shaklidir.
Koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari drujinalar va (yoki) komandalar tarzida tashkil etiladi hamda tegishli maʼmuriy-hududiy birlikning yongʻin xavfsizligini taʼminlash tizimiga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aholi punktlarida koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatini tashkil etish va uning faoliyatini moliyalashtirish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
Koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
33-modda. Idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazish
Idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini hisobga olish roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
331-modda. Yongʻindan saqlash xizmati faoliyatining kafolatlari
Agar yongʻindan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibi va yongʻinni oʻchirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilarning yongʻinni oʻchirishga doir harakatlari odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilishining oldini olishga qaratilgan boʻlsa, ushbu harakatlar asosli tavakkalchilik doirasida amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
Yongʻindan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibi va yongʻinni oʻchirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilganligi sababli yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplashdan ozod qilinadi.
Yongʻindan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibi hamda yongʻinni oʻchirishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar yongʻinni tezkor bartaraf etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan obyektlarga toʻsqinliksiz kirish huquqiga ega.
Yongʻindan saqlash xizmati avtomobillarining haydovchilari tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarish, xususan yongʻin joyiga borish maqsadida koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchalar hamda maxsus tovushli ishora yoqilgan holda harakatlanish jarayonida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ular javobgarlikdan ozod etiladi.
Yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari shaxsiy tarkibining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xizmatchilariga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xizmatchilarining (xodimlarining) oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda bir martalik nafaqa toʻlanadi.
(331-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
5-bob. Yongʻin nazorati
34-modda. Davlat yongʻin nazorati
Davlat yongʻin nazorati vakolatli organlar, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yongʻin nazorati Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazorati organlari boʻlgan boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining obyektlarida, oʻrmon xoʻjaliklari hududlarida, kon qazilmalari va shaxta inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallardan foydalangan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda, havo, suv, temir yoʻl, avtomobil transportidan hamda elektr transportidan foydalanilayotganda davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish tartibi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli vakolatli organlar oʻrtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yongʻin nazorati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
(34-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va boshqa chet el vakolatxonalari egallab turgan obyektlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yongʻin nazorati ushbu muassasalar rasmiy vakilining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali qilgan yozma murojaati asosida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat yongʻin nazorati organlari va mansabdor shaxslarining roʻyxati, vazifalari, huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
341-modda. Yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan obyektlarda davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan quyidagi tartibda batafsil va nazorat tartibida tekshiruvlar oʻtkaziladi:
1-guruh obyektida bir yilda koʻpi bilan bir marta;
2-guruh obyektida ikki yilda koʻpi bilan bir marta;
3-guruh obyektida uch yilda koʻpi bilan bir marta;
4-guruh obyektida yongʻin xavfsizligi talablari buzilganligi toʻgʻrisida kelib tushgan murojaatlar va xabarlar asosida yoki zaruratga qarab;
tezkor tekshiruv — jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalaridan va boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar asosida.
Binolar va inshootlarning yongʻin ehtimoli darajasi boʻyicha guruhlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
342-modda. Yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etmagan obyektlar faoliyatini toʻxtatib turish
Obyektlarda yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, ularning faoliyati toʻxtatib turilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarning faoliyatini toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan ushbu faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari mustasno.
(341 va 342-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
35-modda. Idoraviy yongʻin nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy yongʻin nazorati idoraviy yongʻindan saqlash xizmati, shuningdek qonunchilikda vakolat berilgan mansabdor shaxslar tomonidan idoralarga qarashli tashkilotlarning yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishini tekshirish va tekshiruv natijalari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida amalga oshiriladigan nazoratdir.
Idoraviy yongʻin nazorati vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(35-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Idoralarga qarashli tashkilotlarda yongʻin xavfsizligi talablari yongʻin kelib chiqishiga va odamlarning xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda buzilganligi aniqlangan taqdirda, idoraviy yongʻindan saqlash xizmati alohida ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish uchastkasining, agregatning ishini, binodan, inshootdan, xonadan foydalanishni, ayrim turdagi ishlarni bajarishni toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
51-bob. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
351-modda. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida kelib chiqqan yongʻin oqibatida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni aybdor tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi kerak.
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi uchun davlat foydasiga undiriladigan moliyaviy sanksiyalardan va boshqa jarimalardan oldin qoplanadi.
352-modda. Odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun tovon toʻlash majburiyati
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida kelib chiqqan yongʻin oqibatida odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda, zarar yetkazuvchining zimmasiga zararning oʻrnini qoplashdan tashqari tovon toʻlash majburiyati sud tomonidan yuklatilishi mumkin.
Tovon:
jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda — bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravarigacha miqdorda;
jabrlanuvchi I guruh nogironi boʻlib qolgan taqdirda — bazaviy hisoblash miqdorining 1500 baravarigacha miqdorda;
jabrlanuvchining sogʻligiga boshqacha tarzda shikast yetkazilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravarigacha miqdorda tayinlanadi.
(51-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 2-noyabrdagi OʻRQ-1186-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son. Kuchga kirish sanasi — 2027-yil 5-fevral)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
36-modda. Yongʻindan saqlash xizmatining moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqaruv organlari hamda yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining, bundan tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan boʻlinmalar mustasno, moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan boshqaruv organlari va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari mazkur tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son — 2020-yil 26-martdan kuchga kiradi)
Idoraviy va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatining moliyaviy hamda moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek shaxsiy tarkibning ijtimoiy kafolatlari va kompensatsiyalarini moliyaviy taʼminlash ularning muassislari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
37-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(37-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38-modda. Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 84, 124, 211-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
39-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(39-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
40-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2009-yil 1-oktabrdagi 191-192 (4854-4855)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-sentabr,
OʻRQ-226-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 40-son, 432-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 28.11.2025-y., 03/25/1099/1104-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 21.04.2026-y., 03/26/1136/0393-son; 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son)