Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI, SUD ORGANLARI VA NOTARIAL IDORALAR XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TO‘LASHNING TARIF SETKASINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA” 1996-YIL 12-APRELDAGI 147-SON QARORIGA QO‘SHIMCHA KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etayotgan mutaxassislarning lavozim maoshlarini ular tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga muvofiqlashtirish hamda ijro ishini yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga quyidagi mazmundagi 24a-ilova qo‘shilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga
24a-ILOVA
Tuman (shahar) sud ijrochilari bo‘limlari xodimlarining Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari
Lavozimlar nomi‎ Razryad‎
Katta sud ijrochisi‎ 9‎
Sud ijrochisi‎ 8‎

”.‎

2. Ushbu qaror 2009-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-may,
149-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 22-son, 260-modda)