Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“GAROV TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni eʼlon qilingan kundan boshlab amalga kiritilsin.
“Garov toʻgʻrisida”gi Qonun.
2. “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni u amalga kiritilganidan keyin paydo boʻladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan qoʻllanilishi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq holga keltirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, basharti, ular ushbu Qonunga zid boʻlmasa, qoʻllanilaveradi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qonun eʼlon qilingan kundan boshlab uch oylik muddatda:
garov toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan shugʻullanish vakolati berilgan boshqaruv idorasini tuzsin;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga “Garov toʻgʻrisida”gi Qonundan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi muhokamasiga taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini ushbu Qonunga muvofiq holga keltirsin;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va boshqa idoralari “Garov toʻgʻrisida”gi Qonunga zid boʻlgan meʼyoriy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
737-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 18-modda)