Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN MAHSULOT TURLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Parallel ishlaydigan energotizimlarning Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinadigan elektr energiyasini sertifikatlashtirish tartibotining asosiy prinsiplarini roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxati 24-pozitsiyasining “Nomi” ustuniga “elektr energiyasi (import qilinadigan elektr energiyasidan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-dekabr,
282-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 521-modda)