Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 47-MODDASIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2008-yil 27-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda) 47-moddasi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Investor bilan davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mablagʻlar va boshqa mol-mulk investitsiya davri mobaynida qarzdorning ilgari yuzaga kelgan qarzini qoplash hisobiga majburiy tartibda undirib olinmaydi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2008-yil 10-apreldagi 71 (4481)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-aprel,
OʻRQ-148-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 14-15-son, 91-modda)