Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.10.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKADA SAVDO TUShUMI INKASSATSIYA qilishini va NAZORAT-KASSA MAShINALARIDAN FOYDALANIShni tubdan yaxshilash ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholidan naqd pul mablagʻlarini qabul qilishni va hisobga olishni yanada yaxshilash, soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻliq yigʻilishini hamda ularning budjetga tushushini taʼminlash, shuningdek, pul muomalasini mustahkamlash va banklarning pul tushumini inkassatsiya faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, naqd pul tushumiga ega boʻlgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini banklarga topshiradilar. Bunda, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga har kuni inkassatsiya xizmati orqali yoki mustaqil ravishda topshiradilar. Koʻrsatilgan hajmdan kam boʻlgan kunlik oʻrtacha naqd pul tushumiga ega boʻlgan yoki onlayn nazorat-kassa mashinalaridan (yoxud virtual kassadan) foydalanishga oʻtgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali oʻzlari belgilaydigan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-avgustdagi 254-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 32-son, 390-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tushumdan ajratiladigan naqd pul mablagʻlarini xarajat qilishning belgilangan cheklangan meʼyorlariga, kassa qoldigʻi limitlariga rioya qilinishi, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, kunlik tushumga ega boʻlgan tashkilotlar va korxonalar boʻyicha tovarlar hamda koʻrsatilgan xizmatlar uchun hisob-kitoblar ustidan nazoratni kuchaytirsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1053-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son)
aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom talablarining tegishli tashkilotlar tomonidan ogʻishmay bajarilishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlasinlar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 9-avgustdagi 254-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 32-son, 390-modda)
korxonalarda oʻrnatilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun tavsiya etiladigan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestriga kirmagan nazorat-kassa mashinalarining foydalanish muddati 1998-yil 31-dekabrda tugashi munosabati bilan ularni ushbu reyestrga kiritilgan nazorat-kassa mashinalari bilan toʻliq almashtirishning aniq tadbirlarini va jadvallarini ishlab chiqsinlar. 1999-yil 1-yanvardan boshlab nazorat-kassa mashinalarini oʻz vaqtida almashtirishni taʼminlamagan korxonalar faoliyatini belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻysinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
7. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yoʻlovchi tashuvchi yengil avtomobillarni, ularning kimga qarashliligidan qatʼi nazar, hisoblagichlar-taksometrlar bilan taʼminlash va ularni qoʻllash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va boshqa vazirliklar va idoralar oʻzlarining meʼyoriy hujjatlarini bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 11-dekabr,
548-son