Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Toʻqimachilik sohasining iqtisodiy nochor korxonalarini sotib olgan yoki ishonchli boshqaruvga qabul qilgan investorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Toʻqimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–330-sonli qarorining ijrosini taʼminlash, shuningdek, tanlov asosida investorlar tomonidan sotib olingan yoki boshqaruvga qabul qilingan iqtisodiy nochor toʻqimachilik korxonalarining faoliyat yuritishini taʼminlash uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Toʻqimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tanlab olish boʻyicha Hukumat komissiyasi qarorlari bilan sotib olingan mulk negizida yangitdan barpo etiladigan yoki ishonchli boshqaruvga topshirilgan toʻqimachilik korxonalariga quyidagilar:
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 11-yanvardagi PQ-1259-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 5-modda)
paxta tolasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Oʻzpaxtaeksport” AJ orqali xorijiy valyutaga xarid qilish mexanizmi;
(2-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 47-son, 537-modda)
 LexUZ sharhi
2-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5348-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi “Respublika toʻqimachilik tarmogʻiga investitsiyalar jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 38-sonli qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
3. “Toshkent Toʻytepa Tekstil” MChJning mulki tanlov natijasida “Srentex Industrues” (Hindiston) kompaniyasi oʻziga qarashli “Spenteks Toshkent Toʻytepa” MChJ tomonidan 81,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi summaga sotib olingani, oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirganida toʻlanadigan birinchi toʻlov miqdori 20,25 mln. AQSh dollariga teng boʻlishi, qolgan qismi keyingi toʻrt yil mobaynida toʻlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent shahri,
2006-yil 21-sentabr,
PQ-474-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 9-son, 532-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 5-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2016-y., 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda)