Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-avgustdagi OʻRQ-1162-son “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2022-yil 10-martdagi 4-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3363, 2022-yil 19-aprel) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2022-y., 10/22/3363/0322-son) bilan tasdiqlangan Temir yoʻl kesishmalaridan foydalanish
qoidalarining 1-bandi
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
avtomobil yoʻli — transport vositalarining belgilangan tezlikda, ogʻirlikda, oʻlchamlarda muttasil va xavfsiz harakatlanishi uchun moʻljallangan, ajratilgan mintaqa doirasidagi yer uchastkasi va uning ustidagi yoki ostidagi konstruktiv elementlarni (yoʻl toʻshamasini, yoʻl qoplamasini va boshqalarni), yoʻl obyektlarini, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻz ichiga oladigan transport infratuzilmasi obyekti;”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.