1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.06.00 Advokatlik faoliyati (litsenziyalash, tashkiliy huquqiy shakllari)]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni hamda “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PQ-263-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini yanada soddalashtirish, muddatlarini, talab qilinadigan hujjatlarini qisqartirish hamda raqamlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 18-bandida advokatlik guvohnomasini berish, yoʻqotilgan va yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga yangisini berish davlat xizmati muddatlari hamda talab qilinadigan hujjatlar sonini qisqartirish belgilanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PQ-263-son qarorining 2-bandi “v” kichik bandi beshinchi xatboshisida advokatlik guvohnomasini maxsus QR-kod qoʻyilgan holda berish tartibi joriy etilishi va bu orqali advokatning maqomi haqida maʼlumot olish imkoniyati yaratilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2023-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
advokatlik guvohnomasini olish uchun talabgor tomonidan “Yuridik yordam” elektron axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — adliya organi)ga murojaat qilish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
adliya organi tomonidan arizani ikki ish kuni ichida koʻrib chiqish va talabgorga advokatlik guvohnomasini berish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
talabgorga advokatlik guvohnomasi berilganligi toʻgʻrisida adliya organi tomonidan axborot tizimi orqali Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga xabarnoma yuborish;
advokatlik guvohnomasini berishni rad etish asoslari va tartibi;
advokatlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish asoslari va tartibi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyuldan boshlab mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq advokatlik guvohnomasini olish uchun axborot tizimi orqali murojaat qilish va advokatlik guvohnomasini maxsus QR-kod qoʻyilgan holda berish tartibi joriy etilishini taʼminlasin;
b) 2024-yil 1-yanvarga qadar:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.06.00 Advokatlik faoliyati (litsenziyalash, tashkiliy huquqiy shakllari)]
qogʻoz shaklidagi advokatlik faoliyati uchun litsenziyalarni “Litsenziya” elektron axborot tizimi orqali elektron shaklga;
advokatlik guvohnomalarini mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan namunadagi guvohnomaga toʻlov undirmasdan almashtirish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
4. Belgilansinki, ushbu qarorning ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2023-yil 1-iyuldan boshlab 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-iyun,
226-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-iyundagi 226-son qaroriga 1-ILOVA
Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.06.00 Advokatlik faoliyati (litsenziyalash, tashkiliy huquqiy shakllari)]
1. Mazkur Nizom advokatlik guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
advokatlik guvohnomasi — QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan advokatning maqomini tasdiqlovchi hujjat;
advokatlik tuzilmalari — advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hayʼati va yuridik maslahatxona;
advokatlar reyestri — advokat va uning maqomi hamda advokatlik tuzilmasi bilan bogʻliq maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan elektron maʼlumotlar bazasi;
talabgor — advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan, advokatlik guvohnomasini olish huquqiga ega boʻlgan shaxs.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.06.00 Advokatlik faoliyati (litsenziyalash, tashkiliy huquqiy shakllari)]
3. Advokatlik guvohnomasi talabgor faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan joy boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — adliya organi) tomonidan oʻn yil muddatga beriladi va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
4. Talabgor advokatlik tuzilmasiga qabul qilingandan soʻng advokatlik guvohnomasini olish uchun arizani “Yuridik yordam” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali elektron shaklda adliya organiga yuboradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
Ariza har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Bunda, arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni ariza adliya organiga kelib tushgan kun hisoblanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
5. Ariza roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli belgi avtomatik ravishda axborot tizimi orqali talabgorga yuboriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
Talabgor advokatlik guvohnomasini olish uchun taqdim qilgan arizasini koʻrib chiqish holatini axborot tizimi orqali onlayn kuzatib borishi mumkin.
6. Advokatlik guvohnomasini berish uchun toʻlov undirilmaydi, ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan hollar bundan mustasno.
7. Advokatlik guvohnomasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
2-bob. Advokatlik guvohnomasini olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.03 Elektron raqamli imzo;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
8. Talabgor oʻz elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda advokatlik guvohnomasini olish uchun axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtadi hamda elektron shaklda ariza toʻldiradi.
Arizada quyidagilar aks ettiriladi:
talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi;
advokatlik tuzilmasining nomi va joylashgan manzili;
telefon raqami.
Talabgordan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlar va boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
9. Talabgorga advokatlik guvohnomasini berishda adliya organi quyidagi hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik yordamida mustaqil oladi:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.06.00 Advokatlik faoliyati (litsenziyalash, tashkiliy huquqiy shakllari)]
talabgor faoliyatini boshlagan advokatlik tuzilmasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma;
talabgorning advokat qasamyodini qabul qilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.06.00 Advokatlik faoliyati (litsenziyalash, tashkiliy huquqiy shakllari)]
talabgorning advokatlik tuzilmasiga qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
talabgorning 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Talabgorning advokatlik faoliyati uchun litsenziya olganligi axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.
Talabgor oʻz xohishiga koʻra, 3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosuratini adliya organiga elektron shaklda taqdim qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
10. Ariza axborot tizimiga kiritilgan kundan eʼtiboran ikki ish kuni ichida talabgorga advokatlik guvohnomasi beriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Advokatlik guvohnomasi tayyor boʻlishi bilan talabgorga axborot tizimi orqali real vaqt rejimida xabarnoma yuboriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
11. Talabgorga advokatlik guvohnomasini berish adliya organi rahbari tomonidan axborot tizimi orqali tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Talabgorning advokatlik guvohnomasini olganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga axborot tizimi orqali avtomatik tarzda xabarnoma yuboriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
12. Talabgorga advokatlik guvohnomasi berilganligi haqida adliya organi tomonidan advokatlar reyestriga axborot tizimi orqali maʼlumot kiritiladi va undagi maʼlumotlar barcha uchun ochiq hisoblanadi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
13. Talabgor yangi advokatlik tuzilmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda murojaat qilganda, advokatlik tuzilmasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng ikki ish kuni ichida talabgorga advokatlik guvohnomasi beriladi. Bunda, talabgorning advokatlik guvohnomasini olish uchun alohida murojaat qilishi talab etilmaydi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
14. Talabgorga advokatlik guvohnomasini berish quyidagi hollarda rad etiladi:
talabgor advokatlik tuzilmasini tashkil etmagan yoki mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga qabul qilinmagan boʻlsa;
talabgor advokat qasamyodini qabul qilmagan boʻlsa.
Boshqa asoslarga koʻra advokatlik guvohnomasini berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
15. Advokatlik guvohnomasini berish rad etilganligi haqida talabgorga axborot tizimi orqali real vaqt rejimida xabarnoma yuboriladi.
Talabgor advokatlik guvohnomasini berish rad etilganligi, shuningdek adliya organi mansabdor shaxsining xatti-harakatlari ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
16. Advokatlik guvohnomasi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namuna va tavsif boʻyicha tayyorlanadi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.06.00 Advokatlik faoliyati (litsenziyalash, tashkiliy huquqiy shakllari)]
17. Talabgorning xohishiga koʻra, advokatlik guvohnomasi talabgor faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining manziliga yuborilishi yoki talabgor tomonidan shaxsan olib ketilishi mumkin.
Advokatlik guvohnomasi talabgorning xohishiga koʻra, u faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining manziliga yuborilganda pochta xarajatlari talabgor tomonidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
18. Advokatlik guvohnomasi axborot tizimi tomonidan avtomatik tarzda raqamlanadi va kompyuter texnikasi yordamida toʻldiriladi.
19. Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kod (matrik shtrixli kod)ni skanerlash imkoni boʻlmaydigan darajada yaroqsiz holga kelganda haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Advokatlik guvohnomasi undagi maxsus QR-kod (matrik shtrixli kod) tasvirini yaroqsiz holatga kelishining oldini olish imkoni beradigan texnologiyada tayyorlanishi taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.06.00 Advokatlik faoliyati (litsenziyalash, tashkiliy huquqiy shakllari)]
20. Advokatlik guvohnomasidagi maxsus QR-kod (matrik shtrixli kod)ni skanerlash orqali advokatlik guvohnomasi kim tomonidan berilganligi, advokat maqomi, advokat faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, advokatning ixtisosligi, litsenziya raqami va berilgan sanasi aniqlanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
21. Advokat bir advokatlik tuzilmasidan boshqasiga qabul qilingan boʻlsa, bir ish kuni ichida bu haqida advokatlik guvohnomasi bergan adliya organiga axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Adliya organi ushbu xabarnomani olgandan keyin bir ish kuni ichida axborot tizimiga advokatning ish joyi oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotni kiritadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
22. Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuni 131, 15 va 16-moddalariga asosan advokat maqomi toʻxtatib turilganda yoki tugatilganda advokatlik guvohnomasidan foydalanish taqiqlanadi. Advokat maqomi toʻxtatib turilganda yoki tugatilganda, bu haqda guvohnoma bergan adliya organi tomonidan axborot tizimiga real vaqt rejimida maʼlumot kiritiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Advokat maqomi tugatilganda guvohnoma bergan adliya organi tomonidan advokatlik guvohnomasini qaytarish haqida advokat maqomi tugatilgan shaxsga axborot tizimi orqali real vaqt rejimida talabnoma yuboriladi. Advokatlik guvohnomasi mazkur talabnoma yuborilgan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida qaytarilishi kerak. Qaytarilgan advokatlik guvohnomasi adliya organi tomonidan yoʻq qilinadi.
3-bob. Advokatlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.07.00 Advokatlik faoliyatiga oid boshqa masalalar]
23. Advokatlik guvohnomasi quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
advokatning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganda, uning litsenziyasi qayta rasmiylashtirilgandan soʻng;
advokat boshqa adliya organi joylashgan hududda roʻyxatdan oʻtgan advokatlik tuzilmasiga kirganda;
advokatlik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda;
advokatlik guvohnomasi yoʻqotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganda.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Advokat advokatlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish uchun asoslar yuzaga kelgan kundan boshlab besh ish kuni ichida adliya organiga advokatlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish uchun asos boʻlgan tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda axborot tizimi orqali murojaat qilishi lozim.
24. Advokatlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorda yigʻim undiriladi (advokatlik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda qayta rasmiylashtirish hollari bundan mustasno) va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — adliya organining hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
25. Advokat tomonidan advokatlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish uchun belgilangan toʻlov amalga oshirilmasa, guvohnomani qayta rasmiylashtirish rad etiladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
26. Advokatlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda axborot tizimiga kiritilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida advokatlik guvohnomasi qayta rasmiylashtirib beriladi.
27. Advokatga yangi advokatlik guvohnomasi berilgan kundan eʼtiboran ilgari amalda boʻlgan guvohnomaning amal qilishi tugatiladi.
Advokatlik guvohnomasi qayta rasmiylashtirilganda eski advokatlik guvohnomasi adliya organiga qaytariladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
28. Advokatga yangi advokatlik guvohnomasi rasmiylashtirilganligi haqidagi maʼlumotlar adliya organi tomonidan real vaqt rejimida axborot tizimida qayd etiladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 PROKURATURA. ADVOKATURA. NOTARIAT. YURIDIK XIZMAT. ADLIYA ORGANLARI / 18.02.00.00 Advokatlik faoliyati / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
29. Amal qilishi tugagan guvohnomalar, shuningdek, advokatlik maqomi tugatilganligi munosabati bilan adliya organi tomonidan olingan advokatlik guvohnomalari adliya organi tomonidan yoʻq qilinadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Advokat advokatlik guvohnomasi saqlanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Advokatlik guvohnomasini boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
31. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Advokatlik guvohnomasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Advokatlik guvohnomasini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Talabgor
Advokatlik guvohnomasini olish uchun “Yuridik yordam” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga ariza yuboradi.
Belgilangan muddatlarda
2-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari
1. Ariza va unga ilovalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablariga muvofiqligini oʻrganadi.
2. Talabgorga guvohnoma rasmiylashtiradi yoki guvohnoma berishni rad etadi.
1-2. Ikki ish kuni ichida
3. Guvohnoma tayyor boʻlganligi (guvohnoma berish rad etilganligi) haqida talabgorga axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi.
3. Real vaqt rejimida
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari
1. Guvohnomani talabgorga shaxsan beradi yoki tegishli advokatlik tuzilmasiga pochta orqali yuboradi.
1. Guvohnoma rasmiylashtirilgan kunda
2. Talabgor guvohnomani olganligi haqida Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga axborot tizimi orqali xabarnoma yuboradi.
2. Real vaqt rejimida
Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Advokatlik guvohnomasining
shakli
(old tomoni)
(orqa tomoni)
Advokatlik guvohnomasining tavsifi
Advokatlik guvohnomasi 54x86 mm oʻlchamda plastikdan tayyorlanadi. Advokatlik guvohnomasining rangi — och binafsha, och pushti va sariq. Lotin yozuvidagi davlat tili va ingliz tillaridan foydalaniladi.
Advokatlik guvohnomasining plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri shaklidagi gologramma, u nishablikning turlicha burchagida oʻz shaklini oʻzgartiradi;
doira shaklidagi koʻp burchakli egilganda bir rangdan boshqa rangga tovlanadigan optik turlanadigan boʻyoq;
gilosh, doimiy ravishda qiyshayib turadigan 40 — 70 mkm qalinlikdagi toʻlqinli chiziqlarning qalin tarmogʻi shaklidagi naqsh.
Guvohnomaning old tomonida “Advokatlik guvohnomasi”, “Attorney identity card” soʻzlari yoziladi; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi hamda gerbining tasviri tushirilgan, advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi majburiy tartibda koʻrsatiladi, advokatlik faoliyati uchun litsenziya raqami va advokatni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi QR-kod (matrik shtrixli kod) joylashtiriladi, fotosurat uchun joy nazarda tutilgan.
Advokatlik guvohnomasining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi tasviri tushiriladi, guvohnomaning berilgan sanasi, amal qilish muddati, guvohnoma raqami va berilgan joyi koʻrsatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-iyundagi 226-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2023-yil 1-iyuldan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 24-sentabrdagi 807-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 5-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 715-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 09/23/226/0310-son)