1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.07.00 Keksa yoshdagi shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish / 14.01.07.03 Pullik tibbiy xizmat koʻrsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor A. INAKOV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-mart,
52-ICH-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vaziri B. MUSAYEV
2022-yil 30-mart
Moliya vaziri T. ISHMETOV
2022-yil 28-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 31-martdagi 52-ICH-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tizimidagi “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlarida, Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida (bundan buyon matnda tibbiy-ijtimoiy muassasa deb yuritiladi) pullik xizmat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
mijoz — tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pullik xizmatlardan oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanuvchi jismoniy shaxs.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
2. Mijoz tibbiy-ijtimoiy muassasalarga bepul tibbiy-ijtimoiy xizmat olish huquqini beruvchi tegishli hujjatsiz (masalan, order, yoʻllanma) bevosita murojaat qilishi hamda pullik xizmatlardan shartnoma asosida haq evaziga foydalanishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
3. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda tashkil etiladigan pullik xizmatlar Davlat budjetidan moliyalashtirilishi belgilangan bepul xizmatlarning sifatiga va hajmiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan pullik xizmatlardan foydalanish xohishini bildirgan mijozlarda tibbiy-ijtimoiy muassasalarga qabul qilishga qarshi koʻrsatmalar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi.
2-bob. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlarni tashkil etish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
5. Tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan mijozlarga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar mazkur Nizomga 1-ilovadagi roʻyxatga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomga 1-ilovada nazarda tutilmagan pullik xizmatlar tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan koʻrsatilishi taqiqlanadi.
6. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlarning preyskurant narxlari hamda ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Agentlik bilan kelishilgan holda tibbiy-ijtimoiy muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
7. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda keyingi yil uchun koʻrsatiladigan pullik xizmatlarning preyskurant narxlari tibbiy-ijtimoiy muassasa rahbari tomonidan har yili 25-dekabrga qadar tasdiqlanadi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
8. Mijozlarga pullik xizmatlarni koʻrsatishda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda quyidagilar mavjud boʻlishi shart:
mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan shaklda tibbiy-ijtimoiy muassasaning qabulxonasida (bundan buyon matnda qabulxona deb yuritiladi) joylashtirilgan mijozga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar haqida maʼlumot beruvchi axborot burchagi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan pullik xizmatlarning preyskurant narxlari;
mijozlarga mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan pullik xizmatlarni koʻrsatish uchun davolash va muolaja xonalari;
pullik xizmat koʻrsatadigan shifokorlar (mutaxassislar) haqida maʼlumotlar (uning F.I.Sh., mutaxassisligi, ish staji, malaka toifasi, uning sohada erishgan yutuqlari) taqdim etuvchi axborot burchagi.
3-bob. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarga mijozlarni qabul qilish va pullik xizmat koʻrsatish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
9. Tibbiy-ijtimoiy muassasaga pullik xizmatdan foydalanish uchun murojaat qilgan shaxs qabulxonadagi masʼul xodim tomonidan qabul qilinadi hamda tibbiy-ijtimoiy muassasada koʻrsatiladigan pullik xizmatlar toʻgʻrisida tushuntirish beriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Bunda, shaxs tibbiy-ijtimoiy muassasada koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan foydalanish xohishini bildirgan taqdirda qabulxona masʼul xodimi tomonidan unga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi) asosida ambulator karta ochiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang)]
Shuningdek, qabulxona masʼul xodimi tomonidan pullik xizmatlardan foydalanish xohishini bildirgan shaxsga ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan preyskurant boʻyicha shifokorning (mutaxassisning) koʻrigi hamda dastlabki tibbiy tekshiruvlar uchun haq toʻlash zarurligi tushuntiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.08.00 Narxlar va ularning shakllanishi (shuningdek, 09.14.02.02, 09.17.03.00larga qarang);
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
10. Mijoz preyskurant boʻyicha haq toʻlaganidan soʻng qabulxonadagi masʼul xodim tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatilishi, shu jumladan maslahat olish uchun shifokorga (mutaxassisga) yuboriladi.
Bunda, qabulxona masʼul xodimi tomonidan maslahat beruvchi shifokorga (mutaxassisga) ambulator kartani taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida mijozga tushuntirilishi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
11. Shifokor (mutaxassis) mijozga maslahat berish vaqtida uni dastlabki tibbiy tekshiruvdan oʻtishga yuboradi. Bunda, dastlabki tibbiy tekshiruv natijalari boʻyicha mijozga asosli tashxis qoʻyish imkoni boʻlmaganda shifokor (mutaxassis) tomonidan unga nisbatan qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlar belgilanishi mumkin.
Tekshiruv natijalariga koʻra, shifokor (mutaxassis) tomonidan mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatilishi belgilanadi.
Mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatilishi belgilangandan soʻng shifokor (mutaxassis) mijozning ambulator kartasini qabulxonadagi masʼul xodimga topshiradi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
12. Mijozga statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar davolash va muolaja xonalarida koʻrsatiladi.
13. “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida shartnoma asosida pullik tibbiy-ijtimoiy xizmatning kunduzgi qatnov hamda internat tizimi tashkil etilishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
14. Pullik xizmat tibbiy-ijtimoiy muassasa hamda mijoz oʻrtasida rasmiylashtiriladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tomonlar oʻrtasida rasmiylashtiriladigan shartnomada tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning har bir yoʻnalishi boʻyicha asosiy qoidalar, tibbiy-ijtimoiy muassasaning vazifalari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi, shu jumladan toʻlov shartlari alohida koʻrsatiladi.
Pullik xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma ikki nusxada tuziladi hamda mijoz, uning homiysi (u mavjud boʻlganda) va tibbiy-ijtimoiy muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Shartnomaning bir nusxasi mijozga yoki uning homiysiga (u mavjud boʻlganda) beriladi, ikkinchi nusxasi tibbiy-ijtimoiy muassasaning hujjatlar yigʻma jildlarida saqlash uchun qoldiriladi.
15. Koʻrsatilgan pullik xizmat natijasida mijozning sogʻligʻida salbiy oqibatlar yuzaga kelganda, unga yetkazilgan zarar tibbiy-ijtimoiy muassasaning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda, mazkur yetkazilgan zarar tibbiy-ijtimoiy muassasa tomonidan notoʻgʻri xatti-harakat sodir etgan shifokordan (mutaxassisdan) qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olinishi mumkin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
16. Mijoz tibbiy-ijtimoiy muassasadan chiqish vaqtida koʻrsatilgan pullik xizmatlar yuzasidan bajarilgan ishlar dalolatnomasi tuziladi va dalolatnomaga asosan yakuniy hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi.
Bunda, mijoz tomonidan toʻlanmasdan qolgan mablagʻlar toʻliq qoplanishi yoki ortiqcha toʻlangan mablagʻning qaytarilishi oʻzaro hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
17. Pullik xizmatlar yuzasidan mijozlar bilan tuziladigan shartnomalarni va yakuniy hisob-kitob dalolatnomalarini rasmiylashtirish tibbiy-ijtimoiy muassasaning buxgalteriya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
18. Mijoz yoki uning homiysi mijoz uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tibbiy-ijtimoiy xizmat hajmi uchun toʻlovni rad etgan taqdirda, qiymati toʻlangan pullik xizmatlarni mijoz toʻliq hajmda olgandan keyin tegishli davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilishi tushuntirilgan holda tibbiy-ijtimoiy muassasadan chiqariladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq pullik xizmatlardan jami tushgan mablagʻlarning 2 foizi Agentlikning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Bunda, pullik xizmatlardan tushgan jami mablagʻlarning 2 foizi Agentlikning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga yoʻnaltirilishi har oy uchun keyingi oyning 5-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
21. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan mijozlarga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar turlari
1-bob. “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari, Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida koʻrsatiladigan pullik tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
1. Mutaxassis koʻrigi;
2. Yotoq oʻrin bilan taʼminlash;
3. Oziq-ovqat bilan taʼminlash;
4. Klinik tahlillar;
5. Bioximik tahlillar;
6. Funksional tashxislash;
7. Fizioterapevtik muolajalar;
8. Uqalash;
9. Davolash badantarbiyasi;
10. Dori yuborish (mushak orasiga, qon tomir ichiga, boʻgʻim ichiga);
2-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlarida koʻrsatiladigan pullik tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
1. Mutaxassis koʻrigi;
2. Yotoq oʻrin bilan taʼminlash;
3. Oziq-ovqat bilan taʼminlash;
4. Klinik tahlillar;
5. Bioximik tahlillar;
6. Funksional tashxislash;
7. Nur tashxislash;
8. Fizioterapevtik muolajalar;
9. Uqalash;
10. Davolash badantarbiyasi;
11. Jarrohlik amaliyotlari;
12. Ogʻriqsizlantirish;
13. Gips bogʻlami oʻrnatish;
14. Jarohatdagi bogʻlamni almashtirish;
15. Dori yuborish (mushak orasiga, qon tomir ichiga, boʻgʻim ichiga);
16. Dori vositalari;
17. Tibbiy buyumlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA