1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
buyrugʻi
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3355]
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.15.00 Chet el fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishi, ketishi va boʻlishi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
1. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-mart,
7-son
Sogʻliqni saqlash vazirining 2022-yil 25-martdagi 7-son buyrugʻiga ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
Ushbu Nizom boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolariga (bundan buyon matnda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar deb yuritiladi) davlat sogʻliqni saqlash muassasalari (bundan buyon matnda davolash muassasasi deb yuritiladi) tomonidan malakali tibbiy yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
chet el fuqarosi — Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega boʻlmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va oʻzining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʻlgan shaxs;
fuqaroligi boʻlmagan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan va oʻzining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega boʻlmagan shaxs;
shoshilinch tibbiy yordam — kasalliklarga chalinganda, baxtsiz hodisalar yuz berganda, jarohat olganda, zaharlanganda va tez tibbiy aralashuv har qanday sharoitda koʻrsatilishini talab qiladigan boshqa holatlarda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi. Shoshilinch tibbiy yordam kechiktirib boʻlmaydigan va tez tibbiy yordamni oʻz ichiga oladi;
kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam — bemor hayotiga xavf soladigan aniq belgilari boʻlmagan toʻsatdan kuchli kasalliklarda, holatlarda va surunkali kasalliklar kuchayganda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi;
tez tibbiy yordam — bemor hayotiga xavf soladigan toʻsatdan kuchli kasalliklarda, holatlarda va surunkali kasalliklar kuchayganda shoshilinch koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi;
rejali tibbiy yordam — profilaktika tadbirlari oʻtkazishda, bemor hayotiga xavf solmaydigan, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam talab qilmaydigan kasalliklar va holatlarda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi. Bunday yordamning muayyan vaqt kech koʻrsatilishi bemor hayotining yomonlashishiga, hayoti va sogʻligʻi xavf ostida qolishiga sabab boʻlmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
2. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning sogʻliqni saqlashga boʻlgan huquqi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kafolatlanadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatishning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va ushbu Nizomda nazarda tutilganidan boshqacha tartibi belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qoʻllaniladi.
2-bob. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
3. Tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
bepul shoshilinch, kechiktirib boʻlmaydigan va tez tibbiy yordam olish;
pulli asosda rejali tibbiy yordam olish;
shifokorni va davolash muassasasini tanlash;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan oʻtish, davolanish va parvarish qilinish;
mavjud usullar va dori-vositalari yordamida tibbiy yordam olish;
tibbiy yordam soʻrab murojaat qilganligi, sogʻligʻining holati, qoʻyilgan tashxis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda uni tekshirish va davolash chogʻida olingan boshqa maʼlumotlar sir saqlanishini talab qilish;
tibbiy aralashuvga oʻz ixtiyori bilan rozilik berish yoki uni rad etish;
oʻz huquq va majburiyatlari xususida hamda sogʻligʻining holati haqida maʼlumot olish, shuningdek sogʻligʻining holatiga doir maʼlumotlarni uning manfaatini koʻzlagan holda taqdim etish mumkin boʻlgan shaxslarni tanlash;
ixtiyoriy tibbiy sugʻurta doirasida tibbiy xizmatlardan foydalanish;
tibbiy yordam koʻrsatish vaqtida sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda koʻrilgan zararning oʻrnini qonunda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi.
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi uchun huzuriga advokat yoki boshqa qonuniy vakil chaqirtirish;
tibbiy tekshiruv natijalari, kasallikning mavjudligi va uning tashxisi, tibbiy yordam koʻrsatish usullari, ular bilan bogʻliq xavf, tibbiy aralashuvning mumkin boʻlgan turlari va ularning oqibatlari haqida maʼlumot olish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.08.00.00 Maʼmuriy sud ish yurituvi]
tibbiy yordam olishga boʻlgan huquqlari buzilgan taqdirda, bevosita yoki qonuniy vakili orqali davolash muassasasining rahbari yoki boshqa mansabdor shaxsiga nisbatan yuqori boshqaruv organiga yoki sudga shikoyat qilish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
4. Tibbiy yordam soʻrab murojaat qilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar quyidagilarga majbur:
tibbiyot xodimlariga oʻzlarida jamoat salomatligi uchun xavf tugʻdiradigan kasalliklar, odamning immunitet tanqisligi virusi mavjudligi toʻgʻrisida xabar berish, shuningdek boshqa odamlar bilan aloqada boʻlganda ehtiyot choralarini koʻrish;
tibbiyot xodimlarini ularda oldin aniqlangan dori vositalarini qabul qilishga allergik reaksiyalar va boshqa nojoʻya taʼsirlar mavjudligi haqida xabardor qilish;
davolovchi shifokor tomonidan belgilangan davolash tadbirlariga rioya qilish.
3-bob. Bepul va pulli asosda tibbiy yordam koʻrsatish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
5. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga shoshilinch tibbiy yordam, kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam va tez tibbiy yordam bepul koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
6. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga rejali tibbiy yordam Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda davolash muassasasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar asosida amalga oshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam]
7. Tibbiy xizmatlarga haq toʻlash chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan milliy valyuta — soʻmda amalga oshiriladi.
4-bob. Tibbiy yordam koʻrsatish tartibi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish]
8. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs shifokor koʻrigidan oʻtish uchun davolash muassasasining maslahat poliklinikasiga murojaat qiladi.
Bunda, agar zarurat boʻlsa, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud uning xohishiga koʻra davolash muassasasi tomonidan tarjimon jalb etilishi mumkin.
Tarjimonning xizmatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sugʻurta]
9. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs davolash muassasasiga tibbiy yordam soʻrab murojaat qilganda, davolash muassasasi tomonidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi, milliy pasporti yoki chet davlat fuqaroligiga mansubligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar), shuningdek ixtiyoriy tibbiy sugʻurta polisi maʼlumotlari (mavjud boʻlsa) koʻzdan kechiriladi hamda ular haqidagi maʼlumotlar tibbiy hujjatlarda (ambulator karta, kasallik tarixi va undan koʻchirma) yozma yoki elektron shaklda qayd etiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
10. Tibbiy yordam koʻrsatishdan oldin chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsdan, shuningdek agar chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, uning qonuniy vakilidan tibbiy aralashuvga yozma ravishda rozilik olinadi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
11. Tibbiy aralashuvga rozilik chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs yoxud uning qonuniy vakilining (chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa) imzosi, shuningdek bemorning ixtiyoriy roziligini olgan shifokor imzosi bilan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
12. Tibbiy yordam koʻrsatishda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tibbiy yordam koʻrsatilishidan bosh tortgan taqdirda, bu haqda kasallik tarixida qayd etiladi.
Bunda, shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlgan hollarda tibbiyot xodimi tomonidan unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
14. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida (oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va markaziy tuman (shahar) koʻp tarmoqli poliklinikalari) yuqumli kasalliklarga qarshi ixtiyoriy ravishda bepul profilaktik emlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
15. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning tibbiy hujjatlari (ambulator karta, kasallik tarixi va undan koʻchirma) davlat tilida toʻldiriladi.
Bunda, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning iltimosiga koʻra, tibbiy hujjatlar mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq jalb etilgan tarjimon tomonidan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs koʻrsatgan tilga tarjima qilinishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
16. Tarjima qilingan tibbiy hujjatlar (ambulator karta, kasallik tarixi va undan koʻchirma) davolash muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi va chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga (yoki qonuniy vakiliga) topshiriladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.01 Umumiy masalalar]
17. Davolash muassasasining mansabdor shaxslari chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatishda ularning sogʻliqni saqlashga boʻlgan huquqlarini buzganlik yoki sogʻligʻiga zarar yetkazganlik uchun javobgar hisoblanadi.
5-bob. Yakuniy qoida
18. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2022-y., 10/22/3355/0248-son; 21.06.2023-y., 10/23/3355-1/0409-son)