12.10.2026 yildagi 2621-V-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining 2026-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2026-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, Qoʻmita tomonidan taʼlim, ilm-fan, madaniyat, sport, turizm va yoshlar siyosati sohalarida qonunchilik bazasini takomillashtirish, parlament nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanish, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni kengaytirish va fuqarolarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalarni hal etish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita oʻtgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, parlament faoliyatini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qonunlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrda Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida ilgari surilgan gʻoyalar, tashabbuslar va takliflar asosida amalga oshirishga, «Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi, davlat dasturlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2026-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda Qoʻmitaning 2026-yilga moʻljallangan ish rejasi ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davrida Qoʻmita qonun ijodkorligi yoʻnalishida 6 ta qonun loyihasiga masʼul boʻlgan. Mazkur qonun loyihalarining barchasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilgan. Qoʻmita masʼul boʻlgan qonun loyihalarini koʻrib chiqish va maromiga yetkazish maqsadida ishchi guruhlar tomonidan 20 marotaba yigʻilish oʻtkazilgan, muhokamalarga deputatlar, mutasaddi davlat organlarining vakillari, ekspertlar hamda jamoatchilik vakillari jalb etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita masʼulligida qabul qilingan qonunlar madaniy meros sohasidagi vakolatli davlat organlari vakolatlarining aniq belgilanishi, «El-yurt umidi» jamgʻarmasi faoliyati bilan bogʻliq huquqiy mexanizmlar takomillashtirilishi, davlat fuqarolik xizmatchilarining xorijda taʼlim olishi uchun qoʻshimcha kafolatlar yaratilishi, qonunchilikdagi ayrim tushunchalar va atamalarning birxillashtirilishi, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosining takomillashtirilishi hamda fuqarolarni yashash joyi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi soddalashtirilishi bilan ahamiyatlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat-tahlil faoliyati doirasida davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish yuzasidan Qoʻmita tomonidan 15 ta tadbir tashkil etilgan. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, mazkur vazirlik huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi, Madaniyat vazirligi, Sport vazirligi hamda Turizm qoʻmitasi rahbariyatining budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlardan foydalanish, rivojlantirish dasturlari maqsadli indikatorlarining, BMT barqaror rivojlanish maqsadlarining bajarilishi, samaradorlik koʻrsatkichlarining (KPI) ijrosi, korrupsiyaning oldini olish, dual taʼlimni rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti eshitilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek Qoʻmita va siyosiy partiyalar fraksiyalari tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida tashkil etilgan «hukumat soati» tadbirlarida madaniyat muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, maktablarda taʼlim sifatini va inklyuziv taʼlim muhitini yaxshilash, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash hamda taʼlim jarayonlarini mehnat bozori ehtiyojlari bilan uygʻunlashtirish masalalari yuzasidan tegishli vazirlarning axboroti eshitilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari Qoʻmita tashabbusi bilan maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga «Taʼlim tashkilotlarida yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan Milliy tarbiya modelini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida», madaniyat vaziriga esa «Bolalar musiqa, sanʼat va ixtisoslashtirilgan maktablaridagi taʼlim sifatini oshirish, ularning zarur jihozlar bilan taʼminlanish holati toʻgʻrisida» parlament soʻrovlari yuborilgan hamda ularga berilgan javoblar Qoʻmita majlislarida koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga saylovchilarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan Qoʻmita aʼzolari tomonidan mansabdor shaxslarga jami 9 ta deputat soʻrovi yuborilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davrida Qoʻmita tomonidan 27 ta majlis oʻtkazilib, ularda 32 ta masala koʻrib chiqilgan. Bundan tashqari Qoʻmita tashabbusi bilan 1 marotaba Jamoatchilik kengashi yigʻilishi, 7 ta davra suhbati, 5 ta seminar, 2 ta parlament konferensiyasi, 1 ta matbuot anjumani tashkil etilgan. Shuningdek Qoʻmita «Parlamentda yoshlar oʻrni» loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, akademik litseylar oʻquvchilari hamda murabbiylari ishtirokida 27 marotaba uchrashuv oʻtkazgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita faoliyatining ochiqligini taʼminlash, qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish borasida ham bir qator ishlar olib borilgan. 2026-yilning toʻqqiz oyida Qoʻmita faoliyati ommaviy axborot vositalarida jami 1 851 marotaba yoritilgan, jumladan televideniyeda 177 marotaba, radioda 81 marotaba chiqish tashkil etilgan, bosma nashrlarda 151 ta, Internet jahon axborot tarmogʻi sahifalarida 144 ta hamda ijtimoiy tarmoqlarda 1 298 ta material eʼlon qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masalasi Qoʻmita faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlgan. Xususan, hisobot davrida Qoʻmita nomiga kelib tushgan 595 ta murojaat qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, shundan 411 tasi boʻyicha ijobiy yechimga erishilgan. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida oʻrganilib, takliflari asosli deb topilgan fuqarolar bilan muloqotlar tashkil etilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga Qoʻmitaning oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili ayrim yoʻnalishlardagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligini koʻrsatmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, qabul qilingan qonunlarning va Qoʻmita qarorlarining amaliyotdagi ijrosini tizimli ravishda monitoring qilish, joylarda qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini oʻrganish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlari boʻyicha berilgan tavsiyalarning natijadorligini baholash hamda aniqlangan muammolar asosida qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan aniq takliflarni ishlab chiqish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlarida Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashi, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tahlil markazlari, soha ekspertlari va fuqarolik jamiyati institutlari salohiyatidan kengroq foydalanish, shuningdek vazirliklar va idoralar bilan tizimli hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning murojaatlarida koʻtarilayotgan masalalarni faqat yakka tartibda hal etish bilan cheklanmasdan, ularni hududlar kesimida oʻrganish, ularning tahlili asosida tizimli muammolarni aniqlash hamda tegishli davlat organlari bilan birgalikda mazkur muammolarni hal etishga qaratilgan taʼsirchan chora-tadbirlar belgilash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasining 2026-yil toʻqqiz oyidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim, ilm-fan, madaniyat, sport, turizm va yoshlar siyosati sohalariga doir amaldagi qonunchilikni tizimli tahlil qilib, «Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlim kodeksi» loyihasini ishlab chiqish hamda mazkur sohalarga oid qonunlarni takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar tayyorlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmita masʼulligida qabul qilingan qonunlarning, parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini doimiy monitoring qilishga, ularning natijadorligi yuzasidan aniq tahliliy maʼlumotlarni shakllantirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlardan foydalanish, rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlari, samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI), korrupsiyaning oldini olish, inklyuziv taʼlim, dual taʼlim, bitiruvchilarning bandligini taʼminlash, Milliy tarbiya modeli, madaniyat va sanʼat taʼlimi hamda yoshlar siyosati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan joylardagi amaliy holatni oʻrganish ishlarini kuchaytirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalarini maromiga yetkazishda va nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazishda Qoʻmita huzuridagi Jamoatchilik kengashini, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, tahlil markazlarini, soha ekspertlarini hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini kengroq jalb etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar bilan tizimli hamkorlikni kuchaytirishga, Qoʻmita qarorlarining ijrosi yuzasidan tegishli axborot oʻz vaqtida taqdim etilishini hamda ularning ijro etilish holatini muntazam ravishda monitoring qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli tarzda koʻrib chiqish bilan bir qatorda ularda koʻtarilayotgan tizimli muammolarni hududlar va sohalar kesimida tahlil qilishga hamda mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish va parlament nazoratini amalga oshirish choralarini belgilashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolardan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha kelib tushgan takliflarni ular ishtirokida Qoʻmita majlislarida muhokama qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻmitaning qonun ijodkorligi faoliyatini va parlament nazorati tadbirlari natijalarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali sodda tilda, tushunarli tarzda va taʼsirchan shaklda jamoatchilikka yetkazib borishga alohida eʼtibor qaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoʻmita oʻz faoliyati yuzasidan 2026-yil yakuni boʻyicha tayyorlanadigan axborotida ushbu Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosi, parlament nazorati tadbirlari natijadorligi, fuqarolarning murojaatlarida koʻtarilgan tizimli muammolar boʻyicha koʻrilgan choralar hamda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar haqida batafsil maʼlumot bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 12-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2621-V-son