04.05.2026 yildagi VII-29-36-4-67-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALQ DEPUTATLARI SHAHRISABZ TUMANI KENGASHINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yilda Shahrisabz tumani boʻyicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yilda Shahrisabz tumani boʻyicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida”gi tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi hamda tuman soliq inspeksiyasining murojaatiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Shahrisabz tuman Kengashi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli Qarori bilan xalq deputatlari tuman Kengashlariga “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2026-yil uchun Shahrisabz tumani hududida “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Gʻ. Karamanov), tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi birinchi oʻrinbosari (A. Bazarov), tuman soliq inspeksiyasi (I. Saʼdullayev)lar mazkur qarorni oʻz vaqtida va samarali bajarilishini hamda mazkur yigʻimlardan tushgan tushumlar toʻliq miqdorda tuman budjetiga yoʻnaltirilishi yuzasidan chora-tadbir belgilash choralarini koʻrish vazifasi yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputatlari “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlar boʻyicha jamoatchilik nazorati oʻrnatish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Baratov)ga, qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Gʻ. Karamanov) zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan e`tiboran uch oy oʻtib kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash raisi A. UZAKOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 4-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII-29-36-4-67-K/26-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.