08.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2886-12
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 08.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2886-12
Дата вступления в силу
09.08.2026
Hujjat 09.08.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 8-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2886-12]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 17-apreldagi 343-V va 14-son qarori (roʻyxat raqami 2886, 2017-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 401-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 16 aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
343-В-14-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining boshligʻi J. XATAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 15 aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 343-B-14-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 16-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshi “bank” degan soʻzdan keyin “, shu jumladan mikromoliya banki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
benefitsiar mulkdor — mijozga nisbatan pirovard nazoratni amalga oshiruvchi yoki unga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchi jismoniy shaxs(lar), shuningdek nomidan operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “oʻrganish” degan soʻz “tushunish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigirmanchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjudligi sababli Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (bundan buyon matnda FATF deb yuritiladi) rasmiy bayonotlarida choralar koʻrishga chaqiriq eʼlon qilingan yuqori xavfli davlatlar va hududlar;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kuchaytirilgan monitoring ostidagi davlatlar — FATFning rasmiy bayonotlarida kuchaytirilgan monitoring ostida deb koʻrsatilgan hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish rejimlarida aniqlangan strategik kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish boʻyicha majburiyat olgan va FATF bilan faol hamkorlik qilib kelayotgan davlatlar va hududlar;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigirma birinchi — oʻttiz oltinchi xatboshilar tegishli ravishda yigirma ikkinchi — oʻttiz yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paketli oʻtkazma — bir nechta alohida toʻlovlar yoki oʻtkazmalardan iborat boʻlib, ayni bir moliyaviy muassasaga (tijorat banklari, toʻlov tizimlari operatorlari, toʻlov tashkilotlari va boshqalar) yuboriladigan, yakunda bir shaxsga yoki turli shaxslarga moʻljallangan oʻtkazma.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“xodimlarni ishga qabul qilishda nomzodlarning lavozimga munosibligini baholashga qaratilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha riskka asoslangan tekshiruv tartib-taomillari;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn oltinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn yettinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 22-bandning “b” kichik bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshidagi “100” raqami “500” raqami bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshidagi “bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga” degan soʻzlar “175 million soʻmga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“26. Tijorat banki tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki raqamli identifikatsiya asosida amalga oshiriladi. Bunda tijorat banki jismoniy shaxs — mijoz identifikatsiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) asosida amalga oshirilganda ushbu hujjatning asli yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli bilan tanishib chiqishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamli identifikatsiya asosida amalga oshirilganda Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) belgilangan choralarni koʻrishi lozim.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yuridik shaxs boʻlgan mijozlarga nisbatan tijorat banklari ularning xoʻjalik faoliyati xususiyatini, shuningdek mulkchilik shakli va boshqaruv tuzilmasini tushunishlari kerak.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi — oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 38-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“joʻnatiladigan pul oʻtkazmalarini mijoz-joʻnatuvchi haqidagi (joʻnatuvchining nomi, manzili, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami yoki mijozning identifikatsiya raqami; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, uning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami; jismoniy shaxslar uchun — ismi, familiyasi, otasining ismi, biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjatning seriyasi va raqami, tugʻilgan sanasi va yashash joyi) va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi, mamlakati va shahri, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami yoki mijozning identifikatsiya raqami; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, uning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami; jismoniy shaxslar uchun — uning ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash joyi) aniq maʼlumotlar bilan birga yuborilishini taʼminlashlari;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 381-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“381. Bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki toʻlovlar va pul oʻtkazmalari boʻyicha maʼlumotlar xalqaro pul oʻtkazmalari uchun qayd etilgani kabi joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi identifikatsiya jarayonida olingan maʼlumotlarni hamda oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak, joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot oluvchi tijorat banki tomonidan boshqa manbalar orqali olinishi mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno. Bu holatda joʻnatuvchi tijorat bankiga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini, shuningdek hisobvaraqning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqamini qoʻshib qoʻyish yetarli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravaridan oshmagan summadagi ichki toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini joʻnatuvchi haqidagi (joʻnatuvchining nomi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyaning xos raqami) va oluvchi haqidagi (oluvchining nomi; agar operatsiya jarayonida hisobvaraq ishlatilgan boʻlsa, u holda ushbu hisobvaraqning raqami yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqami) maʼlumotlar bilan birga yuborilishini taʼminlashlari kerak.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagi mazmundagi 382 — 384-bandlar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“382. Tijorat banklari mijoz tomonidan bank kartasi orqali tovar yoki xizmat uchun toʻlov amalga oshirilganda bank kartasining raqamini joʻnatuvchi moliyaviy muassasadan oluvchi moliyaviy muassasagacha kuzatib borilishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
383. Tijorat banklari mamlakat ichidagi naqd pul yechib olish bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha mijozning bank hisobvaragʻi yoki bank kartasi raqamini moliyaviy muassasaga taqdim etishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi boshqa moliyaviy muassasa orqali naqd pul yechib olish bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha toʻlovlarning mijozning bank kartasi raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birga yuborilishini taʼminlashlari hamda mijozning nomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xorijiy moliyaviy muassasaning soʻrovi olingan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmagan holda taqdim etishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
384. Tijorat banklari ayni bir joʻnatuvchidan xalqaro pul oʻtkazmalari boʻyicha paketli oʻtkazma amalga oshirilganda, bunday oʻtkazmalar joʻnatuvchining hisobvaragʻi yoki operatsiyani joʻnatuvchidan oluvchigacha kuzatib borish imkonini beradigan operatsiyaning xos raqamini oʻz ichiga olsa hamda paketli oʻtkazmada joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi zarur va aniq maʼlumotlar, shuningdek oluvchi toʻgʻrisida qabul qiluvchi mamlakatda uni toʻliq kuzatib borish imkonini beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, mazkur Qoidalarning 38-bandida belgilangan joʻnatuvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga doir talablarni qoʻllamasliklari mumkin.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagi mazmundagi 462-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“462. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha shubhalar mavjud boʻlgan hollarda lozim darajada tekshirishni amalga oshirish mijozga bu haqidagi maʼlumotning oshkor boʻlib qolishiga olib keladigan boʻlsa, tijorat banklari lozim darajada tekshirishni amalga oshirmasligi mumkin, bunda tijorat banklari shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishlari shart.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. 48-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“16 yoshga toʻlmagan jismoniy shaxsning hisobvaragʻidan ikki ish kuni mobaynida bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan ortiq summadagi pul mablagʻlarini kirim yoki chiqim qilish yoxud yechib olish bilan bogʻliq operatsiyalarning amalga oshirilishi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“30 kundan oshmagan muddat davomida bir vaqtda yoki koʻp marotaba bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summadagi pul mablagʻlarining kuchaytirilgan monitoring ostidagi davlatlardan mijozning hisobvaraqlariga kelib tushishi yoki mijozning hisobvaraqlaridan bunday davlatlarga pul mablagʻlarining oʻtkazilishi;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — yigirma beshinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yigirma oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“maxsus vakolatli davlat organi tomonidan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berilgan operatsiya, shu jumladan uni oʻtkazishga urinish;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mijozning bank kartasidan bank mobil ilovasi orqali bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablagʻlarining bir yoki bir nechta bank kartalariga yoxud elektron hamyonlarga oʻtkazilishi, bundan koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdisi boʻyicha eskrou hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning bank kartasiga bir vaqtda yoki koʻp marotaba 30 kundan oshmagan muddat davomida bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada pul mablagʻlarining bir yoki bir nechta bank kartalaridan yoxud elektron hamyonlardan kelib tushishi, bundan koʻchmas mulk va transport vositalarining oldi-sotdisi boʻyicha eskrou hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar mustasno;”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigirma oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlaridan faqat tovarlar importi uchun chiqarilgan xorijiy valyutalar boʻyicha bitta shartnoma doirasida uning predmeti qisman yoki toʻliq xizmat koʻrsatishga oʻzgartirilishi yoki debitor qarzdorlikning xizmat koʻrsatish orqali soʻndirilishi, basharti uning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravariga teng yoki undan oshsa.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagi mazmundagi 491-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“491. Mazkur Qoidalarning 49-bandida koʻrsatilgan va miqdoriy chegaralarga ega boʻlmagan shubhali operatsiyalar boʻyicha tijorat banklari maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborgandan soʻng, oʻn ish kunidan oshmagan muddatda quyidagi kompleks tahlil choralarini koʻrishlari shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiya ishtirokchilari toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish va tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq manbalardan foydalangan holda operatsiya ishtirokchilarining ishchanlik obroʻsini oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablagʻlarining kelib chiqish manbalari, operatsiya tuzilishi, operatsiya ishtirokchilarining geografik joylashuvi, operatsiya vaqti va hajmini tahlil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiyaning mijoz odatiy xoʻjalik faoliyati va moliyaviy profiliga muvofiqligini, oldin amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olgan holda baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiya ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqliklarni tahlil qilish, affillanganlik, nazorat ostida boʻlish yoki boshqa oʻzaro nazorat shakllarini aniqlash, shuningdek benefitsiar mulkdorni, mablagʻlarning kelib chiqish manbasini yoki operatsiyaning haqiqiy maqsadini yashirishga qaratilgan murakkab yoki koʻp bosqichli tranzaksiya zanjirlarini oʻrganish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tijorat banklari kompleks tahlil yakunlangandan soʻng:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning tavakkalchilik darajasini koʻrib chiqishlari va zarur boʻlganda unga oʻzgartirish kiritishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompleks tahlil natijalari toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga mazkur Qoidalarning 70-bandiga muvofiq xabar yuborishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tavakkalchilik darajasini kamaytirish yuzasidan choralar koʻrishlari zarur.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. 55-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“v) chet el korxonalarining vakolatxonalari va Oʻzbekiston Respublikasining norezident — jismoniy shaxslari (Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga ega mijozlar bundan mustasno);”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. 71-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Maxsus jurnal bankning avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida elektron shaklda yuritiladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026 y., 10/26/2886-12/0473-son)