10.04.2026 yildagi VII-25-23-10-140-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALQ DEPUTATLARI QUYICHIRCHIQ TUMANI KENGASHINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yilda Quyi Chirchiq tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-son qaroriga asosan tuman Davlat soliq inspeksiyasi U. Atabayevning xisobotini tinglab, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyaning 2026-yil 7-apreldagi DKQ 03-01/1-26-sonli qarorini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyi Chirchiq tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshligʼi U. Atabayevning 2026-yilda Quyi Chirchiq tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisidagi xisoboti tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi PQ-387-sonli qaroriga asosan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini 20 foizgacha oshirish vakolati berilganligi inobatga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2026-yilda Quyi Chirchiq tumani boʻyicha alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini (bundan pivo mustasno) realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasining 02.05.2012-yildagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-328-son Qonunining 181-moddasidagi “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan qonunchilik hujjatlari rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari K. Uskanbayev, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimining birinchi oʻrinbosari B. Isroilov, tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi U. Aatabayev mazkur qaror ijrosini oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari K. Uskanbayev hamda ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (G. Nugmanova) zimmalariga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kengash raisi Y. USMANOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 10-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII-25-23-10-140-K/26-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.