21.02.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2089-2
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash muassasalarida tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma, perinatal oʻlim va oʻlim haqidagi tibbiy guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 9-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2089-2]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2010-yil 27-fevraldagi 56-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2089, 2010-yil 23-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 12-son, 87-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash muassasalarida tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma, perinatal oʻlim va oʻlim haqidagi tibbiy guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“9. Tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma tugʻruq sodir boʻlgan tibbiy muassasalar tomonidan barcha tirik tugʻilgan bolalarga beriladi. Tirik tugʻilganlik mezonlaridan (nafas, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyoriy qisqarishi) biri mavjud boʻlsa ham bola tirik tugʻilgan hisoblanadi. Bunda, onaning homiladorlik muddati 22 hafta va undan ortiq, bolaning boʻyi 25 sm va undan ortiq, vazni 500 gramm va undan ortiq boʻlishi yoki onaning homiladorlik muddati 22 haftadan kam, bolaning boʻyi 25 smdan past, vazni 500 grammdan kam boʻlganda ushbu bola 168 soat davomida shifokor kuzatuvida boʻlishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma ushbu tibbiy muassasa shifokori, bir nafar shifokor ishlaydigan yoki tibbiy muassasada shifokor boʻlmagan (mehnat taʼtili, kasallik tufayli va boshqa sabablar) hollarda tugʻruqni qabul qilgan feldsher yoki akusher tomonidan beriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir А. XUDAYAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 5-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-son

Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi B. HAMRAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 21-yanvar
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2026 y., № 10/26/2089-2/0166)