от 19.07.2021 г. № ПП-5187
Постановление
Президента Республики Узбекистан
О мерах по ликвидации Фонда поддержки развития цифровой экономики «Цифровое доверие»
В целях повышения эффективности деятельности министерств и ведомств по реализации возложенных на них задач и полномочий:
1. Одобрить предложение Национального агентства проектного управления (далее — Агентство) о ликвидации Фонда поддержки развития цифровой экономики «Цифровое доверие» (далее — Фонд).
2. Определить, что Агентство является правопреемником Фонда по правам, обязательствам и договорам.
3. Передать Министерству по развитию информационных технологий и коммуникаций право участника по 100-процентной доле государства в уставном капитале общества с ограниченной ответственностью «Universal Mobile Systems».
4. Признать утратившими силу некоторые акты Президента Республики Узбекистан и Правительства Республики Узбекистан согласно приложению.
5. Агентству совместно с заинтересованными ведомствами в месячный срок внести предложения об изменениях и дополнениях в акты законодательства, вытекающих из настоящего постановления.
6. Контроль за исполнением настоящего постановления возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова.
Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ
г. Ташкент,
19 июля 2021 г.,
№ ПП-5187
ПРИЛОЖЕНИЕ
к постановлению Президента Республики Узбекистан от 19 июля 2021 года № ПП-5187
ПЕРЕЧЕНЬ
некоторых актов Президента Республики Узбекистан и Правительства Республики Узбекистан, признаваемых утратившими силу
1. Постановление Президента Республики Узбекистан от 2 сентября 2018 года № ПП-3927 «Об образовании Фонда поддержки развития цифровой экономики «Цифровое доверие».
2. Пункты 1 — 3, 5 и 8 постановления Президента Республики Узбекистан от 21 ноября 2018 года № ПП-4022 «О мерах по дальнейшей модернизации цифровой инфраструктуры в целях развития цифровой экономики».
3. Позиция 38 приложения № 2 к постановлению Президента Республики Узбекистан от 29 апреля 2019 года № ПП-4301 «О мерах по дальнейшему расширению и укреплению сотрудничества между Республикой Узбекистан и Республикой Корея».
4. Пункт 2 постановления Президента Республики Узбекистан от 18 мая 2019 года № ПП-4321 «О мерах по дальнейшему совершенствованию инфраструктуры цифровой экономики и системы «Электронное правительство».
5. Пункты 1, 4, 6 и 7 постановления Президента Республики Узбекистан от 21 мая 2019 года № ПП-4328 «О мерах по повышению качества разработки и реализации проектов в сфере информационно-коммуникационных технологий в рамках системы «Электронное правительство».
6. Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 15 января 2019 года № 31 «О мерах по повышению эффективности управления акционерным обществом «Узбекгидроэнерго».
7. Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 27 августа 2019 года № 721 «О мерах по организации гольф-индустрии в Джизакской области».
8. Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан от 2 октября 2019 года № 838 «О мерах по созданию современного медицинского кластера в Галляаральском районе Джизакской области».
(Национальная база данных законодательства, 19.07.2021 г., № 07/21/5187/0686)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tugatishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Vazirlik va idoralar faoliyatining ularga yuklatilgan vazifalar va vakolatlarni amalga oshirish yuzasidan samaradorligini oshirish maqsadida:
1. Loyiha boshqaruvi milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tugatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik Jamgʻarmaning huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha vorisi hisoblanadi.
3. “Universal Mobile Systems” masʼuliyati cheklangan jamiyati ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi boʻyicha ishtirokchi huquqi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 19-iyul,
PQ-5187-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5187-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-sentabrdagi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3927-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4022-son qarori 1 — 3, 5 va 8-bandlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4301-son qaroriga 2-ilovaning 38-pozitsiyasi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4321-son qarori 2-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Elektron hukumat” tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4328-son qarori 1, 4, 6 va 7-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 31-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-avgustdagi “Jizzax viloyatida golf industriyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 721-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-oktabrdagi “Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 838-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2021-y., 07/21/5187/0686-son)