|
Постановление Президента Республики Узбекистан О первоочередных мерах по финансированию создания инновационного научно-производственного фармацевтического кластера «Tashkent Pharma Park» В целях скорейшего развития научно-исследовательской и производственной базы фармацевтической отрасли, а также расширения ее возможностей по производству современных эффективных препаратов для диагностики и лечения инфекционных и других заболеваний в период коронавирусной пандемии: 1. Одобрить предложение Фонда реконструкции и развития, Министерства экономического развития и сокращения бедности, Министерства инвестиций и внешней торговли, Министерства финансов Республики Узбекистан о выделении Фондом реконструкции и развития средств в сумме до 50 миллионов долларов на финансирование проекта «Создание инновационного научно-производственного фармацевтического кластера «Tashkent Pharma Park» (далее — Кластер). 2. Образовать Рабочую группу по организации строительства первоочередных объектов за счет средств Фонда реконструкции и развития на территории Кластера (далее — Рабочая группа) согласно приложению, определив ее основными задачами: рассмотрение проектных предложений и определение перечня строительства первоочередных объектов, в том числе инженерно-коммуникационной и производственной инфраструктуры на территории Кластера; выбор генеральных подрядных организаций для строительства первоочередных объектов; организацию контроля за эффективным использованием средств, выделяемых Фондом реконструкции и развития; осуществление контроля за ходом строительства первоочередных объектов и оперативное решение вопросов, возникающих в процессе строительства. 3. Установить, что: заемщиком средств, выделенных Фондом реконструкции и развития, является Агентство по развитию фармацевтической отрасли при Министерстве здравоохранения Республики Узбекистан (далее — Агентство); расходы, связанные с погашением и обслуживанием займа, будут осуществляться за счет выручки от реализации объектов и аренды помещений на территории Кластера, а также средств Фонда поддержки и развития фармацевтической отрасли при Агентстве и других поступлений Агентства; исполнительным органом проекта, а также ответственным по приемке оборудования, товаров, работ и услуг по строящимся объектам является Дирекция по развитию инновационного научно-производственного фармацевтического кластера «Tashkent Pharma Park». 4. Установить порядок, в соответствии с которым финансирование строительства первоочередных объектов будет осуществляться по решению Рабочей группы с параллельным проведением экспертизы: Проекта — в отраслевом Научно-техническом совете Агентства; проектно-сметной документации — в Министерстве строительства Республики Узбекистан; импортного контракта на приобретение современного импортного оборудования и технологий, строительных материалов, комплектующих — в Центре комплексной экспертизы проектов и импортных контрактов при Министерстве экономического развития и сокращения бедности Республики Узбекистан. 5. Контроль за исполнением настоящего постановления возложить на Премьер-министра Республики Узбекистан А.Н. Арипова. Президент Республики Узбекистан Ш. МИРЗИЁЕВ г. Ташкент, 28 апреля 2020 г., № ПП-4698 ПРИЛОЖЕНИЕ к постановлению Президента Республики Узбекистан от 28 апреля 2020 года № ПП-4698 СОСТАВ Рабочей группы по организации строительства первоочередных объектов за счет средств Фонда реконструкции и развития на территории инновационного научно-производственного фармацевтического кластера «Tashkent Pharma Park»
(Национальная база данных законодательства, 29.04.2020 г., № 07/20/4698/0519) |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etishni moliyalashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida Farmatsevtika tarmogʻining ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish bazasini jadal rivojlantirish, shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida yuqumli va boshqa kasalliklarni aniqlash hamda davolash uchun zamonaviy samarador preparatlarni ishlab chiqarish boʻyicha uning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini (keyingi oʻrinlarda — Klaster) tashkil etish” loyihasini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 50 million dollargacha summada mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. 2. Klaster hududida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan birinchi navbatdagi obyektlar qurilishini tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin: loyihaviy takliflarni koʻrib chiqish va Klaster hududida birinchi navbatda quriladigan, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarining roʻyxatini aniqlash; birinchi navbatdagi obyektlarni qurish uchun bosh pudratchi tashkilotlarni tanlash; Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish; birinchi navbatdagi obyektlar qurilishining borishi ustidan nazoratni amalga oshirish va qurilish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal qilish. 3. Belgilansinki: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlarning qarzdori hisoblanadi; qarzni soʻndirish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Klaster hududidagi obyektlarni sotish va binolarni ijaraga berishdan tushgan tushumlar, shuningdek, Agentlik huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Agentlikning boshqa tushumlari hisobidan amalga oshiriladi; “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi loyihaning ijro etuvchi organi, shuningdek, qurilayotgan obyektlar boʻyicha asbob-uskunalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni qabul qilib olish uchun masʼul hisoblanadi. 4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq birinchi navbatdagi obyektlar qurilishini moliyalashtirish Ishchi guruhning qaroriga binoan parallel ravishda quyidagilarni ekspertizadan oʻtkazgan holda amalga oshiriladi: loyihani — Agentlikning tarmoq Ilmiy-texnik kengashida; loyiha-smeta hujjatlarini — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida; zamonaviy import asbob-uskunalar va texnologiyalar, qurilish materiallari, butlovchi buyumlarni xarid qilish boʻyicha import kontraktlarini — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida. 5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2020-yil 28-aprel, PQ-4698-son Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ-4698-son qaroriga ILOVA “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan birinchi navbatdagi obyektlar qurilishini tashkillashtirish boʻyicha ishchi guruh TARKIBI
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 07/20/4698/0519-son) |