Об утверждении Программы мер по совершенствованию деятельности и комплексному укреплению материально-технической базы государственных музеев на 2017 — 2027 годы
Премьер-министр Республики Узбекистан А. АРИПОВ
г. Ташкент,
11 декабря 2017 г.,
№ 975
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha komleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ–3022-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari rejasi 1-ilovaga muvofiq;
2017 — 2027-yillarda yangi tashkil etiladigan, qayta tashkil etiladigan va 2018-yilda faoliyati tugatiladigan davlat muzeylari roʻyxati 2, 2-a va 2-b-ilovalarga muvofiq;
2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat muzeylari, ularning filial va boʻlimlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Respublika komissiyasi (A.A. Abduxakimov):
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga masʼul boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirsin, belgilangan tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi monitoringini olib borsin va nazorat qilsin;
davlat muzeylarining ishlab chiqiladigan yangi konsepsiyalari, muzey ashyolarini ishonchli saqlash, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat koʻrsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, interyer, dizayn va landshaft yechimlariga eʼtibor qaratgan holda har bir muzey binosining eskiz loyihasini muzeyning yoʻnalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlasin.
Respublika komissiyasiga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflariga asosan 2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning manzilli dasturiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar;
davlat muzeylari binolarini mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari;
moddiy madaniy meros obyekti hisoblangan davlat muzeylari binolarini mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga moddiy madaniy meros obyekti restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun ajratilgan mablagʻlar;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi va kelgusi yillardagi Investitsiya dasturi parametrlarini shakllantirishda mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarini mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
2018-yilda Investitsiya dasturi mablagʻlari hisobidan davlat muzeylari binolarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va 2019-yildan boshlab qurish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun mablagʻlar ajratiladi;
muzeylarni maqbullashtirish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar muzeylarni mukammal taʼmirlash va moddiy-texnik bazasini rivojlantirish maqsadlari uchun yoʻnaltiriladi.
7. Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasidagi markazlashtirilgan investitsiyalar, Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligiga moddiy madaniy meros obyekti restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun ajratilgan mablagʻlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini bajarish boʻyicha Madaniy meros agentligi buyurtmachi etib belgilansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Madaniy meros agentligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturni amalga oshirish uchun imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2018-yil yakuniga qadar har bir tuman va shahar markazlaridagi madaniyat markazlari binosida quyidagilarni yorqin va taʼsirli aks ettiruvchi hamda muntazam ravishda yangilanib boruvchi koʻrgazma-ekspozitsiyalarni tashkil etsin:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)
tasviriy, amaliy va xalq hunarmandchiligi sanʼati yoʻnalishlarida faoliyat koʻrsatayotgan, ayniqsa, ushbu hududdagi ijodkorlar asarlari asosida milliy istiqlol, erkin, farovon hayot, anʼanaviy sanʼatimiz va qadriyatlarimizga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom tuygʻularini uygʻotadigan koʻrgazmalar;
xalqimizning boy tarixi, urf-odatlari va anʼanalari, bugungi joʻshqin hayot manzaralari, yurtimiz odamlarining siymolari, ularning orzu-intilishlarini har tomonlama chuqur aks ettiradigan badiiy fotokoʻrgazmalar;
hududning tarixi, madaniyati, tabiati, odamlarning hayotidagi sifat oʻzgarishlari, barcha jabhalardagi rivojlanishni ifodalovchi ekspozitsiyalar.
Ushbu bandda koʻrsatilgan koʻrgazma-ekspozitsiyalar Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy konsepsiya va jihozlash talablari asosida tashkil etiladi hamda ularni tashkil etish, saqlash va yangilab borish xarajatlari qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplanadi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi mazkur qarorda belgilangan davlat muzeylari binolarining eskiz loyihasi, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini va davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini tashkil etsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari bajarilishining sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-dekabr,
975-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini yanada takomillashtirish va rivojlantirish
CHORA-TADBIRLARI REJASI
T/r
Chora-tadbirlar mazmuni
Bajarish muddati
Bajarish uchun masʼullar
I. Muzeylar faoliyatiga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va huquqiy bazasini mustahkamlash
1.
Muzey, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida:
muzey binolaridan tashqarida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mahalliy va xorijiy koʻrgazmalarini tashkil etish va oʻtkazish qoidalarini;
muzey binolarini qurish, taʼmirlash, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining saqlash va xavfsizligini taʼminlash nuqtai nazardan jihozlash meʼyorlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilish.
2018-yil I chorak
2019-yil III chorak
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, manfaatdor vazirliklar va idoralar
2.
Davlat muzeylariga va davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish va ularda xizmat koʻrsatish tartibi hamda chipta xoʻjaligi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.
2018-yil II chorak
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, manfaatdor vazirliklar va idoralar
3.
Oʻzbekistonning boy madaniy merosi va tarixini mahalliy va xalqaro miqyosda keng targʻib etish, saqlash, ilmiy tadqiq etish, turizmni yanada rivojlantirish va mablagʻlarni samarali boshqarish maqsadida:
Buxoro, Samarqand va Xiva tarixiy shaharlaridagi davlat muzey-qoʻriqxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish;
Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Fargʻona viloyatlarida muzey-qoʻriqxonalar tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritish.
2018-yil III chorak
Madaniyat vazirligi, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Fargʻona viloyatlari hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar
II. Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish, ularning faoliyatini baholash hamda ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, sohada ilmiy izlanishlarini chuqurlashtirish
4.
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazida respublikadagi muzey rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish.
2018-yildan boshlab
Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
6.
Muzeylar xodimlarining faoliyati samaradorligiga bogʻliq ravishda ragʻbatlantirish va masʼuliyatini oshirish maqsadida:
muzey xodimlarining toifalarini belgilash tartibini ishlab chiqish;
davlat muzeylari xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish.
2019-yil II chorak reja asosida
Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
7.
Muzey yoʻnalishidagi zamonaviy fan yutuqlaridan, xorijiy tajribadan jamoatchilikni xabardor qilib borish maqsadida:
jahonning mashhur muzeylari bilan hamkorlikda respublikada xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar va mahorat darslarini oʻtkazish;
xorijda tajriba almashish va malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalarda sohaning yetuk mutaxassislari, muzeyning ilmiy xodimlari ishtirokini taʼminlash;
muzeylar va muzeyshunoslik faoliyati bilan shugʻullanayotgan tashkilotlarning xalqaro aloqalarini kuchaytirish.
2017-2027 yillar
Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya,
Fan va texnologiyalar agentligi,
Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi
8.
Respublika hududlarida faoliyat yuritayotgan muzeylar va ularning malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlanganligi holatini chuqur oʻrganish, shuningdek, ularning istiqbolli talab-ehtiyojidan kelib chiqib tegishli oliy taʼlim va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash yuzasidan taklif kiritish.
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab
Madaniyat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
9.
Oliy taʼlim muassasalarining muzeyshunoslik yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalari, muzey xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv kurslarining tinglovchilari uchun Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida muzey ashyolari atributsiyasi va ekspertizasini oʻtkazish uchun laboratoriya tashkil etish va uning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash.
2018 ― 2020-yillar
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Badiiy akademiya, manfaatdor vazirliklar va idoralar
10.
Muzeylardagi ekspozitsiyalar orqali qoʻshimcha bilim berilishi va maʼlumot olinishi mumkin boʻlgan tarix, madaniyat va jamiyatshunoslik kabi yoʻnalishlar boʻyicha bevosita pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, markazlarining tinglovchilariga, shuningdek, taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, talaba va oʻqituvchilariga qisqa muddatli oʻquv kurslari va amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish.
muntazam
Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
11.
18-may xalqaro muzeylar kuni arafasida “Muzey — xalq tarixining koʻzgusi” respublika koʻrik-tanlovini tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish hamda gʻoliblarni munosib taqdirlash.
har yili may oyida
Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
12.
Reja asosida muzeylardagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bilan aholining barcha qatlamlarini qamrab olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
Jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan har oyda bir marta xodimlarning muzeylarga reja asosida uyushgan holda chipta xarid qilib hamda abonement asosida tashkiliy asosda tashrif buyurishini tashkil etish.
har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida
Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
III. Milliy muzey fondining davlat katalogini yaratish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish hamda interaktiv xizmat koʻrsatishni kengaytirish
13.
Quyidagilarni tashkil etish orqali Milliy muzey fondining elektron davlat katalogini yaratish, ishonchli muhofaza qilish va muntazam yangilab borish:
Madaniyat vazirligi markaziy apparatida “Milliy muzey fondi davlat katalogini yuritish boshqarmasi” faoliyatini tashkil etish boʻyicha taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Milliy muzey fondining elektron davlat katalogini yuritish tartibini belgilash hamda amaldagi dasturiy taʼminotning yangi versiyasini ishlab chiqish;
elektron davlat katalogini yaratish uchun muzeylarning moddiy-texnik bazasini, xususan, muzeylarni himoyalangan tarmoqqa ulash, yuqori aniqlikdagi zamonaviy kompyuter texnikasi, fotoapparat va boshqa jihozlar bilan taʼminlash;
muzeylarda mikrofilm, mikrofisha shaklida saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning elektron bazasini yaratish.
2017 ― 2027-yillar davomida reja asosida
Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
14.
“Oʻzbekiston muzeylari” ensiklopediyasini nashr etish, shu jumladan, uni elektron shaklda yaratish.
2019-yil
Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
15.
Muzeylar sohasidagi elektron davlat xizmatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish, ularni takomillashtirish va yangi xizmatlarni joriy etish, shu jumladan, muzeylarga tashrif buyurish va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun elektron chipta sotish, xususan, chet el valyutasiga chet elda turib Internet-doʻkon yoki mobil telefon orqali elektron chipta sotib olinishini taʼminlashni joriy etish.
2017 ― 2020-yillar
Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
16.
“Virtual muzey” loyihasini amalga oshirish orqali:
2 mingta eng nodir muzey ashyosining 6 ta tildagi 3D va audio formatini yaratish;
davlat muzeylarining veb-saytlarini yangilash, mobil elektron dasturini yaratish va yagona portalga birlashtirish;
sayyohlik yoʻnalishidagi muzey saytlari 6 ta jahon tilida yuritilishini taʼminlash;
Muzey ashyolari va xalq hunarmandchiligining eng yaxshi namunaviy koʻrinishlarini mobil telefonlar uchun dasturiy mahsulotlar yaratish orqali keng ommalashtirish.
“Virtual muzey” maʼlumotlar bazasini Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, viloyat axborot-kutubxona markazlari, yirik sayyohlik kompaniyalarining Internet saytlariga joylashtirish.
2017 ― 2021-yillar
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Badiiy akademiya, manfaatdor vazirliklar va idoralar
IV. Muzeylarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy interyerlarni joriy etish, qoʻshimcha xizmat turlarini tashkil etish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish
17.
Muzey ashyolarining saqlanishi, ularda harorat, namlik va yorugʻlikning taʼsirini muntazam nazorat qilib boradigan jihozlar bilan taʼminlash.
Muzeylarda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida videokuzatuv moslamalari, signalizatsiya tizimlarini yangilash va oʻrnatish, muzeylarni bosqichma-bosqich hududiy jihatdan markaziy qoʻriqlash tizimiga ulash.
2017 ― 2027-yillarda reja asosida
Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
18.
Muzeylar fondini boyitish maqsadida muzey xodimlari tomonidan joylarda ekspeditsiyalar tashkil etish, shu orqali noyob asori-atiqalar, tarixiy qimmatga ega eksponatlarni izlab topish va muzeyga belgilangan tartibda qabul qilish.
muntazam
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar
19.
Malakali mutaxassislardan iborat tarkibda ekspert guruhlarini tuzgan holda bugungi zamon talabi va xorijiy ilgʻor tajribani inobatga olib, har bir davlat muzeyining yangi konsepsiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2018 ― 2027-yillarda reja asosida
Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
20.
Yangi quriladigan, rekonstruksiya yoki mukammal taʼmirlanadigan davlat muzeylari binolarining eskiz loyihasini hamda konsepsiyalarini ishlab chiqishda muzey ashyolarini ishonchli saqlash, tashrif buyuruvchilar, xususan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlarga xizmat koʻrsatishni rivojlantirish, arxitektura-rejalashtirish, interyer, dizayn va landshaft yechimlariga eʼtibor qaratish, muzeyning yoʻnalishi va mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda tasdiqlash.
2018 ― 2027-yillarda reja asosida
Respublika komissiyasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
21.
Respublikaning har bir tuman va shahar markazlaridagi madaniyat markazlari binolarida hududning tarixi, madaniyati, tabiati, odamlarning hayotidagi sifat oʻzgarishlari kabi barcha jabhalardagi rivojlanishni yorqin va taʼsirli aks ettiruvchi hamda muntazam ravishda yangilanib boruvchi koʻrgazma-ekspozitsiyalarni tashkil etish.
Ushbu koʻrgazma-ekspozitsiyalarni Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy konsepsiya va jihozlash talablari asosida tashkil etish hamda ularni tashkil etish, saqlash va yangilab borish xarajatlarini qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan qoplash.
2018-2019-yillar davomida
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi
22.
Chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga masʼul boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari faoliyatini tizimli asosda muvofiqlashtirish, belgilangan tadbirlarning toʻliq va sifatli bajarilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish.
muntazam, har chorakda hisoboti bilan
Respublika komissiyasi, Madaniyat vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 2-ILOVA
2017 — 2027-yillarda yangi tashkil etiladigan davlat muzeylari
ROʻYXATI
T/r
Muzey nomi
Manzili
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
Moʻynoq tuman oʻlkashunoslik muzeyi (Qoraqalpogʻiston davlat etnografiya muzeyining filiali sifatida)
Moʻynoq tumani
11.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi
Nukus shahri
Buxoro viloyati
2.
Buxoro tarixi muzeyi (“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibida)
Buxoro shahri
3.
Mutal Burxonov uy-muzeyi (“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi filiali sifatida)
Buxoro shahri
31.
Jadidlar merosi davlat muzeyi
Buxoro shahri
Samarqand viloyati
4.
Ergash Jumanbulbul oʻgʻli yodgorligi muzeyi (“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining filiali sifatida)
Qoʻshrabot tumani
41.
Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi (“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi filiali sifatida)
Samarqand shahri
42.
“Ipak yoʻli” davlat muzeyi
Samarqand shahri
Toshkent viloyati
5.
Toshkent viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
Nurafshon shahri
Fargʻona viloyati
6.
Erkin Vohidov uy-muzeyi (Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida)
Oltiariq tumani
61.
Erkin Vohidov memorial muzeyi (Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida)
Margʻilon shahri
62.
Haziniy uy-muzeyi (Fargʻona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida)
Uchkoʻprik tumani
Xorazm viloyati
7.
Xorazm tarixi va madaniyati muzeyi (Xorazm sanʼati muzeyining filiali sifatida)
Urganch shahri
Namangan viloyati
8.
“Mugʻtepa” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish majmuasi (Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida)*
Kosonsoy tumani
Toshkent shahri
9.
Abdulla Qodiriy uy-muzeyi
Shayxontohur tumani
10.
Abdulla Qodiriy memorial muzeyi
Olmazor tumani
11.
Oʻzbekiston prokuraturasi tarixi muzeyi
Mirzo Ulugʻbek tumani
* Qurilish-taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng tashkil etiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2026-y., 07/26/153/0401-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 2a-ILOVA
2017 — 2027-yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari
ROʻYXATI
T/r
Muzeyning nomi
Manzili
Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1.
Qoraqalpogʻiston davlat oʻlkashunoslik muzeyi
Nukus shahri
Qoraqalpogʻiston davlat etnografiya muzeyi
Andijon viloyati
2.
Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi
Andijon shahri
Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
3.
Andijon viloyat adabiyot va sanʼat muzeyi
Andijon shahri
Buxoro viloyati
4.
Buxoro davlat badiiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasining Sadriddin Ayniy hujra-muzeyi
Buxoro davlat badiiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasining Abdurauf Fitrat hujra-muzeyi
6.
Buxoro davlat badiiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasining Fayzulla Xoʻjayev uy-muzeyi
Buxoro shahri
“Buxoro” davlat muzey qoʻriqxonasining Boy savdogar xonadoni uy muzeyi
Jizzax viloyati
7.
Jizzax viloyat oʻlkashunoslik muzeyi
Sharof Rashidov tumani
Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
Qashqadaryo viloyati
8.
Qashqadaryo viloyat oʻlkani oʻrganish muzeyi
Qarshi shahri
Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
Navoiy viloyati
9.
Navoiy viloyat tarix-oʻlkashunoslik muzeyi
Navoiy shahri
Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
Namangan viloyati
10.
Namangan viloyat oʻlkani oʻrganish muzeyi
Namangan shahri
Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
Sirdaryo viloyati
11.
Sirdaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi
Guliston shahri
Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
Surxondaryo viloyati
12.
Surxondaryo viloyat oʻlkashunoslik muzeyi
Termiz shahri
“Termiz” davlat muzey-qoʻriqxonasi
Toshkent viloyati
13.
Angren shahar oʻlkashunoslik muzeyi
Angren shahar
Angren shahar tarixi muzeyi
14.
Chirchiq oʻlkashunoslik muzeyi
Chirchiq shahar
Chirchiq shahar tarixi muzeyi
Toshkent shahri
15.
Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyi
Toshkent shahri
Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi
Fargʻona viloyati
16.
Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi
Fargʻona shahri
Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
17.
Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi
Qoʻqon shahri
“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi
18.
Gʻafur Gʻulom nomidagi Fargʻona viloyat adabiyot muzeyi
Qoʻqon shahri
Qoʻqon adabiyot muzeyi (“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining filiali)
19.
Gʻafur Gʻulom nomidagi Fargʻona viloyat adabiyot muzeyining “Hamza” filiali
Qoʻqon shahri
Buyuk allomalar muzeyi (“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining filiali)
Xorazm viloyati
20.
Urganch suratlar galereyasi
Urganch shahri
Xorazm sanʼati muzeyi
21.
Xiva “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining “Urganch oʻlkashunoslik” muzeyi
Urganch shahri
Urganch shahar tarixi muzeyi (Xorazm sanʼati muzeyining filiali)
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-maydagi 443-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 09/19/443/3214-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 2b-ILOVA
2018-yildan faoliyati tugatiladigan davlat muzeylari
“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Samarqand shahar tarixi “Afrosiyob” muzeyi
2020-yil
300
300
Respublika budjeti
33.
“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi
2018-yil
300
300
Respublika budjeti
34.
“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining viloyat oʻlkashunoslik muzeyi
2019-yil
1200
1200
Respublika budjeti
35.
“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Paxtachi tuman tarixi muzeyi
2019-yil
700
700
Respublika budjeti
36.
“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Kattaqoʻrgʻon shahar tarixi muzeyi
2025-yil
700
700
Respublika budjeti
37.
“Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasining Ishtixon tuman tarixi muzeyi
2024-yil
700
700
Respublika budjeti
38.
Termiz arxeologiya muzeyi
2026-2027-yillar
4500
2000
2500
Respublika budjeti
39.
Chirchiq shahar tarixi muzeyi
2018-2019-yillar
1200
600
600
Respublika budjeti
40.
Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi
2027-yil
800
800
Respublika budjeti
41.
Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi
2019-2020-yillar
4300
2000
2300
Respublika budjeti
42.
Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining Margʻilon shahar tarix muzeyi filiali
2024-yil
1200
1200
Respublika budjeti
43.
Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining Uvaysiy uy muzeyi filiali
2027-yil
800
800
Respublika budjeti
44.
“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi
2022-2023-yillar
2500
1250
1250
Respublika budjeti
45.
“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining Gʻafur Gʻulom nomidagi Qoʻqon adabiyoti muzeyi filiali
2023-2024-yillar
3000
1500
1500
Respublika budjeti
46.
Qoʻqon tarixi va madaniyati muzeyining Buyuk allomalar muzeyi filiali
2018-yil
3500
3500
Respublika budjeti va homiylik mablagʻi
47.
“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining Amaliy sanʼat muzeyi filiali
2025-yil
1500
1500
Respublika budjeti
48.
“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining Muqimiy xujra muzeyi filiali
2027-yil
800
800
Respublika budjeti
49.
“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasining Xamza uy-muzeyi filiali
2025-yil
600
600
Respublika budjeti
50.
Urgench shahar tarixi muzeyi (Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyining filiali)
2021-2022-yillar
2300
1200
1100
Respublika budjeti
51.
“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining Hunarmandchilik tarixi boʻlimi
2020-2021-yillar
2700
1200
1500
Respublika budjeti
52.
“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining Tasviriy sanʼat boʻlimi
2021-yil
1000
1000
Respublika budjeti
53.
“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining Qadimgi Xorazm tarixi boʻlimi
2022-yil
1500
1500
Respublika budjeti
54.
“Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasining Madrasa tarixi boʻlimi
2023-yil
1500
1500
Respublika budjeti
55.
Oʻrol Tansiqboyev uy-muzeyi
2026-yil
600
600
Respublika budjeti
56.
Oybek uy-muzeyi
2022-yil
600
600
Respublika budjeti
57.
Sergey Borodin uy-muzeyi
2023-yil
600
600
Respublika budjeti
58.
Yunus Rajabiy uy-muzeyi
2024-yil
600
600
Respublika budjeti
59.
Abdulla Qahhor uy-muzeyi
2024-yil
600
600
Respublika budjeti
60.
Sergey Yesenin muzeyi
2025-yil
600
600
Respublika budjeti
61.
Tamaraxonim uy-muzeyi
2025-yil
600
600
Respublika budjeti
62.
Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi
2024-yil
800
800
Respublika budjeti
63.
Olimpiya shon-shuhrat muzeyi
2019-2020-yillar
1200
600
600
Respublika budjeti
64.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi
2019 ― 2021-yillar
3200
1000
1100
1100
Respublika budjeti
65.
Kamoliddin Behzod memorial bogʻ-muzeyi
2027-yil
1200
1200
Respublika budjeti
66.
Davlat Geologiya muzeyi
2020-yil
1200
1200
Respublika budjeti
67.
Oʻzbekiston kino sanʼati tarixi muzeyi
2021-yil
300
300
Respublika budjeti
68.
Sogʻliqni saqlash muzeyi
2022-yil
400
400
Respublika budjeti
Jami
98850
8100
17700
19700
7900
7950
8850
6000
6700
6400
9550
* Obyektlar qiymatiga loyiha-smeta hujjatlari asosida aniqlik kiritiladi.
Investitsiya dasturi doirasida —
460 504,0 mln.sum
Respublika budjeti —
98 850,0 mln.soʻm
Boshqa manbalar —
13 000,0 mln.soʻm
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-maydagi 443-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 09/19/443/3214-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va boʻlimlari
ROʻYXATI
T/r
Muzey nomi
Joylashgan hudud
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan moliyalashtiriladigan muzeylar
1.
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi
Toshkent shahri
2.
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi
Toshkent shahri
3.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi
Toshkent shahri
4.
Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi
Toshkent shahri
5.
Olimpiya shon-shuhrat muzeyi
Toshkent shahri
6.
Davlat geologiya muzeyi
Toshkent shahri
7.
Oʻzbekiston harbiy sanʼati tarixi davlat muzeyi
Toshkent shahri
8.
Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi
Toshkent shahri
9.
Sogʻliqni saqlash muzey
Toshkent shahri
10.
Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi
Toshkent shahri
11.
Xalqaro madaniyat karvon saroyi
Toshkent shahri
12.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi
Toshkent shahri
13.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi
Toshkent shahri
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan moliyalashtiriladigan muzeylar
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi filiallari:
Nukus shahri
Muynoq Ekologiya muzeyi
Muynoq tumani
Ellikqalʼa tumani arxeologiya va tarix muzeyi
Ellikqalʼa tumani
2.
I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi
Nukus shahri
21.
Berdaq nomidagi Qorakalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi
Nukus shahri
3.
Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:
Andijon shahri
Adabiyot va sanʼat boʻlimi
Andijon shahri
Bobur yodgorligi boʻlimi
Andijon shahri
Paxtaobod tuman tarixi muzeyi
Paxtaobod tumani
Tasviriy sanʼat boʻlimi
Andijon shahri
Choʻlpon yodgorligi boʻlimi
Andijon shahri
4.
“Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasi hamda uning quyidagi boʻlim va filiallari:
* Tashkil qilingandan soʻng budjetdan mablagʻ ajratiladi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-iyundagi 280-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.06.2026-y., 09/26/280/0553-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)